Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Oilaviy hayotning xususiyatlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Oilaviy hayotning xususiyatlari. 
Zamonaviy oilaviy turmush aso- 
sida qadimgi an’analar yotib, ular jamoaning har qanday a’zosi hayotini 
tartiblashtiradi. Hali hanuz ertalab va kechqurun, ota-onasining poyiga 
boshi tekkuncha egilib ta’zim-hurmat bajo etishadi. Nepal poytaxti Kat- 
manduda hozirga qadar tirik iloha Kumari kulti saqlangan bo‘lib, uni 
eng chiroyli va jasur 4-5 yoshli qizaloqlar ichidan saylashadi. Kumari 
alohida uyda tashqi dunyo bilan aloqasiz yashaydi. Yilda bir marta Jat- 
ra bayramida uni aravaga o‘tkazib shahar ko'chalaridan olib o‘tishadi. 
Qiz nikoh yoshiga yetganida uning alohida uyda yashashi yakuniga 
yetib, yana yangi iloha - Kumarini saylashadi.
1963-yili yangi qonunlar majmuyi qabul qilinib, rasmiy tarzda 
kasta tizimi bekor qilindi. Nepal va Butanda brahmanlar va boshqa 
kastalar a’zolari orasida keskin professional tafovutlar bo‘lmagan. 
Sababi bu mamlakatlarga Hindistondan immigratsiya qilgan brah- 
manlaming faqat ayrimlarigina yangi joyda kohinlik qilgan.
9.4. Hindistonda yevropaliklar bosqinlari
«Norozilik yuksalishga omildir» (Mahabharata). 
Yevropalik- 
lardan Hindistonga dengiz orqali ilk bor portugaliyaliklaming Vasko 
da Gama boshchiligidagi ekspeditsiyasi arab lotsmani yordamida ye­
tib keladi. Bu yevropaliklarning muhim yutug‘i portugallami noqulay 
holatga tushiradi. Afrikadagi aborigenlar bilan muloqotda arzimagan 
narsalarni sovg‘a qilishga o‘rgangan portugallar Kalikut hokimiga 
sovg‘a tarzida o‘z mollari namunalari, bir necha idishda asal, bir 
necha b o ia k dag‘al mato va bir-ikki shoda marjon olib kelishgan. 
Hokimning taqinchoqlari portugallaming barcha kemalaridan qim- 
matroq turardi. Portugallaming arzimagan sovg‘alarini ko‘rib hokim 
kulib qo‘yadi. Yevropaliklarni, eng avvalo, ziravorlar qiziqtirardi. 
Portugallar Hindistonga katolitsizmni keltirib, hindlarni inkvizitsiya 
bilan tanishtirdilar. Minglab kishilami gulxanga tashladilar. Holbuki, 
Hindistonning janubida Suriya xristianlari jamoalari milodning dast- 
labki asrlaridan yashab keigan.
148


Portugal laming Hindiston bilan savdo aloqalari qaroqchilikdan 
boshlangan. sababi ularda hind savdogarlarini qiziqtira oladigan da- 
rajadagi va hajmdagi buyumlarning o‘zi yo‘q edi. Aynan portugal- 
lar Hindistondagi Yevropa mustamlaka bosqinlarini bosh'ab berdilar. 
Endilikda bu o'tmish. lekin portugallarning Hindistondagi koloni­
yalari Goa, Diu va Damanlar XX asming 60-yillaridagina ozod qi- 
lindi. Endilikda Goa butun dunyoda dong‘i ketgan kurortga aylandi. 
Hind tarixining ushbu davridan esdalik sifatida turli geografik nomlar 
qolgan. Masalan, mamlakatning yirik port shahri Bombey portugal- 
cha «bom boie», ya’ni - «yaxshi qo‘hiq» so‘zlarining buzib aytilishi- 
dan vujudga kelgan.
Mahalliy aholiga nisbatan mensimaslik munosabati yevropaliklarga 
o‘z odatlarini o‘zgartirish, iqlimga mos yashashlariga xalaqit bergan. 
«Bu shlyapadagilar og‘ir movut yoki barqutdan bo‘lgan kiyimlarda 
yurishgan, ko‘p ichganlar, rostbif va cho‘chqa go‘shtidan kolbasa ye- 
ganlar. Uylar, mavzelar qurilishida mahalliy ine’niorchilik an’analarini 
e’tiborga olmaganlar. Oqibatda Madrasdagi Sent-Joij fortidagi ingliz 
qabristoniga kirsangiz, ellik yoshini nishonlaganlar к am bo‘lgamga 
ishonch hosil qilasiz». Hindistonga inglizlar bosqini ayniqsa og‘ir oqi- 
batlarga olib keldi. Hindiston deyarli ikki asrga «Britaniya imperiy a- 
si tojining marvaridi»ga aylanadi. Hindiston inglizlaming agrar xom 
ashyo bazasiga, o‘z sanoati mollarini sotish bozoriga aylanadi. Angliya 
mamlakatning tabiiy boyliklari va tasbqi savdosini qo‘lga olib, Hindis­
tonning texnik qoloqligini umrboqiy qilishga intildi. Arzon ingliz molla- 
rining sotilishi hind hunarmandchiligini inqirozga uciiratib, shaharlam- 
ing mavqeyini pasaytiradi. Mustamlakachilar muntazam yer solig‘ini 
joriy etib, minglab gektar yerlami oziq mahsulotlari yetishtirishdan 
texnik o‘siinliklarga - shakarqamish, bovliq (poyasidan tola olinadigan 
o‘simlik) ekishga o‘tkazdilar. Natijada Hindistonda millionlab kishilar 
ocharchilik qurboni bo‘la boshladilar.
Ingliz mustamlaka ma’muriyati Hindiston ustidan o‘z hukmron- 
ligini umrboqiy qilish maqsadida unda yashayotgan xalqlami bir-biri- 
ga yaqinlashtirmaslik siyosatini olib borganlar. Xususan, ingliz-hind
149


qo‘shiniga aksari sikxlar va gurkxlarning jalb etilishi ham shu siyosat 
tufayli edi. Shu sabablarga kcrra kasta tizimi mustahkamlangan, diniy 
jamoalar orasida mojarolar kuchaytirilgan, ko‘p sonli mayda qabila 
guruhlari tarqoqligini saqlashga intilganlar. Ulaming yerlarini ingliz 
ma’muriyati qoilashida feodallar, boylar muhim o‘rin egallaganlar. 
Britaniya mustamlakachiligi yakuni o‘ziga xos mashhur: inglizlar 
ketganidan so‘ng mamlakat ikkiga b o iinib - Hindiston hinduiylari 
va Pokiston musulmon jamoalari orasida qonli to‘qnashuvlar, urush- 
lar hozirgacha davom etmoqda.
Angliyaning Janubiy Osiyo xalqlariga madaniy ta’siri cheklan- 
gan va ziddiyatli tusda Britaniya hukmronligi hind madaniyatining 
taraqqiyotiga to‘siq b o iib , qator masalalarda uning yutuqlarining 
yo‘qolishiga sababchi b oidi. Hindistonni inglizlar istilo qilishlari ara- 
fasida u bu borada Yevropadan deyarli ortda emasdi. Mamlakatning 
mustamlaka etilishi savodxonlikni pasaytirib, hind jamiyatida mavjud 
qoloqlik unsurlarining saqlanishiga, maorifning mustamlakachilar 
manfaatlariga xizmat qilishiga va hokazo salbiy jihatlarga olib keldi. 
Ko‘plab milliy madaniyat yodgorliklari barbod qilindi. Osori atiqa- 
lar talanib metropoliyaga olib chiqib ketildi. Ijobiy jihatlariga kel- 
sak, inglizlar Hindistonning tabiiy boyliklarini qayta ishlash sanoati 
barpo etdilar. Tibbiyot xizmati, maorif tizimi ingliz tajribalariga su- 
yanib maktab ta’limi, kollejlar va universitetlar tarzida rivojlantirildi. 
Ingliz till Hindistonda milllatlararo muloqot tili, ikkinchi davlat tiliga 
aylandi.
Janubiy Osiyo uchun yevropalashish jarayoni xususiyatli b oiib, 
u hind jamiyatining eng muqaddas narsasi - oilaga ta’siri ayniqsa 
aholining o‘rta va yuqori toifalarida sezilmoqda. Er va xotinlar bir- 
birlariga ismlarini aytib murojaat qila boshladilar.
Erlar ayollarini begona erkaklar oldiga olib chiqishi, er-xotin yev- 
ropacha birgalashib, to‘ylar va boshqa tadbirlarga borishlari, qizlarga 
turmush o‘rtog‘ini tanlash imkoniyatining berilishi va hokazolar hind 
jamiyatidagi so‘nggi o‘zgarishlardir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin