Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Kompleks xo‘ja!ik. 
Kompleks yoki yarim o‘troq xo‘jalikni yirik 
vohalar atrofida, ko‘l va dengizlar sohillarida olib borishadi. Bu 
joylarda ko‘chma chorvachilik, dehqonchilik yoki baliqchilik bilan 
qo‘shib yuritilgan.
119


0 ‘rta Osiyo aholisiga yana bir unumdor kompleks xo'jalik turi -
yaylov chorvachiligi ham m a’lum. Unda o‘troq dehqonchilik aholi­
sining bir qismi ixtisoslashgan chorvachilik, asosan qo‘ychilik bi­
lan shug‘ullanadilar. Yozda aholining bir qismi chorva bilan tog‘ 
yaylovlariga jo ‘naydilar. Qolgan aholi dehqonchilik bilan mashg‘ul 
bo‘ladi. Qishda chorva qaytib qishloqlar tevaragida boqiladi. Chor- 
vachilikning bu turida chorvaga qishda yedirish uchun yem-xashak 
tayyorlash kerak bo‘ladi.
Uy 
va ixtisoslashgan hunarmandchilik. 
0 ‘rta Osiyo xalqlarining 
ishlab chiqarish faoliyatlarida dehqonchilik va chorvachilik bilan bir 
qatorda uy va ixtisoslashgan hunarmandchilik alohida o‘rin tutgan. 
0 ‘lkada ikkinchi muhim mehnat taqsimoti hunarmandchilikning deh- 
qonchilikdan ajralishi jez hamda temir asrlarida sodir bo‘lgan. Hu- 
narmandchilik ishlab chiqarishi vohalarda - shaharlar, yirik qishloq­
larda jamlangan, sababi bu joylarda haftasiga hech bo‘lmaganda bir 
marta katta bozor o‘tkazilgan. Shaharlarda har bir hunar ustalari alo­
hida mavzelarda: to‘quvchilar, temirchilar, ko‘nchilar, etikdo‘zlar, 
duradgorlar, miskarlar va boshqa kasb ustalari mahallalalari bo‘lgan. 
Hozirda ekologik jihatdan zararli hisoblangan ko‘nchilar, temirchilar, 
duradgorlar, kulollar ustaxonalari shahar chekkasidajoylashtirilgan.
0 ‘rta asrlar hunarmandchiligi sohaning juda kichik sohacha- 
larga ixtisoslanishi bilan xususiyatlangan, jumladan kulolchilikda 
xumlar, ko‘zalar yasash alohida, uy-ro‘zg‘or buyumlari - lagan, 
tovoq, choynak, piyolalar yasash boshqa ustalar tomonidan tay­
yorlangan. To‘qimachilikda matoning m a’lum xilini tayyorlash yoki 
bo‘yoqlaming m a’lum rangli iplami tayyorlashga ixtisoslashuvi, 
temirchilikda taqachilar, o‘roq yasovchilar, ketmon, omoch tishi tay- 
yorlovchilar kasb-korlari shakllangan. Ustalar kasbiga qarab sexlarga 
birlashgan. Sex boshlig‘i - oqsoqol barcha hayotiy masalalami ye- 
chishga mutasaddi bo‘lgan. Sex faoliyati sulola orqali olib borilgan. 
Odatda kasb otadan o‘g‘ilga o‘tgan, farzand shogirdligi davomida o‘z 
kasbining nozik jihatlarini egallagan. Bugungi kunda hunarmandlar 
birlashmalari o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Ayni paytda mustaqillikka
120


erishilgandan so‘ng xorijiy sayyohlik va to'y-tantanalar bilan b o g iiq
hunarmandchilik turlari yangi yuksalishini boshdan kechirmoqda. 
Xususan, 0 ‘zbekistonda zardo‘zlik, pichoqchilik, kulolchilik sohalari 
yangi yuksalish davriga kirmoqda.
Ko‘chma chorvachilik xo‘jaliklarida alohida hunarmandchilik 
ishlab chiqarishi boim agan. Har bir oilada zarur buyumlar - kigiz, 
jun matolar tayyorlangan. Kiyim-kechaklar tikilib, otlar uchun egar 
anjomlar qilingan. Turkmanlarda gilamdo‘zlik alohida ahamiyatga 
ega boigan. Gilamdo'zlik tarixi hali yaxshi o ‘rganilmagan. Lekin 
gilamlar saklar, skiflar davrida ham boigani tasdiqlangan. Bu uy hu- 
narmandchiligi mahsuloti yuksak baholanadi. Ehtimol, gilamdo‘zlik 
tog‘oldi mintaqasida vohalar va choilar chegarasida yashagan aholi- 
da vujudga kelgandir. Bu borada gilamdo‘zlikning paydo boiishi va 
yuksalishi uchun ko‘chishlar nisbatan kam, lekin jun mo‘l boiishi 
uchun ko'p sonli qo‘ylar otarlari boiishi talab etilgan. XIX asrda gil- 
amlar qabilalar gerbi (tamg‘asi) edi. Gilam kashtasining asosiy elemen- 
ti gyol - har bir qabilada o‘ziniki boigan. Qabilalar urushida g‘olib 
chiqqan tomon m agiub qabilaga o‘z gyolini solishga majbur etgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin