da bo‘lgan. Bu davlatlarda shaharlar vujudga kelib.
slavyan yozuvi
shakllanadi. G‘arbiy va janubiy slavyan elatlari shakllana boshlaydi.
G‘arbiy va janubiy slavyanlar boshqa Yevropa davlatlari
tarkibida.
0 ‘rta asrlaming so‘nggi va yangi davrida ko‘pgina xori-
jiy yevropa slavyahlari turli davlatlar tarkibiga kirib, bu hoi ulaming
keyingi taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Bolqon yarimorolidagi slavyan davlatlarining siyosiy tarqoq
bo‘lishlari XIV asrdan Usmoniy turklaming bosqinlarini yengil-
lashtiradi. Rodopi togiaridagi aholini turklar islom diniga majburan
o‘tkaza boshlaydilar. Turklar musulmon bo‘lmagan aholiga nisbatan
kamsitish siyosatini olib boradilar. Avstriya
imperatorlari xonadoni
Gabsburglar XVI asr o‘i talari da chex, slovak, sloven va xorvatlar yer-
larining talay qismini egallab, slavyanlami nemislashtirish siyosatini
olib boradi. Gabsburglar siyosatining muhim jihati ular markazlash-
gan davlatni kuchaytirish borasida imperiyaga kirgan xalqlaming et-
nik o‘ziga xosligini zaiflashtirishga intilganlar.
Polsha yerlari uchta boTinishdan so‘ng XVIII asr oxirida va Na
poleon urushlaridan keyin Rossiya, Prussiya va Avstriya tarkibiga
kiritiladi.
Xorijiy Yevropa slavyan xalqlarining faol milliy yuksalishi davri
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari bo‘ladi.
Bu borada slavyan tillari
va madaniyatini saqlash va yuksaltirish uchun kurash barcha slavyan-
laming o‘z huquqlari uchun harakati tusini oldi. Slavyan uyg‘onishi
davrida slavyan millatlarining shakllanishiga sharoit yaratiladi. Bu
jarayonga ichki bozoming vujudga kelishi, milliy burjuaziyaning
yuksalishi, siyosiy tashkil otlar faoliyati, adabiy tillaming shakl-
lanib,
adabiyotning yaratilishi, milliy-ozodlik kurashlarining turli
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi asosiy omillar bo‘lgan.
Chet mamlakatlar hukmronligi sharoitida vaziyatning murak-
kab bo‘lishiga qaramay g‘arbiy va janubiy slavyanlar o‘z milliy til
lari hamda madaniyatlarini saqlay oladilar. XIX asming 70-yillarida
Rossiya ko‘magida bolgarlar, serblar va chemogorlar mustaqillikka
erishadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng
Polsha va Chexoslovakiya
mustaqil davlatlarga aylanadi. Serbiya, Chemogoriya, Xorvatiya,
285
Sloveniyaning katta qismi va boshqa janubiy slavyan davlatlari bir-
lashib, Yugoslaviya qirolligini (1929) tuzadilar.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Polshaga uning Sileziya, Pomorye
va boshqa nemislar egallagan yerlar qaytariladi. Yugoslaviya ltaliya
egallagan slavyan va xorvat yerlarini qaytaradi. Qator qonunlar bi
lan Germaniyada yashayotgan lujichlar
milliy-madaniy taraqqiyoti
huquqlari mustahkamlanadi.
XX asrning 90-yillarida sobiq sotsialistik davlatlarda turli moja-
rolar, hokimiyatning muxolif guruhlar tomonidan egallanishi, hatto
o‘zaro urushlar (Yugoslaviyada serblaming musulmonlarga nisbatan
qirg‘in siyosati) ko‘plab davlatlarning parchalanishiga olib keldi. Oq-
ibatda sobiq Yugoslaviya o‘mida Serbiya, Xorvatiya,
Makedoniya,
Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Chemogoriya va boshqalar vu
judga keldi.
Hozirga qadar Serbiyaning Kosovo va Metoxiyadagi etnik kam
sonli albanlar, Voevodinada vengerlar, Sanjak viloyatida (Bosniya bi
lan chegaradosh) musulmonlar bilan munosabatlari murakkabligicha
qolmoqda.
Bosniyadagi inqiroz ayniqsa fojiali tus oldi. Sababi undagi aho
lining etnik tarkibi xilma-xilligi, ulaming aralash yashashi, konfessi-
yalar (musulmon, pravoslav, katoliklar) bo‘lishi, shuningdek siyosiy
va
iqtisodiy omillar, Bosniyadagi urush harakatlari BMT va NATO
harbiy kuchlari aralashuvi bilan to‘xtatildi. Bugungi kunda sobiq Yu
goslaviya respublikalari Yevropa hamjamiyati va NATOga a’zo.
Dostları ilə paylaş: