madaniyatini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, ularning qadimgi ajdod-
lari Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoning janubiy hududlari bilan
ko‘proq muloqotda boiishgan. Mil. avv.
II mingyillikda Yaponiya
orollarini avstroneziya tillarida so‘zlashadigan aholi egallagan. Qa
dimgi yapon tilli aholi orollarga mil. avv. V asrdagina Koreyadan
o‘tib joylasha boshlaganlar.
Zamonaviy Yaponiya - bir millatli mamlakatdir. Uning 99
%
ga
yaqin aholisi yaponlardir. Ular orasida bir necha etnograiik guruhlami
ajratishadi. Bu etnografik guruhlar qachonlardir madaniyatida o‘ziga
xosliklarga ega boiishgan. Hozirda Ryukyu
orolidagi bir guruhgina
aynan etnografik xususiyatlarini saqlagani bilan ajralib turadi. Yaponi-
yada til vaziyati juda murakkab, mamlakatda uchta yirik sheva va yana
ko‘plab mayda shevalar mavjud. Har bir yapon odatda ikkita muloqot
tilini (biri davlat tili, ikkinchisi mahalliy tilni) biladi. Shevalarda fone-
tik jihatdan katta tafovutlar muloqotda qiyinchilik tug‘diradi.
Yaponiya yozuvi Xitoy iyeroglif yozuvi asosida yaratilgan. Yapon
matnlarini o ‘qish ancha murakkab ishdir.
Yaponiyaliklarning an’anaviy xo'jalik mashg‘ulotlari
dehqon-
chilikdir. 0 ‘rta asrlarda yer maydonlarining haddan tashqari mayda-
lashib ketishi so‘qa dehqonchiligini vujudga keltiradi. Yaponiyada
an’anaviy qishloq xo‘jaligida hozirga qadar ko‘pchilik
ishlar q o id a
bajariladi. Yapon klassik jamiyati hayot faoliyatini ta’minlashda
baliqchilikning o‘rni muhimdir. Bu yerda hatto alohida xo‘jalik,
madaniy til, sohil baliqchiligi va termachiligi shakllangan. Ayni
paytda baliqchilar hamisha aholining eng kambag‘al qismi boigan.
Koreyadagi singari Yaponiyada ham ayollaming chuqur joylarda ya
shaydigan molluskalami ovlash sohasi shakllangan.
Dostları ilə paylaş: