9.2. Hind-oriy xalqlari
Hindiston tarixi Hind vohasidagi qadimgi sivilizatsiyalar - Xarap-
pa va Mohenjo-darolardan, mil.avv. IV-II mingyilliklardan boshlana
di. 0 ‘sha davrda ikki etnik oqim va madaniyat - 0 ‘rtayer dengizi va
avtoxton avstraloid aholisining aralashuvi jarayoni boshlangan edi.
134
Navbatdagi yirik etnik oqim oriylar bo‘lib, ular mil. avv. II ming-
yillikning o‘rtalaridan Hindistonga shimoliy-g‘arbiy tomondan
bostirib kiradilar. Oriylar («агуа» - «olijanob» yoki «yer haydovchi»)
hind-eron tillarida so‘zlashganlar.
Oriylar tili hind-yevropa til oilasiga kirgan, lekin ular Hindistonga
kelgan birinchi hind-yevropaliklar bo'lmagan. Olimlaming fikricha,
mil. avv. IV mingyillikda bu hududga ilk « 0 ‘rtayer dengizi aho
lisi» guruhlari kelishgan. Hozirgi hind tillari o ‘zining kelib chiqishi
bo‘yicha veda shevalariga yaqin hamda hind-oriy tillari deb nomla-
nadi. Bu tillar: hind, urdu, bengali, maratxa, gujarat, ariya, assam,
rojaston, panjob, sindh va kashmir tillaridir.
Hind-yevropa xalqlari asta-sekin Hindistonning janubiy rayon-
lariga kirib bordi. Yangi brahmanizm dini shakllanib, mil. a w IX asr
dan ruhoniy brahmanlar avstraloid aholiga qarshi harakat boshlanadi.
Kshatriy jangchilar oriylaming ikkinchi toifasi sifatida qilich bilan
harakat qilib, oddiy xalqni itoatda tutishga xizmat qiladi. Aholini oriy
lar va oriylar boimaganlarga bo‘lish kasta tizimini vujudga keltiradi.
Ijtimoiy hayotning xususiyatlari.
Mil. aw . II mingyillik oxiri -
I mingyillik boshlarida Shimoliy Hindistondagi jamiyatning ijtimoiy
va siyosiy taraqqiyoti aholini to‘rt guruhga: ruhoniylar (kohinlar),
harbiylar, dehqonlar va hunarmandlar, xizmatkorlarga boiinishiga
olib keladi. Vamalar braxmanlar, kshatriy lar, vayshilar va shudralar
deb nomlanadi. Har bir kastaning ijtimoiy mavqeyi merosiy boiib,
uning boiajak faoliyatini ham belgilagan. Ibodat va maorif, ta’lim -
braxmanlarda; jang qilish va boshqaruv - kshatriylarda; mehnat qilish
vayshilarda; uchta yuqori vamaga xizmat qilish shudralarga taqsim-
langan. Vamalar orasida nikoh taqiqlangan.
Varna tizimi asosida murakkabroq tizim - jati shakllangan.
M aium hududda bir xil mavqega ega oilalar yopiq jamiyatlar - jatilar
tuzishgan. Jatining barcha a’zolari o‘zaro qarindoshlik yoki birodar-
lik munosabatlarida boiishgan. Ulami iqtisodiy, diniy urf-odatlar va
marosimlar bogiab turgan. Qishloq aholisi orasidagi an’anaviy mu
nosabatlar kasta iyerarxiyasi shaklida tuzilgan. Hunarmandlar deh-
135
qonlarga zarur buyumlami yasab berishgan, lekin ular hunarmand-
larga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlardan m aiu m qismini ajratishlari
lozim boigan. Har bir qishloq jamoasi o'zi uchun zarur narsalarni
o ‘zi ta’minlagan va tashqi aloqalarga ehtiyoj sezmagan.
Mehnatkash aholining asosiy qismi - hunarmandlar, dehqonlar,
savdogarlar vayshilar kastasiga kirgan. Ulardan pastroqda shudralar
xizmatkorlar, qullar boisa, hindlar jamiyatida «hazar qilinganlar» gu
ruhi ham b o iib , «chandallanmi shahar mavzelari va qishloqlarda ya-
shashga qo‘ymaganlar. Ular qishloqdan chetda, o'rmonlarda chodir-
lar qurib yashaganlar.
Kastalaming paydo boiishidagi muhim omil hindlar jamiyati ij
timoiy tizimiga yangi etnik birliklaming qo‘shilishi boigan. Ovchi-
lar, termachilar va baliqchilar mashg‘uloti oriylar tomonidan «toza
boimagan» faoliyat hisoblangan. Aynan dravidlar qabilalari vakilla-
ridan - adivasi («ilk aholi») - hazar qilinganlar kastasi shakllangan.
Shudralaming past toifasi natlar - raqqoslar, akrobatlar, hayvonni
q o ig a o‘rgatuvchilar va tabiblar o‘zlarining qora tanalari bilan farq-
lanadilar. Ular oriylar tomonidan kasta tizimiga kiritilgan dravid qa
bilalari avlodlaridir. Ular o‘z birliklarini bir-birlariga uzatib, bir idish-
dan ichish, umumiy trubkadan chekish orqali ko‘rsatadilar. Bu xildagi
ishlami boshqa toifalarda butunlay taqiqlashgan.
Past kastalar yuqori kastalarga qarshi o‘zlarining antietikalarini
yaratganlar. Masalan, past kastalar ayollari nisbatan ko‘proq erkinlik-
ka egalar - ular moddiy va ijtimoiy jihatdan mustaqillar. Eridan jahli
chiqqanida ular haqorat qilishlari, urushishlari va hatto oidirishlari
ham mumkin. 0 ‘rta va oliy kastalar ayollari erlariga sodiq va ularga
so‘zsiz bo‘ysunadilar. Kinoteatrlar kassasida, shifokor qabulida. avto-
bus bekatlarida yoki saylov uchastkalarida ayollar hamisha erkaklar-
dan alohida turib, ko‘plari ro‘mollarini yuzlariga tushirib, kamtarlik
va itoatkorliklarini namoyish qiladilar.
Kshatriylar vamasida butun bir harbiylar toifasi vujudga keigan.
Hind harbiylarining faxri - rajputlar boigan. Ushbu harbiy-feodal
toifaning asosini ko‘chmanchi xunnlar - eftaliylar va gurjarlar tashkil
136
etgan. Ular milodning dastlabki asrlarida Hindistonga bostirib kirib
keyinchalik mahalliy zodagonlar bilan aralashib ketganlar. Asta-sekin
hind zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zlarini rajputlar deb atashga intila
boshlaydilar. Boburiy Akbarshoh davrida rajputlar qo‘shinning asosi
va toj-u taxt tayanchiga aylanadi. Davrlar o‘tib rajputlar shon-sharafi
majmuyi shakllanib, u «raso» - qahramonlik dostonlarida aksini top-
gan. Asarlardan eng mashhuri Chand Bardaining «Pritxviraj qissasi»
(XII asr oxiri)dir. Rajputning tarbiyasida sanskrit va mahalliy tillarni
bilish, muqaddas kitoblarni o‘qish, siyosiy va she’riy asarlami bilish
talab qilingan. Rajput saxiy bo‘lishi, pulni asrab xarajat qilish esa sav-
dogarlar, hunarmandlar va dehqonlar ishi deb hisoblangan.
Rajputlar xotinlari uchun yuksak sharaf fursati erining dafii gul-
xaniga o‘zini tashlashi bo‘lgan.
Rajputlar qo‘shini og‘ir qurollangan otliq boMinmalar bo‘lgan.
Hindistonda XIV-XV asrlardan paydo bo‘lgan o'tochar qurollami
rajputlar qo‘rqoqlar quroli deb hisoblaganlar. Endilikda rajputlar
shon-shuhrati xalq xotirasidagi tarixga aylandi. Davrlar o‘tib kasta
tuzumi
jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘la boshladi. Shoir Narosinkx
Mexti (XV asr) gumanizm, turli kastalar orasida tenglikka, diniy ja-
moalaming yaqinlashishiga chaqirgan.
Hind qishlog‘i ijtimoiy tashkiloti asosi - qo‘shnichilik jamoasi
bizning davrimizgacha saqlanib kelmoqda. Ekin maydonlari alohida
oilalar orasida taqsimlanib, har bir xo‘jalik faoliyati ulaming kuchi
bilan yuritilgan. Ayni paytda dehqonchilikka yaramaydigan yaylov,
bo‘shliqlardan barcha foydalangan. Uy va yer sotib olgan kishi jamoa
a’zosi hisoblangan. Jamoa o‘z a’zolariga jamoaviy yordam berishdan
tashqari, o‘z a'zolaridan yo‘llar, suv inshootlari, ibodatxonalami tar-
tibda saqlashda ishtirok etishlari lozim. Qishloq jamoasi to‘y, bayram
va marosimlami ham birgalikda o‘tkazishadi. Qishloq jamoasi rah-
bari davlat hokimiyatining quyi bo‘g‘ini vazifasini bajaradi.
Jamiyatda, shuningdek, oilalarda an’anaviy braxmanlarga, ayol-
larga, yuqori kastalar a ’zolariga, umuman, katta yoshdagilarga hur-
mat munosabati saqlangan. Salomlashish, xayrlashish, braxmanga
137
murojaat - pranamsiz - boshni egib ko‘krakka keltirish, iyakka yoki
peshonaga bir-biriga qo‘yilgan kaftlami qo‘yishsiz tasavvur etish
mumkin emas. Murojaat qilinayotgan shaxs qanchalik yuksak mav-
qeli bo‘Isa, q o ilar shunchalik yuqori ko‘tariladi.
Muloqotda tabassum ham bo‘lishi lozim. Hindistonda «tabas-
sum qalbni tinchlantirib, muloqotda o‘zaro yaqinlik munosabatlarini
yaratadi» deyishadi. Shuning uchun muhim suhbat olib borilayotgan-
da ham, vaqti-vaqti bilan tabassum qilish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |