Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Xo‘jaligi tavsifi. 
Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari, shu jumladan, 
orollar aholisining xo‘jalik mashg‘ulotlari turli-tuman bo iib , zamo­
naviy yuksak agrar sanoat, xo‘jalik, madaniy tiplaridan eng sodda ta- 
biat in’omlarini o‘zlashtirishgacha turlari uchraydi.
0 ‘rmonlar, shuningdek togiarda hayot uchun zarur mahsulotlar- 
ni: ov, baliqchilik va o‘simlik hamda may da jonzotlarni terib-terma- 
lashga asoslangan hayot kechiruvchi urug‘-qabilalar ham uchraydi. 
Oziq izlash uchun kichik qabila guruhlari - kubu, akit, sakaya (Su- 
matrada), punan va bukitlar (Kalimantanda), semanglar (Malakkada), 
aetalar (Filippinda) va hokazolar deyarli har kuni barcha yeyishga 
yaraydigan qumursqa, chuvalchang, ilon, o ‘simliklaming tomiri, 
poyasi va boshqalarni terganlar. Ovda bambukdan yasalgan nayzadan 
foydalanishadi. Yirik hayvonlar ular tomonidan kamdan kam hol- 
larda ovlanadi. Bu qabilalar uzoq muddatli ocharchiliklarni, ayniqsa, 
qurg'oqchilikni tez-tez boshdan kechirganlar. Xo‘jalikning soddaligi 
va oziqning tanqisligi, ularning botqoqli o‘rmonlarda yashashlari ov 
va termachilik uchun keng hududlami talab qiladi. Alohida qabilalar 
orasida hududning taqsimlanishi asrlar davomida shakllangan qoi- 
dalar asosida boiinadi. Ov va termachilik ba’zida baliqchilik bilan 
toidiriladi. Ushbu qabilalarda mehnat quroli oddiy tayoqdir. Bambuk 
va boshqa o‘simliklardan bo‘yra xo‘jalik uchun zarur to‘r va savat- 
lami to ‘qishadi. So‘nggi paytlarda sotish uchun (sayyohlarga) suyak, 
yog‘och, tosh chig‘anoqlardan turli buyumlar yasashmoqda. Kiyimga 
mato ham o‘simlik daraxt po‘stlog‘i tolasidan tayyorlanadi. Bu qa­
bilalarda metallga sovuq ishlov berishib, undan pichoqlar, kamon, 
nayza uchlari yasashgan.
Daydi ovchi va termachilik qabilalar qo‘shnilari bilan tovar 
almashinuvi cheklangan darajada boigan. Bu almashinuv «til- 
siz almashinuv» deyilgan, unda belgilangan joy da almashishga
178


moijallangan buyumlar qoldirilib, o‘rmon qabilalari qo'shnilari 
metall buyumlar, mato. shisha marjonlar. munchoqlar va boshqa ta- 
qinchoqlar qoldirishgan. Almashinadigan buyumlar tarkibi an’ana lar 
bo‘yicha belgilangan.
Bizning kunlarimizda daydi o ‘rmon qabilalari soni tez kamayib 
bormoqda. Ular asta-sekin o ‘rmonlami tashlab o ‘zlarining nisbatan 
taraqqiy topgan qo‘shnilari yaqinida joylashmoqdalar. Davlat baholi 
qudrat bu kamsonli xalqlarga yordam berishga, ularning dehqonchilik 
va boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlariga ko‘maklashmoqda. 
Ayni paytda bunday qabilalarda akkulturatsiya (o‘zga madaniyat bi­
lan yaqinlashish) ro‘y berib, malaylar bilan assimilatsiya boshlanadi. 
0 ‘rmonlarda qolgan qabilalar ham asta-sekin oddiy dehqonchilik sir- 
larini o ‘zlashtirishni, yerga uchi o ‘tkir tayoq, suyaklar bilan ishlov 
berishni boshlaganlar. 0 ‘z yerlarida ular yer ildizli ekinlar yetishtir- 
moqdalar. Bu xildagi dehqonchilik Kalimantan oroli dayaklari, Yangi 
Gvineya papuaslari va yana qator xalqlar uchun xususiyatJi boigan. 
Bu dehqonchilik jinslar o ‘rtasidagi mehnat taqsimotining qat’iv 
bo‘lishini taqozo etadi. Yogingarchilik boim agan mavsumda erkak­
lar daraxt va butalarni kesib, quriganidayondiradilar. Kuli yerga o‘g i t
boiadi. Tayyorlangan dalada ayollar tayoq yoki so‘qa bilan chuqur- 
chalar tayyorlab, sholi, makka, yams, sabzavot ekkanlar. Asta-sekin 
ekin maydonlarini begona o‘tlar bosib hosildorligi pasayib. bir necha 
yildan so‘ng bu maydonni tashlashga va yana yangi yerlar ochishga 
to‘g‘ ri kelgan. Dalaga ishlov berish eng sodda koiinishda boigan.
Hosil juda kam boiib, tabiiy hayot uchun yetmagan. Qo‘shimcha 
xo‘jalik tovuq boqish, qisman ovchilik, o‘rmon mahsulotlari, ilon- 
ning terisi, qatron yoki dengiz bo‘yidagi qabilalarda maijon oviash va 
ulami oziq mahsulotlariga almashtirish boigan. Qoloq qabilalarning 
o‘rmon mashg‘ulotlari mahsulotlariga jahon iqtisodida ehtiyoj o‘sgan. 
Yevropa va Amerikada ilon po‘stidan tayyorlangan buyumlarga ta- 
lab kuchayganida dayaklar ilonlami ayovsiz qirganlar. llonlar o‘rmon 
botqoqlarida ko‘p boisa-da, ulaming soni kamayib kemiruvchilar 
ko‘payib daladagi hosilni yeb qo‘yadi. Daladagi hosilni yeyishi tufayli
179


qator yillar ocharchiliklar bo‘ Igan. Tabiatda ilonlar soni me’yoriga yet- 
gach kemiruvchilar yetkazadigan zarar keskin kamaygan.
Nisbatan yuqori bosqichdagi xo‘jalik Janubiy-Sharqiy Osiyoda 
keng tarqalgan sug‘orma ko‘l (so‘qa) dehqonchiligi bo‘lgan. Ushbu 
xo‘jalikturida asosiy ekin sholidir. Qo‘l sug‘orma dehqonchiligi bilan 
shug‘ullanadigan xalqlar: Kalimantan dayaklari, Sumatraning tog‘li 
bataklari, Sulavesi torijlarining ayrim guruhlari, Filippin ifugaolari, 
Yangi Gvineya papuaslarining ayrim guruhlaridir. Ushbu xalqlarda 
uy hunarmandchiligi keng tarqalgan. Buyumlar qisman o‘z ehtiyoj- 
lari, asosan sayyohlar, muzeylar, kolleksionerlarga sotuvga chiqarila- 
di. Asta-sekin bu hunarlar professional hunarmandchilikka aylanadi. 
Buyumlaming badiiy darajasi ba’zida juda yuqori, ayrimlari haqiqiy 
san’at asari darajasida tayyorlanadi.
Ming yildan ko‘proq vaqt davomida Janubiy-Sharqiy Osiyo aho­
lisi uchun asosiy xo‘jalik - sug‘orma omoch dehqonchiligidir. Bu 
sohaga iqlim mos, daryolaming serobligi ham qo‘l keladi. Mahalliy 
tabiat sharoiti yiliga 3 martagacha hosil olish imkonini beradi. Bosh 
ekin sholi, uning qatorida dukkakli va texnik o‘simliklar, yer ildizli 
o‘simliklar, banan, ananas, mango, kofe daraxti, choy va yana ko‘plab 
ekinlar yetishtiriladi. Filippinda shakarqamish ekish keng tarqalgan. 
Texnik ekinlardan kauchukning geneya navi yetakchi o‘rin tutadi.
Eng yuqori xo‘jalik va madaniyat omoch (plug) dehqonchiligi 
hamda industrial taraqqiyotning qo‘shilishidir. Madura oroli aholisi 
uchun Janubiy-Sharqiy Osiyoda yagona yaylov va qo‘ra chorvachi- 
ligi xususiyatli bo‘lib, ular yirik va mayda shoxli mol boqishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin