Janubiy rus ayollari kiyimlari ichida eng murakkabi bosh kiyimlari
edi. Ulardan biri - «hakka» bir necha qismdan iborat bo‘lib, ba’zida
shox ko‘rinishini olgan. Uning asosini yelimlangan mato (kichka)
tashkil qilib, uning ustidan sochiqlami turli usullarda bog‘lashgan va
o‘rashgan.
0 ‘rta rus ayollari kiyimlari kompleksi shimoliy rus va janubiy rus
kastumlaxi xususiyatlarini mujassamlagan, uning uchun xususiyatli
jihat XIX asrda yubka, koftalaming kiyila boshlanishidir. An’anaviy
xalq kiyimlarini aholi hayotidan aynan shu jarayon surib chiqardi.
Rus dehqonlari erkaklar kiyimlari turlari ko‘p bo‘lmagan. To‘g'ri
kesilgan ko‘krak kesimi zig‘ir tolasidan to‘qilgan
matodan yoki
movutdan tikilgan ishton juda keng bo‘lmagan. Bosh kiyimlari XIX
asrda kigizdan shlyapa, baland silindrik qalpoqlar, qishda qo‘y terisi-
dan turli fasondagi (malaxay, treux) telpaklar kiyilgan.
Ustki kiyimlar erkaklarda ham, ayollarda ham bir xil qo‘y terisidan
po‘stin, zipun va boshqalar bo‘lgan. Dehqonlar oyoq kiyimlarida qa-
tor regional tafovutlar boTgan. Eng ko‘p kiyiladigani ko‘proq choriq,
daraxt po‘stlog‘i tolasidan, ba’zida arqondan to‘qishgan.
Ayrim joy-
larda ishlov berilmagan teridan (porshna) oyoq kiyimi qilingan. Boy
kishilar, teridan baland soqqili etiklar kiyganlar. XIX asr boshlaridan
baland etiklar, kigizdan valenkilar kiyila boshlanadi. XIX asr oxirida
rus qishloqlariga fabrika poyabzali va rezina kalishlar kira boshladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, rus aholisi kiyimlarida jamiyatning ij
timoiy toifaviy bo‘linishi ham o‘z aksini topgan. Ayniqsa, dvoryanlar
kiyimlari ajralib turgan. Uni G ‘arbiy Yevropa namunalarida, modaga
qat’iy rioya qilgan holda tikishgan. Savdogarlar, meshanlar ham o‘z
toifalariga monand kiyinishgan.
XIX
asming ikkinchi yarmi - XX asming boshlarida rus kastum-
lari sanoat darajasida kiyimlarni tayyorlash va sotish, ko'plab shabar
modasi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matodan yoki movutdan tikilgan ish-
ton juda keng bo‘lmagan. Bosh kiyimlari XIX asrda kigizdan shlyapa,
baland silindrik qalpoqlar, qishda qo‘y terisidan turli fasondagi (ma
laxay, treux) telpaklar kiyilgan.
336
Hozirgi kunda ruslaming shahar va qishloq aholisi
kiyimlari bir-
biridan farq qilmaydi. An’anaviy xalq kiyimlarini badiiy xalq an-
sambllari ishtirokchilarida,
folklor jamoalarida, muzeylarda ko‘rish
mumkin. Bizning davrimizda milliy kiyimlarga qiziqish kuchaymoq-
da. Kashtachilik milliy naqsh san’ati o ‘z mavqeyini saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: