Rus xalq musiqasi ham rang-barang, unda vokal tomoni in-
strumentaldan ustun turadi.
Rus musiqali asboblariga gusli, doira,
nog‘ora, nay, balalayka, XIX asrdan gitara, garmon va h.k.lar kirgan.
Qadimdan ruslarda raqs va o‘yinlar musiqa yoki qo‘shiqlar ham-
rohligida ijro etilgan. XIX-XX asrlardagi urbanizatsiya va murakkab
ijtimoiy jarayonlar rus an’anaviy madaniyatini keskin o‘zgartirdi.
Kashtachilik xalq tasviriy san’atining qadimdan keng tarqalgan
turidir. Kashtalar yuzlab yillar davomida an’anaviy naqshlarini saqla-
gan. Xalq turmushida bu naqsh va kashtalar bilan kiyim-kechaklar,
sochiqlar, yopgichlar, dasturxonlar bezalgan.
XVII asrdan boshlab
Rossiyaning ko‘plab viloyatlari, ayniqsa, Vologda, Nijegorod va
Moskva guberniyalarida nafis to‘r (kashtali to‘r) to‘qish keng tus
oldi. Bu nafis san’at markazlarining ayrimlari hozirga qadar saqlanib
kelmoqda. Ruslar zardo‘zlik, marjonlardan kiyimlarni bezashda foy-
dalanish, gul bosish va h.k. badiiy san’at usullarini ham bilishgan.
Rossiyaning o‘rmonli mintaqalarida
ilgaridan yog ochga badiiy
ishlov berib, turli o‘yma idishlar, o‘yinchoqlar, mebellar, mehnat
qurollari va boshqalami yaratganlar.
Uylaming devori ham boy va
nafis ko‘rinishda bo‘lgan. XX aming boshlariga qadar qishloqlarda,
viloyatlardagi shaharlarda yog‘ochdan uylarning derazalarini, old
fasadini (old tomonini) naqshinkor bezash keng yoyilgan. Eng boy
o ‘ymakorlik san’ati namunalari shimoldagi va Volgabo‘yi
qishloq uy-
larida saqlangan bo‘lib, ular XIX asming ikkinchi yarmida bunyod
etilgan.
Volgabo‘yi, Uraloldi, Angaraoldi va boshqa rayonlarda uylami
o‘simliklardan olingan va yog‘li bo‘yoqlar bilan bo ‘ у ash keng tarqal
gan. Badiiy san’at turlaridan biri - beresta qayin daraxti po‘stlog‘idan
turli idishlar yasash, ularga naqshlar tushirish, metallga badiiy ishlov
berish, sopol tayyorlash (Gjel,
Yaroslavl, Lipetsk, Skopin va h.k.)
markazlari bo‘lgan. Loydan o‘yinchoqlar tayyorlash markazlari
Vyatka, Tula, Arxangelsk, Penza gubemiyalari bo‘lgan. Eng mash-
hurlari Dimkovoda tayyorlangan o‘yinchoqlar edi.
340
Rus xalqining etnik tarixi uning Yevropa va
Osiyo xalqlari bilan
keng tarixiy-madaniy aloqalarda boMganini tasdiqlaydi.
Rus xalqining ma’naviy madaniyati yuksak rivojlangan adabiyot
(A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, F.I. Dostoyevskiy,
A.P. Chexov va boshqalar)da o‘z aksini topib, ulaming asarlarida mil
liy ong o‘z aksini topgan. Rus adabiyotining o'ziga xos xususiyati - u
o‘zida xalq vatanparvarligini mafkuraviy g‘oya sifatida mujassamlab,
tarixga hurmat, boshqa xalqlarning yutuqlari va madaniyatlariga ehti-
romni ifoda etadi. Vatanparvarlik va baynalmilalchilik mavzusi XIX
asrda ijod qilgan ko‘plab rus yozuvchilari asarlarida kuzatiladi. Xu-
susan, A.S. Pushkin, M. Y. Lermontov, L.N. Tolstoy asarlarida Kavkaz
mavzusi alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: