Savol va topshiriqlar
1. Markaziy
va Sharqiy Osiyoning geografik, irq hamda tillari
tavsifini bering.
2. Markaziy Osiyoning oltoy tilli xalq va elatlari haqida so‘zlab
bering.
3. Xitoy-tibet til oilasiga mansub millatlar, xalqlar, elatlar haqida
nimalami bilasiz?
4. Xitoyliklaming an’anaviy hunarmandchiligi va moddiy madani-
yatlaridagi o‘ziga xosliklar nimada?
5. Xo‘jalik va moddiy madaniyatdagi transformatsion jarayonlar
qanday kechmoqda?
6. Xitoyliklar dini: konfutsiychilik va daosizm xususiyatlarini
so‘zlab bering.
7. Tibet-birma tillariga mansub xalqlar haqida nimalami bilasiz?
8. Yaponlar
va koreyslar etnologiyasi, xo‘jaligi, hunarmandchi
ligi, moddiy va ma’naviy madaniyatlari haqida so‘zlab bering.
173
11-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYO XALQLARI
Janubiy-Sharqiy Osiyoga Hindixitoy yarimoroli, uning davomi
bo‘lgan
Malakka yarimoroli, Indoneziya (Malay) va Filippin arxi-
pelaglari kiradi. Osiyoning ushbu qismi aholisi tarixiy taraqqiyot-
ning turli yo‘llarini o‘tab, bugungi
kunda turli davlatlarda yashab,
har xil antropologik qiyofaga ega bo‘lib, ko‘plab va xilma-xil tillar-
da so‘zlashadilar. Janubiy dengizlar xalqlari tarixi va madaniyatini
o‘rganishning qiziqarli tomoni shundaki,
ushbu hududda zamonaviy
industrial taraqqiy etgan aholi bilan birlikda, o‘tish murakkab bo‘lgan
o ‘rmon zonalarida hali sivilizatsiya darajasiga yetmagan urug' va qa-
bila jamoalarini uchratish mumkin.
Janubiy-Sharqiy Osiyoda Myanma (Birma 54 mln. kishi), Tailand
qirolligi (70 mln.), Laos Xalq Demokratik Respublikasi (7 mln.),
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (96 mln.), Kambodja qirolligi
(16 mln.), Malayziya Federatsiyasi (31 mln.),
Singapur Respublikasi
(5,6 mln.), Indoneziya Respublikasi (268 mln.), Bruney sultonligi
(0,4 mln.), Sharqiy Timor (1,2 mln.), Filippin Respublikasi (106 mln.)
mavjud.
Hududning relyefi ham xilma-xil,
unda keng daryo vohalari,
baland togTar, ko‘plab vulqonlar, o'rmonlar, chakalakzorlarni uch
ratish mumkin. Iqlimi issiq tropik, subekvatorial va ekvatorial zona-
larga boTinadi. Yil davomida faqat ikki mavsum: quruq va yog‘inli
davrlar bir-birini almashtiradi. Janubiy-Sharqiy Osiyoda daryolar
serob, yiriklari: Mekong, Menam, Iravadi, Barito. Hududda botqo-
qlashgan yerlar ham ancha. Qadimda butun Janubiy-Sharqiy
Osiyo
o‘rmonlar bilan qoplangan, lekin asrlar davomida inson faoliyati
o‘rmondagi daraxtlarni kesib ekinzorlar
barpo etishi hududning
qiyofasiga o‘zgarishlar kiritgan. Hayvonot va o‘simliklar dunyosi
boy. Hududda yirik yirtqichlar, fillar, karkidonlar, ilonlar, turli qush-
lar mavjud.
174
Janubiy-Sharqiy Osiyo tabiiy qazilmalarga boy. Qimmatli metal-
lar va toshlar, rax, uran. neft va hokazolar qazib olinadi. Dengizlardan
marjonlar va baliqlar ovlanadi.
Dostları ilə paylaş: