klassik tillar uzoq vaqt yetakchi rol o‘ynab,
hind provinsiyalari xalq
tillarining yuksalishiga yo‘l qo‘ymagan. Kitob va gazetalarning nashr
qilinishi klassik tillaming ta’sirini pasaytirdi.
Har bir mamlakat uchun turli millatlararo muloqot tilining boiishi
muhimdir. Hozirga qadar ushbu til hind tillaridan biri boiishi kerak-
ligi fikri o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Umum hind tilining shakl-
lanishida kineinatografiyaning roli katta. Aynan filmlarga hind tilida
ovoz berilishi uning hatto Hindistonning janubida - Tamilnadda tu-
shunilishiga olib kelmoqda. Hind kinematografiyasi
sanskrit va fors
tillaridan olingan so‘zlarning kam boiishiga intiladi. Ro‘znomalar va
badiiy adabiyotda ham hind tilini tozalashga harakat qilinmoqda. Bir-
lashtirish vazifasini qisman ingliz tili bajarmoqda. Shu tariqa hozirgi
kunda Hindiston uchun bilingvizm (ikki tillik) -
maishiy turmushda
va ishda mahalliy tillarni ishlatish, boshqa elat va xalq vakillari bilan
muloqotda ingliz yoki mamlakat aholisining % ning tili - hind tilining
ishlatilishi kengayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: