Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Moddiy madaniyat. 
An’anaviy xususiyatlar taomlarda nisbatan 
yaxshi saqlangan. Unda 2 qismni: 1) syusyoku - «bosh taom» - gu- 
ruch yoki boshqa donli oziq hamda kesilgan xamir; 2) fukusyoku -
«qo‘shimcha taom» - unga turli baliqlar, sabzavotlar va go‘shtli qay- 
lalami ko‘rish mumkin. Yaponlar go‘shtni kam iste’mol qilishadi. Ilgari 
ular ham xitoyliklar singari sigimi sog‘maganlar va sutini ichmaganlar.
168


Yaponlarning an’anaviy qishloq uylari bir qavatli sinchli, devor- 
lari suriladigan, poliga bo‘yra to‘shaiadigan (tatami) - bizning kuni- 
mizda ham deyarli o‘zgarishsiz qolgan.
Yaponlar kiyimlarida ham o‘tmish madaniyatidan saqlangan jihat- 
lar ko‘p. Agar ish kiyimi sifatida zamonaviy maxsus kiyimlar yoki 
yevropacha kastum kiyilsa, uyda yaponlar kimono - yengil xalatni 
kiyishadi. Bichimi bo‘yicha erkaklar va ayollar kimonosi bir xil. 
Erkaklarda yengi ancha kalta bo‘ladi.
Ijtimoiy turmushdagi xususiyatlar. 
Yapon jamiyatining zamo­
naviy ijtimoiy tizimida o‘tgan davrlardan ko‘plab xususiyatlar 
saqlanib qolgan. Minamoto (XII asrda) o'zini syogun deb e io n qi- 
lishidan boshlab, samuraylar Yaponiya siyosiy hayotida sezilarli mav- 
qega erishadi. Ritsarlik shon-sharafi qoidalari - «Busido» («Jangchi 
yo‘li») ishlab chiqilib, unda samuraylar xulqi, xarakiri (o‘z joniga 
qasd qilish) tartiblari izohlangan.
Jamiyat axloqiy me’yorlari asosan yapon xarakteri an’analariga 
tayanadi. Patriarxal munosabatlar, oila a’zolarining barchasi oila 
boshlig‘iga bo‘ysunishi saqlanib kelmoqda. Jinslar o‘rtasidagi no- 
tenglik holati davlat darajasida ham saqlanib kelmoqda. Erkaklar bi­
lan teng mehnatga xotin-qizlar kamroq maosh oladilar.
Amalda yapon jamiyatining kastaga boiinishi saqlanib qolgan. 
Burakumin yoki eta kastasi jamiyatda kamsitish, tengsizlik hola- 
tidadir. Mamlakatda ularning soni 3 mln. kishi atrofida. Burakumin- 
laming 600 ga yaqini alohida qishloqlarda yashaydilar. Ular axlat 
yig‘uvchilik, terichilik va hokazolar bilan shug‘ullanadilar. Rasman 
ular boshqa yaponlar bilan teng, amalda esa ularning huquqdagi 
tengsizligi saqlanib kelmoqda. Burakuminlaming boshqalar bilan 
nikohlari jamiyat tomonidan qoralanadi. Ularga m aium ot olish, yax­
shi kasb egallashlarida norasmiy to‘siqlar mavjud.
Zamonaviy xo‘jalik talablari ta’lim tizimining shakllanishiga 
ta’sir etadi. Yaponiyada to‘qqiz yillik majburiy ta iim joriy etilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin