19.8. Ural-Volgabo‘yi xalqlari
Aholining shakllanishi tarixi.
Mil. avv. I mingyillikda Volga
(Itil) havzasiga fin-ugor tilli aholi kelib joylashgan. Ulaming avlod-
lari mil. avv. I mingyillikning ikkinchi yarmidan uchta xalq - mari,
mordva va udmurtlarga asos solgan.
Milodiy I mingyillikning birinchi yarmida 0 ‘rta Volga va Azov
bo'yi dashtlariga turkiy tilli xalqlar, xususan, bulg‘orlar kela bosh-
ladi. Turkiy xalqlar X-XIII asrlarda ilk feodal davlatlar - Volga
Bulg‘oriyasini tuzgan. Bu davlat Sharqiy Yevropa iqtisodiy va siyosiy
hayotida muhim o‘rin tutgan.
Volga Bulg‘oriyasi aholisi ural-volgabo‘yi xalqlari: tatarlar, chu-
vashlar, qisman boshqirdlaming shakllanishiga asos bo‘ladi.
Mo‘g‘ulIar bosqini tufayli Volga Bulg‘oriyasi o‘z faoliyatini
to‘xtadi. Keyinchalik bu hududlar Oltin 0 ‘rda xonligiga kiritiladi.
XV asrda Oltin 0 ‘rdadan Qozon xonligi ajralib chiqadi. Rus podshosi
Ivan IV Grozniy 1552-yili Qozonni egallab xonlikni tugatadi.
Ural-Volgabo‘yi hududi qadimdan Yevropa va Osiyo chegara-
sidagi turli irqlar aloqalar zonasi bo‘lgan. Tarixiy-etnografik oblast
19.7. Rus yozuvchilari asarlarida etnik mavzu
341
xalqlari o‘z qiyofalarida mongoloidlik va yevropeoidlik xususiyatla-
rini mujassamlaganlar.
Ural-Volgabo‘yi xalqlari orasida eng shimolda joylashgan ud-
murtlar va besermanlar Kama-Vyatka daryolari havzasida yashay-
dilar. Udmurtlardan g‘arb tomonida mariy lar joylashgan. Mintaqa-
ning g ‘arbi va janubiy-g‘arbida mordva xalqi yashab, ular haqi-
dagi ilk yozma m a’lumotlar VI asrga oid. Mordvalar ikki etnik
guruhga: erzya va mokshaga bo‘linadi. Erzya va mokshalar tili
qardosh bo‘lsa-da, bir-biridan farq qiladi. Volganing o ‘ng sohilida
chuvash-virellar daryo oqimi yuqorisida, chuvash-anatrilar quyi-
roqda yashaydilar. Hududning o‘rtasida Volgabo‘yi tatarlari istiqo-
mat qiladilar. Tatar nomi XIX asrdan ushbu xalqda etnonim sifatida
mustahkamlangan. Unga qadar ular o‘zlarini bulg‘orlar deyishgan.
Volgabo‘yi tatarlari ikki guruhga: qozon tatarlari va mishar tatar-
lariga boMinadi.
Tatarlardan sharqda va janubiy sharqda, Uraloldi va Uralorti
rayonlarida boshqirdlar yashaydi. Bu etnonim X asrdan m a’lum.
Boshqirdlar xotirasida qadimgi urug‘-qabila bo‘linishi izlari
saqlanib qolgan. Bunday guruhlar soni qirqqa yaqin (yurmat,
burzyan, usergen va h.k.). Bu borada boshqirdlar 0 ‘rta Osiyo
xalqlariga o ‘xshashdir.
Yuqoridagi etnoslar soni olti yuz mingdan (mariyliklar) 3 mln.
kishigacha (tatarlar), ularning barchasi Rossiya Federatsiyasi tarki
bidagi milliy respublikalardir. Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya,
Tatariston, Udmurtiya va Chuvashiyalar ko p millatli respublikalar
dir. Ularda ruslar eng yirik etnik guruh, ayni vaqtda tatarlar, chu-
vashlaming yarmi, mordvalarning uchdan biri o‘zga hududlarda
yashashadi.
Tillari Ural va Oltoy til oilalariga kiradi. Ural til oilasining perm
guruhiga udmurt va besermanlar tillari kiradi. Volga-fin til guruhiga
mordva (erzya va moksha) va mariy tillari birlashgan.
Oltoy til oilasi hududda turkiy tillari guruhiga kiruvchi: bosh-
qird, tatar va chuvash tillaridan iborat. Boshqird va tatar tillari qip-
342
choq guruhiga mansub. Yozuvlari tatarlarda 1927-yilgacha arab
alifbosi, 1928—1939-yillari lotin grafikasi, so‘ng kirillcha alifboda
bo‘lgan. Qolgan etnoslar yozuvi XIX asrda kirillcha alifbo asosida
yaratilgan.
Volgabo‘yi xalqlari xo‘jaliklari dehqonchilik va chorvachilikdan
iborat bo"lib, u mahalliy geografik imkoniyatlar doirasida shakllan-
gan. Yemi plug bilan, xususan, mahalliy kashfiyot - oldida g‘ildiragi
bo‘lgan saban bilan ag‘darishgan. Bu ish quroli, olimlaming fikricha,
bulg'orlar davridan ishlatilgan. Volgabo‘yi va Uraloldi hududlarida
chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Qo‘y otarlari, yilqi uyurlari,
qoramol podalari boshqirdlar xo‘jaligida ko‘chmanchi va yaylov
o‘troq chorvachiligida katta o'rin tutgan.
IJral-Volgabo‘yida yovvoyi asalarilar asalini yig‘ish ham ancha
yuksalgan. Keyinchalik sohaning rivojlanishi asalarichilikni eng
mashhur kasblardan biriga aylantiradi.
Hozirgi kunda Ural-Volgabo‘yi xalqlari yangi zamonaviy ishlab
chiqarish: yuksak texnika va texnologiyaga asoslangan sanoat va
agrar sohalami yuksaltirmoqda.
Chuvashiya avvaldan qulmoq yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashgan.
U Rossiyaning asosiy qulmoq ishlab chiqaruvchisidir. Boshqirdiston
qimizi va asali bilan shuhrat qozongan. Udmurtiya va Mordoviya
yog‘och tayyorlash va yog’ochni qayta ishlash sanoati markazlari-
dir. Tataristonda uzoq o‘tmishdan ko‘nchilik, po‘stin, oyoq kiyimlari,
kigiz, bolish, undan valenkilar tayyorlash bilan shug‘ullanganlar.
Udmurtlar, mariylar, chuvashlar, mordvalar qishloq uylari o‘rta
ms o‘lkasi aholisinikiga o‘xshash yog‘ochdan yo'nib, ikki tomon-
lama qilib yopilgan. Bu uylaming ko‘chaga qaragan tomonida uch
yoki to‘rtta derazasi bo‘lgan. Volgabo‘yi va Uraloldi qishloqlarida bu
xildagi uylar hozirgi kunda ham keng tarqalgan.
Aholining qadimgi udum, marosimlari va odatlari taomlarda
saqlanmoqda. Volga-Ural mintaqasi uchun turli piroglar (gum-
malar) - ochiq va yopiq ko‘rinishida, go‘shtli, sabzavotlardan, kar-
toshkadan, donlilardan, mevalardan qo‘shib tayyorlash xususiyatlidir.
0 ‘ziga xos piroglar cheryomuxa va kalinadan qilinadi.
343
Turkiy xalqlar uchun turli go‘shtli taomlar: uy kolbasalari (tatar
va boshqird qazilari), chuvash shirtani (mol qorniga go‘sht qiymasini
solib pishirish), boshqird beshbarmog‘i, tatarlar chak-chaklari uzoq-
uzoqlarda ham mashhur.
Volgabo‘yi va Uraloldi fin xalqlari taomlarida quymoq, non, turli
bo‘tqalar, piroglar, bo‘g‘irsoqlarning o‘rni katta. Chuchvara ham bar-
cha aholi vakillarida milliy taomga aylangan. Uyga kelgan mehmonni
yoki yo‘l-yo‘lakay kirgan yo‘lovchini mehmon qilish odati bugungi
kungacha saqlangan.
Dostları ilə paylaş: |