Sug‘orma plug dehqonchiligi bilan shug‘ullanayotgan xalqlar
endilikda zavodlarda yasalgan mehnat qurollaridan foydalanadilar.
Oddiy dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar yerga ishlov be-
fishda, ekishda, hosilni yig‘ishda o‘zlari yasagan mehnat qurollaridan
foydalanadilar. Xususan, yog‘och tayoq, so‘qa va h.k. lar uchlari faqat
metalldan emas, shuningdek tosh va suyak (shox)lardan yasalgan.
Qurollar juda unumli va qiziqarli b o iib , uni qabilalar o‘z taraqqi-
yotlari darajasiga qarab yaratganlar. 0 ‘rmon aholisida nayza, kamon,
sumpitan - puflab otuvchi miltiqlar (bambuk poyalari yoki parma-
lab teshik ochilgan yog‘ochlar)dan foydalanadi.
Sumpitandan kichik
zaharlangan o‘qlar bilan qushlar va boshqa may da hayvonlami ov-
laganlar. Lekin zahardan o‘zaro mojarolar paytida raqiblariga qarshi
foydalanmaganlar.
Yavaliklar xanjari o ‘zining turli ko‘rinishda boiishi bilan mash-
hur. Xanjar sopini o‘yma naqshlar bilan bezashsa, qiniga turli naqsh-
lar tushirishgan. Barcha muzeylardagi etnografik kolleksiyalarda da-
yaklar
qilichi - mandaular saqlanadi.
0 ‘rmonlaming daydi qabilalari doimiy turar joylar qurmay,
to‘xtagan joylarida tunash uchun daraxtlar ustida shoxida joylar yoki
shamol panalar - chaylalar qurganlar. 0 ‘troq
dehqonlar qishloqlari
o‘tmishda baland yog‘ochdan qoqilgan uchli xodalarda to‘sinlar bilan
o‘rab olingan. 0 ‘zaro mojarolarga barham berilganidan so‘ng bunday
mudofaa inshootlar qurilmay qo‘yildi. Aholi qo‘rg‘onlari, ko‘chalari
bilan bir-biriga parallel turar joylari shaklida yoki tartibsiz, to‘p-to‘p
shaklida bunyod etilgan.
Yava orolidagi uylardan tashqari barcha hududlarda ustunlar
ustiga qurilib, mustahkam tomli qilib yopilgan,
sababi ular qattiq
ehamollarga
turib berishi kerak boigan. Asosiy turar joylar ham,
XO‘jalik
binolari ham ikki tomonlama, o‘rtasi past, ikki tomoni egarga
0‘xshab ko‘tarilgan tomlar barcha orollar uchun xususiyatlidir. Uy
devorlarining aksari o‘ymakor naqshlar bilan bezatilib, uy egalarini
yomon ko‘zlardan, yovuz ruhlardan saqlashga moijallangan. Da-
yak qo‘rg‘onlari ham o'ziga xos, ularda ikki yoki uchta «uzun uylar»
181
bo‘lib, ularda bir nechtadan oila yashaydi. Bunday uylami ham ba
land ustunlar ustiga qurishib, qishloq atrofini o‘tish murakkab bo‘lgan
yog‘ochdan o‘tkir uchli devor bilan o‘ralgan.
Qishloq uylari
ichki koVrinishi sodda, polga bo‘yra solinib, unda
kunduzi o‘tirilib, tunda uxlashadi. Devorlarda qurol-aslaha, ovlangan
noyob hayvonlar terilari, qushlar, uy jihozlari ilib qo‘yilgan.
Janubiy dengiz mamlakatlari aholisining moddiy madaniyat-
laridagi yavaliklar, malay, sund va tigallarda saqlanib kelayotgan
elementlar asosan kiyimlarida uchraydi. 0 ‘rmon xalqlarida kiyimlar
kam bo‘lib, erkaklar lubdan belbog‘cha,
endilikda fabrika matolari-
dan ham, ayollar o‘simlik yoki matodan yubka kiyishadi. Botqoqli
o‘rmonlarda yashayotgan aholi poyabzal kiymaydi. Lekin ulaming
liboslarida zeb-ziynatlar, qo‘l-oyoq
bilaguzuklarini erkaklar ham,
ayollar ham taqishadi. Ko‘pgina qabilalarda marosim tatuirovkalari,
jangchilaming jangovar bo‘yalishlari an’analari saqlangan. Ayrim
xalqlarda tishlarni yo‘nish va qora rangga bo‘yash, turli metallar bilan
inkrustatsiya qilish tarqalgan.
Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlar nisbatan
murakkab kiyim - sorong kiyishadi. So‘nggi o ‘n yilliklarda odatiy
matolar va milliy kiyimlar bilan birgalikda
fabrika matolari va ki-
yimlarini kiyish ham keng tus olib, bu jarayon faqat shaharlarda emas,
qishloqlarda ham kuzatilmoqda. Shaharlarda an’anaviy va yevropa
kiyimlari aralash kiyilmoqda. Xizmatchilar, ziyolilar vakillari yev-
ropacha kiyinsa,
ayrimlar tepa qismi yevropacha, pasti sorong bilan
ham ko‘chada yuradi. Sorong bugungi kunga qadar uy kiyimi bo‘lib
kelmoqda. Uni maxsus mato - batakdan tayyorlashadi. Batak XX
asr so‘ngida Yevropa va Shimoliy Amerikada ham keng tarqalgan.
U yuqori sifatli paxta tolasidan gazlama bo‘lib, uni murakkab usul-
da qo‘lda bo‘yab, kashtalangan. Batak qimmat mato bo‘lganligidan
uning yasama arzon turlari ko‘payib ketgan.
Dostları ilə paylaş: