etnosdir. Xitoyda biror-bir viloyat yoki avtonom rayon yo‘qki, unda
xanlar kamchilikni tashkil qilsa. Madaniyati bo‘yicha xanlarga yaqin
xalq dunganlar. Lekin ular islomni qabul qilganlari uchun konfessial
tafovut mavjud. Etnologlar bir necha tarixiy-madaniy (yoki etno
grafik) mintaqalami ko‘rsatishadiki, ularda til-madaniy o‘ziga xoslik-
lar mavjud. Bu xususiyatlar xanlarni XXRning turli hududlariga turli
davrlarda ko‘chib borib joylashishiga qarab shakllangan.
Ikki ming yildan buyon Xitoy yer yuzining eng aholisi ko‘p mam
lakat. bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda xanlaming soni 1 mlrd.dan
ko‘proq.
XXRda aholi notekis joylashgan, hududning 1/10 da aholi
ning 80% yashaydi. Ayrim joylarda, masalan, Buyuk Xitoy tekisligi
va janubiy-sharqda aholi zichligi 1 krtrga 700 kishidan to‘g‘ri keladi.
Shaharlar yuksak sur’atlar bilan rivojlanayotgan bo‘lsa-da, Xitoy hali
qishloqlar mamlakatidir. Xitoydagi yerlarning 1/10 ekinzorlar, 1/8
o'rmonlar va 1/3 yaylovlardir. Eng ko'p shudgor Buyuk Xitoy tekis-
ligida. Sharqda barcha ekinzorlarning 9/10 qismi joylashgan.
Xitoy dehqonchiligining asosiy xususiyati
yerga zimdan ishlov
berib, seleksiya orqali eng serunum o ‘simliklarni yetishtirishdir. Xi
toy dehqoni yerdan maksimal hosil olishga intiladi.
Xitoy dehqonchiligida ilgaridan sof qo‘l mehnati ko‘p ishla-
tilgan. Yerga ishlov berishda mehnat qurollari sodda, lekin qishloq
xo‘jaligida omoch dehqonchiligi asos bo‘lgan. Dehqonchilik lalmi
•va sug‘orma shaklda yuritiladi. Sug‘orma
dehqonchilik juda katta
mehnatni talab qiladi. Xitoydagi eng katta - Buyuk kanal mamlakat
ning sharqiy qismida qurilib, uning uzunligi 1700 km. Kanalni deyarli
600 yil qurishgan. Kanallardan faqatgina dalalami sug‘orish uchungi-
na foydalanilmasdan kemalarda yuklarni tashishda ham qo‘llanilgan.
Xitoydagi eng keng tarqalgan ekin sholidir. Xitoy dehqonlari sholi-
ning ko‘plab navlarini yaratganlar. U ikki, eng qulay iqlimli rayonlarda
yiliga uch marta hosil beradi. Sholini yetishtirish ko'p mehnat va suvni
talab qiladi. Yemi haydash, uni ekishga tayyorlash, sholi ko‘chatlarini
suv ichida yerga qadash,
parvarishlash, sholi pishgach о‘rib yanchish
barchasi mehnat talab qiladi. Muhimi, u juda serhosil ekindir.
161
Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi ekin - kuzgi bug'doy. U ham aho
lining ozuqa ratsionida muhim o'rin tutadi. Xitoyliklar qishloq
xo‘jaligida sabzavotchilik va bog‘dorchilikning o‘rni ham muhim dir.
Chorvachilik ham xitoyliklar qishloq xo‘jaligida an’anaviy muhim
o‘rin tutadi. Yirik shoxli moldan xo‘jalik yumushlarini bajarishda:
omoch, mola, aravaga qo‘shishda foydalaniladi. Yirik shoxli mol aso-
san Xitoyning shimoliy rayonlaridan keltiriladi. Ularni mo‘g‘ullar,
uyg‘urlar, qozoqlar va boshqa xalqlar yetishtiradi. Xanlar aksari
cho‘chqachilik bilan shug‘ullanadilar. Xitoyliklar cho‘chqaning juda
sermahsul zotlarini yaratganlar. Bu boradagi tajribalardan yevropalik-
lar ham foydalanganlar.
Xanlar taomlarida dengiz mahsulotlari ham muhim o‘ringa ega.
Xitoyda
ham dengiz, ham daryo baliqchiligi qadimdan rivojlangan.
Baliqdan tashqari, taomga molluskalar, dengiz tipratikanlari, tre-
pangilami ham ishlatishadi. XXR baliqchilik sanoati taraqqiyoti va
yetishtirilgan mahsuloti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Yaqin-yaqinlargacha baliqchilikda ichki suvlar (daryolar,
kanallar,
koilar, suv omborlari) hissasi sezilarli edi. Endilikda suv havzalari-
ning sanoat chiqindilari bilan bulg‘anishi baliqchilikning qisqarishiga
olib keldi. Xitoy dehqonlari yevropalik olimlardan ancha avval Yer
yuzidagi o‘rmonlaming yo‘qotilishi ayanchli oqibatlarga olib ke-
lishini tushunganlar. Ular q o id a o‘rmonlar yaratishga ancha avval
kirishganlar. Ular zarur xususiyatga ega
daraxt navlarini - Masson
qarag‘ayi hamda keng maydonlarda ignabargli kuningamil daraxtini
ekkanlar. Bu daraxt juda tez o‘sib, 25-30 yilda qurilish va boshqa
ehtiyojlar uchun qattiq va chirimaydigan yog‘och pishib yetiladi. Un
dan kemalar, temiryo‘l shpallari, uy-joylar qurishda foydalaniladi.
Shunga qaramasdan Xitoyda ham o‘rmonlar kamayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: