Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Hunarmandchilik. 
Xitoy hunarmandchiligi ham ko‘p asrlik ta- 
rixga ega. Xitoyliklar mustaqil ravishda sopol yasash, mis eritish, jez 
va temir ishlab chiqarish sohalarini o‘zlashtirganlar. Qolaversa, butun 
insoniyat xitoylik hunarmandlardan qog‘oz, ipak, chinni, kompas, po ■
rox va hokazolar yasashni o‘rgangan.
162


Qog‘oz to ‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar milodiy II asrga oid. Xitoy- 
liklarning yozishicha, uni Chay Lun ismli kishi kashf etgan. Birinchi 
qog'oz bambuk tanasi va tut daraxtining pcf stiog'i aralashmasidan 
yaratilgan.
Tut daraxti inson faoliyatining yana bir turi - ipakchilikda muhim 
rol o‘ynagan. Xitoyda ipak matosi haqidagi ma’lumotlar mil. avv. 
Ill mingyillikka borib taqaladi. Xitoyliklar ipak tayyorlash sirlarini 
uzoq asrlar saqlaganlar, buning uchun ipak qurtini mamlakatdan olib 
chiqishga yo‘l qo‘yilmagan. Ipak matolar tuya karvonlariga ortilib 
Buyuk ipak yo‘li orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlariga olib boril- 
gan. Karvon yo‘li o‘z ahamiyatini XV asrda Yevropadan Hindistonga 
dengiz yo‘li ochilguncha saqlagan.
Xitoy insoniyatni chinni idishlari bilan ham boyitgan. Chinni ha­
qidagi ishonchli m aium otlar VI—VII asrlarga oid. U ipak singari Xi­
toyning eksport savdosida muhim o‘rin tutgan. X-XIII asrlarda qizil 
rang bilan qoplangan xitoy chinnisi ayniqsa yuksak baholangan. XVII 
asrdan chinni idishlami yarim xrom (ko‘k rangli) naqshlar bilan beza- 
tish keng tarqaladi.
Butun dunyoga xitoyliklar ixtiro qilgan turli buyumlarni lok bilan 
qoplash san’ati ham tarqalgan. Loklami turli mineral bo‘yoqlar - ol­
tin kukun bilan qoplash o‘zlashtirilgan. Bir necha qatlam lok bilan 
qoplangan buyumlar suvga chidamli, mustahkam boMishidan tashqa­
ri, juda chiroyli tus olgan. Xitoyda mil. avv. Ill asrda tayyorlangan, 
loklangan buyumlar bizning kunlarimizgacha muzey va saroylarda 
tomoshabinlaming ko‘zlarini quvontirmoqda.
Xitoyda porox ixtiro qilinib, undan tinch maqsadlarda, mushak- 
bozlikda foydalanilgan.
Hunarmandchilikning yuksak darajasi o‘z ta’sirini qurilish soha- 
sida ham namoyon etadi. Xanlarning klassik turar joylari rang-barang 
va ratsional bunyod etilgan. Uylaming tarhi va konstruksiyasi tabiiy- 
iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, shimoliy-g‘arbda Shin- 
jon-Uyg‘ur muxtor rayonida uylar sinchsiz, devorlari xom g‘ishtdan 
ko‘tarilgan. Xitoyning markaziy va sharqiy rayonlarida xanlar uyla-
163


rini maxsus tuproqdan ko‘tarilib mustahkamlangan maydonchaJarda, 
yog‘ochdan sinchli qilinib qurilgan. Sinch orasiga xom g‘isht urilgan. 
Kirish odatda janub tomonga qaratilgan, tom aksari cherepitsa bilan 
yopilgan. Uyning ichida uning 1/3 ni egallaydigan 60 sm gacha ba­
land supa ostida tutun o‘tadigan tuynuklar tizimi qilinib, olovni uning 
kirishida yondirib tutunni trubasi oxirida qurilib, oilaga ana shu su- 
pada ishlash, ovqatlanish, mehmonlarni qabul qilish, uxlash imkonini 
bergan. Bu xonalami pastdan isitish bugungi kunda dunyoda keng 
tarqalmoqda.
Xitoy da qurilish san’ati ajoyib yutuqlarga erishmoqda. Ma’muriy va 
diniy inshootlar ko‘p sonli ibodatxona va buyuk saroylar ko‘rkamligi, 
qiyofalari betakrorligi bilan insonni lol qoldiradi. Masalan, Xuanxe 
daryosining o‘rta oqimidagi qoyada qurilgan Lun men ibodatxonasida 
toshda 100 ming barelyef va haykallar o‘yib ishlangan.
Buyuk Xitoy devori dunyoning mo‘jizalaridan biridir. Uning 
asosiy yo‘nalishidagi uzunligi 4 ming km dan ko‘proq. Devorning 
qurilishi mil. aw . IV-III asrlarda boshlanib, milodiy III asrda yakun- 
langan. Devorning ustidan yo‘lak kengligi urush paytlarida qo‘shinni 
dushmanga qarshi jo ‘natishga xizmat qilgan. U Xitoyni shimoldagi 
ko‘chmanchilar bosqinidan ko‘p marta qutqargan.
Xitoyliklar o‘z qo‘shnilarini yaxshi bilganlar. Geografik xaritalar 
haqidagi m a’lumotlar VII asrga oid. Xitoy va unga tutash hududlar- 
ning XI asrga oid xaritalari bizga qadar saqlanib qolgan. Xitoy 
matematiklari «Pi» - aylana uzunligining diametriga nisbati (3,14) 
ekanligini aniqlaganlar. An’anaviy Xitoy tabobati yutuqlari barchaga 
m a’lum. Xitoy tabiblari ko‘plab yuqumli va boshqa kasalliklarga qar­
shi kurash usullarini bilishgan.
Yozuv. 
Iyeroglif yozuvi Xitoyda mil. avv. II mingyillikdan 
ma’lum. Iyeroglif so‘zni «chizib», uning ma’nosini taxminan berib, 
ovozini ham hamma vaqt bera olmaydi. Xitoy tilida ko‘plab shevalar 
bo‘lib, ular fonetika va grammatika jihatidan farq qiladi. Shimoliy Xi­
toy xanlarining og‘zaki tillari janub xanlariga tushunarli emas. Faqat 
iyeroglif yozuvigina ma’lum til birligini saqlashga xizmat qiladi. Xi-
164


toy uchun umumiy til putunxua uning asosida poytaxt (Pekin) shevasi 
b oiib, bugungi kunda davlat hayotida keng qoilanilmoqda. Putun­
xua yozuvi an’anaviy iveroglifga nisbatan ancha soddalashtirilgan. 
Ushbu rasmiy davlat tilida maorif, mamlakat qo'shini. murakkab ish­
lab chiqarishda qoilaniladi. Shanga qaramasdan Xitoydagi til birligi 
bugungi kunda iyeroglif yozuvi tufayli saqlanmoqda.
Din. 
Xitoydagi diniy vaziyat ham o'ziga xos. Mamlakatda mil. 
aw . VI asrdan ikki falsafiy tizim shakllanib, u asta-sekin dinga ayian- 
gan. Deyarli bir paytda vujudga kelgan konfutsumlik va daosizm 
mana ikki yarim ming yildan buy on tinch faoliyat vuritib kelmoqda. 
Konfutsiylik (Kun Fu Szi - mil. avv. 551-449) asosan davlat tuzumi- 
dagi axloqiy tartiblarga bagishlangan. Konfutsiy ta’limoti uning 
shogirdlari tomonidan «Lun yuy» asarida yozilgan. Unga ko‘ra dav- 
latpanoh hokimiyati muqaddas. Adolatning umumiy qonuni - odam- 
laming oliy va past toifalarga boiinishidir. Flar bir inson jamiyatda 
egallagan lavozimiga qarab ish yuritishi lozim. Konfutsiy bo‘yicha 
boshqaruv - bu har bir kishini «o‘z joyiga qo‘yish», inson faqat o‘zi 
uchun belgilangan ish bilan shug‘ullanishi lozim degani, Jamoaviy 
hayotda insonning yangi o‘rinlarga koiarilishi uning m a’naviy yuk- 
salishi va ilmlami egallashi orqali amalga oshm ogi zarur.
Ikkinchi taiim ot - daosizm. Uning asoschisi Lao-szi (mil. avv. 
IV-III asrlar) boigan. U aksari falsafa, oilaviy hayot me’yorlari va 
uni tashkil etish masalalariga to‘xtalgan. Ushbu taiim o t tarafdorlari 
tabiat bilan yaqinlashishni targ’ib qilishgan. Daosistlar keyinchalik. 
alohida oziqlanish tartiblariga rioya qilib, jismoniy mashqlar orqali 
uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga intilganlar.
Lao-szi buqa ustida oiirgan qariya sifatida tasvirlangan. Daosizm 
asoschisi haqidagi rivoyatlar Lao-szini umrboqiylar vetakchisi sifa­
tida tasvirlaydi. Daosizm to iiq holda «Saxiylik y o ii haqida kitob»da 
tavsiflangan. Daosizm tarafdorlari orasida Lao-szi Buddaning otasi 
ekanligi haqida rivoyat ham mavjud.
Milodning ilk asrlarida Xitoyda buddaviylik, VIII asrdan islom 
dinlari tarqalgan. 0 ‘rta asrlardan Xitoyga xristian missionerlari kela
165


boshlaydi. Yuqorida nomlari keltirilgan dinlar bugungi Xitoyda faoli- 
yat yuritmoqda.
Konfutsianlik va daosizmning shakllanishiga xanlarning qa­
dimgi dinlari katta ta’sir etgan. Masalan, xalq udumtarinmg qadimgi 
qo‘shiqlari to‘plami - «Qo‘shiqlar kitobi» muallifligini Konfutsiyga 
berishadi. Qishloq joylarida ajdodlar ruhiga e ’tiqod keng saqlangan.
XXRning tashkil topishiga qariyb 70 yil (1949) bo‘lmoqda. 
Ushbu davr davomida Xitoy jamiyati an’analariga hayot ko‘plab 
o‘zgartirishlar kiritdi. Xitoyning iqtisodi o‘zgarib, u tez sur’atlarda 
industrial mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqda. Lekin ushbu sharoit- 
larda ham eng aholisi ko‘p mamlakat o‘z an’analariga hurmat bilan 
yondashadi.
Udumlar, folklor qo‘shiq-raqslar asta-sekin transformatsiyalashib, 
professional teatr sohalariga - musiqali drama teatrlariga aylandi. 
Bunday truppalar miloddan avvalgi II—
I mingyilliklar chegarasidan 
ma’lum. Xitoy musiqali dramalari klassik ko'rinishlari XIV asrdan 
shakllangan. Professional teatr XIX asrda uzil-kesil vujudga keigan. 
Bugungi kunda u «Pekin operasi» nomi bilan mashhur. Badiiy adabi- 
yot ham juda qadimiy tarixga ega. Unda badiiyotga nisbatan she’riy 
janrlar faolroq rivojlangan. Xitoy professional she’riyatining otasi 
Syuy Yuan mil. avv. Ill asrda yashagan. Xitoy adabiyotining eng qa­
dimgi yodgorliklaridan biri «Sakkiz umrboqiy donishmand»larga 
bag‘ishlangan asar hisoblanadi. Ularning hayot faoliyati tavsifi 
faqat XIII-XIV asrlarda yakuniy ko‘rinish oladi. Xitoy professional 
madaniyati hozirgi bosqichda yuksak taraqqiyotga erishdi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin