0 ‘zbekistonda 2001-yili zardushtiylikning muqaddas kito-
bi «Avesto»ning 2700 yillik yubileyi nishonlandi. Otashparastlik
an’analari ba’zi 0 ‘rta Osiyo xalqlarida hali
hanuz saqlanib kelmoq-
da. Bu, eng avvalo, olovga ehtirom, nikoh va dafn marosimlari bilan
bog‘liq udumlardir.
Buddaviylikning aholiga ta’siri nisbatan kam bo‘lgan. Kushon
podsholigi davrida, mil.avv. IV asrga qadar davlat dini b o ig an bud-
daviylik ibodatxonalari qoldiqlari 0 ‘zbekiston va Tojikistonning ja-
nubida arxeologlar tomonidan qazib o‘rganilgan.
Turkiy xalqlaming Ko‘k Tangriga e ’tiqodi mil.avv. I mingyillikka
borib taqaladi. Ushbu diniy ta’limot so‘nggi yillarda tangrianlik deb
nomlanmoqda. Ushbu dinni qam yoki shomonlik ham deyishadi.
Milodiy VII asr oxiri - VIII asr boshlaridan o‘lkaning Arab xali-
faligi tomonidan istilo qilinishi islom dinining yoyilishiga olib keldi.
Islom dini bilan birlikda arab yozuvi va tili maorif, fan,
boshqaruv
muassasalari tomonidan qabul qilinib, XX asming boshlariga qadar
o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Islom dini Yevrosiyoning ushbu qismi aholisi turmush tarzining
asosiy mezoniga aylanadi. Bu, eng avvalo, vohalaming o‘troq aholisi
va shaharlar aholisiga taalluqlidir. Chorvadorlar ichida islom mahalliy
diniy tasavvurlar afsungarlik,
shomonlik, ajdodlar ruhlariga e’tiqod
bilan qorishib ketgan, udum-marosimlarda o‘z aksini topgan.
Madaniy meros.
Zamonaviy industrial bosqichga 0 ‘rta Osiyo
va Qozog‘iston xalqlari boy madaniy merosga ega bo‘lgan holda kir-
dilar. Aynan m a’naviy madaniyatda etnik xususiyatlar va an’analar
yorqinroq namoyon bo‘ladi. Lekin bu sohada ham umumiy manba
va an’analar aniq seziladi. 0 ‘zbeklaming «Alpomish» dostoni qo-
zoq va qoraqalpoqlarga yaxshi ma’lum. Turkman hamda tojiklarda
«Go‘ro‘g‘li» dostoni tarannum etilsa, uni boshqa qo‘shni
xalqlar bax-
shilari ham sevib kuylashadi.
0 ‘rta Osiyo xalqlarining avloddan avlodga o‘tib kelayotgan
madaniy an’analari haqida qadimgi qahramonlik dostonlari syujetlari
128
guvohlik qiladi. Bu 0 ‘rta Osiyo xalqlari etnogenezining umumiyligi,
kelib chiqishi birligini ham tasdiqlaydi. Qolaversa, bu zamonaviy
xalqlaming ushbu hududda shakllanganini hamda o‘lkadagi
qadimgi
etnoslami o‘z tarkibida singdirganini ko‘rsatadi. Mahalliy madaniy
an’analaming qadimiyligiga qozoqlaming «Botir Boyon» dostoni va
qirg‘izlarning «Manas» dostonlari ham guvohlik beradi.
Madaniy yaqinlik faqat dostonlarda emas, me’morchilik obi-
dalarida ham kuzatiladi. Bugungi kunda Samarqand, Marv, Ko‘hna
Urganch, Xiva, Buxoro, Turkiston shaharlaridagi
madaniy obidalar
dunyoga tanish, ulami tomosha qilishga keluvchi xorijiy havasmand-
lar soni kundan kunga oshib bormoqda.
Turkman gilamlari, Buxoro va Samarqand zeb-ziynatlari,
zardo‘zlik buyumlari, qozoq va qirg‘izlaming naqshli kigizlari, tojik-
lar sopol buyumlari, yog'och o‘ymakorligi, kitob miniaturasi dunyo
madaniyati xazinasini boyitib kelmoqda.
0 ‘rta Osiyo ilm-fani o‘rta asrlarda
dunyo sivilizatsiyasiga Abu
Ali ibn Sino (980-1037), Muhammad al-Xorazmiy (783-850), Umar
Xayyom (1048-1131), Firdavsiy (934-1020), Maxtumquli (1733—
1791) kabi buyuk siymolami taqdim etdi.
Yangi davrda ham 0 ‘rta Osiyoda buyuk yozuvchilar, shoirlar,
ma’rifatparvarlar va olimlar yashab o‘tgan. Qozoq etnologi va yo-
zuvchisi U.Valixonov, tarixchi, ma’rifatsevar A.Donish (1826-1897),
1 shoir Furqat (1859-1909), Muqimiy (1850-1903), S.Ayniy (1878—
1954), qoraqalpoq shoiri Berdaq (1827-1900), turkman shoiri Ka-
mina (1770-1840), Mullonafas (1810-1862), qirg‘iz shoiri To‘xtagul
! (1864-1933), qozoq yozuvchisi Oltinsarin (1841-1889), Abay
Qo‘nanboyev (1845-1904)lar ajoyib asarlar yaratganlar.
Mustaqillik yillarida O 'rta Osiyo va Qozog‘iston
xalqlari yangi
bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlatlar tuzish yoTidan
bomioqdalar.
129