Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Rus millati. 
Rus xalqining XVII-XIX asrlarda asta-sekin zarno- 
naviy millatga aylanishi, ijtimoiy munosabatlaming taraqqiyoti va 
yangi kapitalistik xo‘jalik va turmush elementlarining shakllanishi 
bilan bog‘liq edi. Mamlakatning markaziy rayonlarida aholining zich 
joylashuvi dehqonlaming Volgabo‘yi, Ural, Sibirga ko‘chib, u yer- 
lami koloniyaga aylantirib, o‘zlashtirishiga yo‘l ochadi.
Rossiyada ilgaridan yuqori toifa tarkibiga ms bo‘lmagan etnos- 
lar oliy ijtimoiy toifalarini qo‘shish an’anasi bo‘lgan. So‘nggi feo- 
dal jamiyat ijtimoiy stmkturasi XVIII asrda shakllanib, unda beshta 
asosiy toifalar bo‘lgan. Dvoryanlar va mhoniylar soliqlardan ozod 
qilingan, qolganlar - savdogarlar, meshanlar va dehqonlar - imtiyoz- 
li toifalar va butun davlat amaldorlarini ta’minlashga majbur edilar. 
Jamiyatning ijtimoiy toifalarga boiinishi to 1917-yil fevral inqilo- 
biga qadar saqlandi.
Rossiyada XIX asrda 90% dan ortiq aholi dehqonlar bo‘lgan. 
Faqat krepostnoy qaramlikning bekor qilinishi (1861) sanoatning ri- 
vojlana borishiga turtki bo‘ladi.
XX 
asming so‘nggi o‘n yilliklarida mamlakatdagi ijtimoiy-iqti- 
sodiy vaziyat keskin o‘zgarib, aholining migratsiyaga moyilligi keskin 
o‘sdi. Ruslar ilgarigi milliy chet viloyatlami tashlab markaziy va ja- 
nubiy hududlarga ko‘cha boshladi. Natijada ko‘plab hududlarda rus- 
lar soni qisqarib bormoqda. Qolaversa, sobiq so vet respublikalaridan, 
xususan, 0 ‘zbekistondan Rossiyaga ketgan ruslar ham iqlimi nisbatan 
yumshoq boTgan Rossiya qora tuproq zonasiga, markaziy hudud- 
lardagi unchalik yirik bo‘lmagan shaharlarga borib joylashganlar.
330


19.2. Rossiyaning subetnik guruhlari
Rus xalqining joylashgan asosiy hududida ikki sheva: shimoliy va 
janubiy velikorusslar guruhlari bo‘lgan. Bu hududlar orasida o‘rta rus 
zonasi - Oka va Volga havzasi ham mavjud. Mo‘g‘ullar hukmronligi- 
dan keyingi davrda aynan shu hudud rus davlatchiligi asosi, rus elati- 
ning rus xalqiga aylangan joyi bo‘ladi. Aynan shu hududda umumrus 
adabiy tili shakllangan. Ko‘plab asrlar davomida Sharqiy Yeyropa 
hududlarida tarqalgan rus xalqi guruhlarida xo‘jalik, madaniyat va tur- 
mushda ma’lum xususiyatlar shakllangan. Ba’zida bu xususiyatlar ta- 
laygina. Bu guruhlarga nisbatan subetnik guruhlar atamasi qo‘llaniladi.
Smolensk va Pskov oblastlarida madaniyati bo‘yicha belaruslarga 
yaqin subetnik guruh shakllangan, uni ikki xalq orasidagi o ‘tish tipi 
deb aytish mumkin.
0 ‘rta Volgabo‘yida XVI-XIX asrlarda shakllangan rus aholi 
moddiy madaniyati va xo‘jaligida fin-ugor va Ural-Volgabo‘yi turkiy 
xalqlariga xos madaniy belgilarni uchratishimiz mumkin.
Janubiy velikoruslar tarkibida ilgari «bir hovliliklar» deb nomlan- 
gan guruh ajralib turgan. Ular aksari xizmatdagi aholi avlodlari bo‘lib, 
dasht hududlarini qo‘riqlash uchun XVI-XVH asrlarda ko‘chirilgan. 
Ular alohida yashaganliklari tufayli qishloqlari, uy-joylari, ayollari 
kiyimlarida ko‘plab o‘ziga xosliklar shakllangan.
Shimoliy velikoruslar Oq dengiz, Arxangelsk, Murmansk guber- 
niyalariga borib joylashib: mahalliy geografik nomlar bilan poozerlar, 
poshexonlar, pomorlar va h.k. nomlar, mahalliy sharoitlarga mos uy- 
joylar, madaniy-xo‘jalik tipi yaratganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin