Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

19.1. Ruslarning etnik tarixi
Etnogenez. 
Qadimgi slavyan qabilalari alohida guruhga mil. avv. 
I mingyillikning ikkinchi yarmida ajraladi. Keyinchalik antik mu- 
alliflar asarlarida ulami antlar va venedlar nomlari bilan atashgan. 
Slavyanlar nomini ilk bor yozma manbalarda VI asrda uchratamiz. 
Ulaming ilk vatanlari Markaziy va Sharqiy Yevropa, aniqrog‘i, Elba 
va Dnepr daryolari oraligM bo‘lgan. Aynan shu hududdan milodiy I 
mingyillikning birinchi yarmida slavyanlaming bir qismi sharqqa, 
Dnepming o‘rta va yuqori oqimiga, shimolga - Ilmen ko‘li rayoniga 
(sharqiy slavyanlar) ko‘chadi.
Sharqiy slavyan qabilalari (polyanlar, drevlyanlar, vyatichlar, 
krivichlar, ilmen slovenlari va boshqalar) IX asrda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotlari darajasi bo‘yicha davlat tuzish arafasida edilar. Tashqi 
xavf Osiyo ko‘chmanchi qabilalari: bijanaklar, qipchoqlar hujumlari 
ushbu jarayon omillaridan biri bo‘ladi. Kiyev Rusi (IX-XII asrlar) 
doirasida qadimgi rus elati shakllanadi. «Rus» so‘zining kelib chiqi- 
shi aniq emas. Rus yerlari tushunchasi XII asrda sharqiy slavyanlar 
yashagan barcha hududlami anglatgan. Qadimgi Rus elati keyinchalik 
shakllangan sharqiy slavyan xalqlari - belaruslar, ruslar, ukrainlarga 
asos bo‘ladi. Kiyev Rusi davlatiga ko‘plab qo‘shni xalqlar: merya, 
meshera, ves, vod, ijora va boshqalar qo‘shilgan.
Kiyev Rusi XII-XIII asrlar feodal tarqoqlik davriga kirib, bu hoi 
uni chet bosqinchilari (mo‘g‘ullar, shved va nemis ritsarlari) huju- 
miga uchratadi. XIV asrdan Rus yerlarining yangi markaz - Mos­
kva atrofida birlashuvi boshlanadi. Moskva davlatining shakllanishi
329


davomida ms elati, uning o‘zini anglashi, etnik, hudud, xo‘jalik va 
davlat haqidagi tasavvurlari shakllanadi. XIV—XVI asrlar rus adabiy 
tilining bosqichma-bosqich shakllanishi davri bo‘ladi. XVI asr oxi- 
rida Rossiyada ko‘plab shaharlar hunarmandchilik va savdo markaz- 
lariga aylanadi.
Moskva Rusi XVII asming ikkinchi yarmidan Rossiya deb atala 
boshlandi. U yirik ko‘pmillatli markazlashgan hokimiyatli davlatga 
aylanadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin