Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Hinduiylik - mutlaqlikka sayohat



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Hinduiylik - mutlaqlikka sayohat. 
Mahatma Gandi: «Hindu- 
iylik - bu haqiqat ortidan tinimsiz quvish» degan edi. Hindistonda 
hinduiylik asosiy diniy-axloqiy tizimga aylandi. Bu brahmanlik yoki 
veda dinining yangi ko‘rinishi edi. Vedalar oriylaming adabiy ijod- 
lari b o iib , ular hind yerlariga mil. avv. XIV-XII asrlarda kirib kel­
gan. Veda dini haqida tasavvumi «Rigveda»dagi mingta madhiyalar 
beradi. Veda dinidan farqliroq hinduiylik qonli qurbonliklami talab 
etmaydi, hatto taqiqlaydi ham (masalan, sigirlami so‘yishning ta- 
qiqlanishi barchaga m aium ).
Hinduiylikka kirgan ayrim animistik tasaw urlar qadimgi dra- 
vid asosiga ega. Ularga daraxt, tog‘, suv havzalariga, hayvonlarga 
(ilonga topinish, sigirlarga, maymunlarga, fillarga ehtirom) e ’tiqodni 
ko‘rsatish mumkin. Hinduiylikka dravidlaming yozning kirishi bi­
lan b o g iiq udumi osongina kiritilgan. Unda ulkan teatrlashtirilgan 
tomosha taklif etilib, barcha rollami marosim niqoblarini kiygan 
erkaklar o‘ynaydi. Hinduiylikdan iloha - ona siymosiga e’tiqod ham 
o‘rin olgan.
141


Hinduiylik uchun oliy yaratuvchi iloh g‘oyasi ham xususiyatli 
bo‘lib, u xilma-xil tarzda namoyon boiadi. Hinduiylikning ko‘plab 
a’zolari uchun bu xildagi oliy iloh - Vishnu - haqiqat, ezgulik va qo- 
nun ilohidir. Vishnu - hayvonlar: to‘ng‘iz, baliq, toshbaqa yoki inson 
(odatda qora tanli shoh va cho‘pon Krishna) siymolarida namoyon 
boiadi. Vishnu Rama va Buddada namoyon boiishini tan olish bud- 
daviylikning assimilatsiyalashuviga turtki berdi. Odatda, Vishnuni 
shoh tojini kiygan ilonni ustida yastanib yotgan holda tasvirlashadi.
Hinduiylaming yana bir qismi Shivani oliy iloh hisoblashadi. Shi­
va yaratuvchilik va vayronagarchilik ilohi. Odatda bosh suyaklarini 
ilib olgan yoki raqsga tushayotgan holda tasvirlanadi. Shivani aksari 
muqaddas buqa kuzatib yuradi.
Hinduiylik ibodati panteonida 13 ta asosiy va 12 ta ikkinchi darajali 
akxar - ko‘p minglik birodarlik guruhlari mavjud. Akxarlar Shiva va 
Vishnaga e’tiqod qiluvchilarga boiinadi. Vishnuitlar, o‘z navbatida, 
ramaitlar va krishnaitlarga boiinishadi. Akxar yoiboshchilari odatda 
xalq oldiga boy bezatilgan filda, otda yoki yelkada ko‘tarib yuriladi- 
gan maxsus moslamada chiqadilar. Hinduiylikda ibodatxonalarda 
e’tiqod yiginlari o‘tkaziladi. Bayram marosimlarining muhim qis- 
mini tantanali yurish va oldinda xudoning haykalini, tasvirini ko‘tarib 
olish tashkil etadi. Qonli qurbonliklar asta-sekin taomildan chiqdi. 
Uning o‘miga ilohning rasmi ustiga guldan chambar ilish, turli iforli 
shamlami yondirish, yoritgichlar va boshqalar namoyish qilish urf hi- 
soblanadi. Bu udumlar aksari raqslar, musiqa, dostonlardan qo‘shiqlar 
ijro etish bilan kuzatib boriladi. Ibodatxonalarda kohinlardan tashqari 
raqqosa va musiqachilar ham yashaydilar.
Hinduiylikning asosiy mafkurasi dxarma g‘oyasida yorqin na­
moyon boiadi. Dxarma - har bir insonning jinsi, yoshi, eng asosiysi 
tugilgandan qaysi kastaga mansubligiga qarab berilgan huquq va maj- 
buriyatlari vigindisidir. Hinduiylikning muhim qoidalari karma (faoli- 
yat, harakat)da mujassamlashgan. Agar sen kamsitilgan, kambag‘al, 
xo‘rlangan boisang, demak, bunga sening karmang sababchi. De- 
mak, sen aw algi hayotingda o‘zingni yomon tutgansan, ilohlami 
e’zozlamagansan, keksalami hurmat qilmagansan va hokazolar.
142


Hinduiylik diniy ta’limotida reinkarnatsiya - qaytadan tirilish, 
ya’ni o‘limdan so‘ng insonning ruhi o‘zga moddiy tanaga o‘tishiga 
ishonch katta o‘rin tutadi. Uning qanday jonlanishi insonning bu dun- 
yodagi faoliyati, kasta qoidalariga rioya qilganligi va hokazolar aso­
sida bo‘ladi.
Hinduiyning bosh hayotiy maqsadi - makshi, ya’ni qayta jonlan- 
ish zanjiridan xalos bo‘lib, Oliy Ruh bilan qo‘shilishib ketishdir. Bun- 
ga erishish uchun inson ko‘p kuch sarflashi, ma’lum harakatlar qili- 
shi, kamsuqum, kamtarin bo‘lishi, qurbonliklar va homiyliklar qilishi 
lozim. Bu borada eng keng tarqalgan xizmat ko‘rsatish usuli ziyor- 
atlardir. Har yili muqaddas joylarga ziyoratga otlangan hindlaming 
aniq sonini hech kim hisoblay olmaydi. Tadqiqotchilar ziyoratchilami 
30-80 mln. atrofida deb aytishadi.
Dxarmadan tashqari, insonning hayoti maqsadlari qatorida artxa 
va kamalar ham bor. Artxaning mo‘ljali bo‘yicha inson o‘zi, o‘z oila- 
sini moddiy jihatdan ta’minlashi, davlat qonunlariga bo‘ysunishi, 
dunyoviy vazifalami bajarishi lozim. Kama - his-tuyg‘ularidagi 
zavq-havasni qondirish, keng ma’noda adabiyotdan, san’atdan, 
insonlar bilan muloqotdan zavq-rohat olishi tavsiya qilinadi.
Ijtimoiy munosabatlar masalasida hinduiylik: insonlar orasida mu- 
loqotlar, ular mansub bo‘lgan ijtimoiy doira bilan cheklangan. Turli 
kastalar orasida faqat nikoh emas, hatto birgalikda taom iste’mol qi­
lish ham taqiqlanishi, kasta bo‘yicha kasbni o‘zgartirishning mumkin 
emasligi va hokazolar belgilangan. Yosh bolalar orasida nikoh keng 
tarqalgan. Bevalaming qayta turmushga chiqishi yoqlanmagan. Beva- 
larga eng yaxshi narsa sati - o‘zini olovga tashlashi hisoblangan.
Hinduiylik tarafdorlari muqaddas hayvonlarga: sigirlar, buqalar, 
zebu, maymunlarga sig‘inganlar. Hindiston shaharlari ko‘chalarida 
yuz minglab sigirlar hech qanday nazoratsiz daydib yuradi. Sigimi 
o‘ldirish yoki uning go‘shtini iste’mol qilish katta gunoh sanaladi. 
Oliy kastalarga vegetarianlik (go‘shtsiz taom iste’mol qilish) tavsiya 
qilingan. Ko‘p joylarda kobralarga sig‘inilib, ular koinotning tayan- 
chi degan tasavvurlar mavjud.
143


Hind qishlog'ini pandita - hikoyachisiz tasaw ur qilish mushkul, 
odatda, bu vazifani mahalliy brahman bajaradi. U kuniga buloq boshi- 
da ikki marta tahorat, uch marta ibodat qilib. bo‘sh vaqtlarini kitob 
mutolaa qilish bilan o‘tkazadi. Dehqonlarning brahman bilan suhbati 
odatda uning uyi yaqinida, kundalik yumushlar bajarib bo‘linganidan 
so‘ng kechqurun o ‘tkaziladi. Tinglovchilar huzuriga chiqishdan avval 
brahman peshonasiga muqaddas kul sepib, uzun sharfga o‘raladi. Pan­
dit «Ramayananing barcha 24 ming misrasini», «Mahabharata»ning 
100 ming misrasi va «Bxagavadgita»ning 18 ming qator baytini yod- 
dan bilishi talab etilgan.
Hindlarda Gang daryosi muqaddas sanaladi. Hindistonda ushbu 
daryoni Ganga deyishib, bu qadimgi Ona iloh kulti bilan bogiiq. Biz- 
ning kunlarimizda ham Ganganing sohiliga yuz minglab kishi Kumbxa 
mela suvlarida tozalanish uchun keladi. Ziyoratchilar faqat o‘zlarining 
gunohlaridan kechishni so‘rab kelmaydi, balki o‘tgan 80 avlodlarini 
turli mavjudotlar qiyofasida, keyingi qayta tug‘ilishlardan xalos etadi. 
Tahorat tuvJi shaharlarda am alga oshirilsa-da, eng muqaddas shahar 
shuhratim Uttar Pradesh shtatidagi Ollohobod shahri egallagan. Sababi 
u hinduiylar yuksak qadrlaydigan Ganga va Jamna daryolari qo‘shilgan 
yerda. joylashgan. Bizning kunlarimizda Kumbxa mela ulkan shou 
saxgari qabul qilinib, Hindistondan boshqa mamlakatlarga ham tele- 
v ’ldeniye orqali namoyish qilinmoqda. Zamonaviy Kumbxa mela siyo­
siy kurash maydoniga ham aylangan. Xususan, 1967-yili Ollohobod 
Kumbxa melasida yangi jamoatchilik tashkiloti - «Vishva hindu pari- 
shad» (Hinduiylaming butunjahon kengashi) tuzilgan. «Vishva hindu 
parishad» 1989-yili «Xudo Ramaning tug‘ilgan joyini» - Ayodxya 
shahridagi Bobur masjidi o‘mini qaytarib olish haqida qaror qabul qila­
di. 1992-yil 6-dekabrda bu qaror amalga oshiriladi. Masjidning buz- 
ilishi musulmon va hinduiylaming og‘ir qarama-qarshiligini vujudga 
keltirdi. Asli italiyalik va katolik diniga mansub, Hindiston Milliy Kon- 
gressi partiyasi yetakchisi, Rajiv Gandining bevasi, Indira Gandining 
kelini Sonya Gandi 2002-yili Kumbxa mela bayramiga tashrif buyuri- 
shi uning siyosiy tus olganiga bir misoldir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin