egalari bo‘lsa, qishloqlarda ma’lum urug‘ vakillari bo‘lishgan. XIX asr
oxiri - XX asr boshlarida mahalla qo‘shnichilik jamoasi sifatida: jamoa
ishlari, suv taqsimoti tashkilotchisi va nazoratchisi bo'lgan. Qishloq,
qo‘rg‘onlaming kengayishi aholi sonining ko‘payib borishi bilan izoh-
lanadi. Ulaming atroflari o‘zlashtirilib, yangi turar joylar quriladi. Yangi
kanal, ariqlar bunyod etilib, yangidan yangi mahallalar tashkil qilinadi.
Bugungi kunda Farg‘ona
vodiysida, xususan, Namangan viloyatining
Olmos, Varduk qishloqlarida 18-20 mingdan ortiq aholi yashaydi.
0 ‘rta Osiyo vohalarining mehnatkash aholisi har qanday vaziyat-
dan chiqish yo‘lini topishga intiladi. Farg‘ona vodiysida aholi kichik
korxonalar, artellar tuzib kiyim-kechak, paypoq, Rishton singari so-
pol idishlar,
laganlar, choynak-piyolalar ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘ymoqdalar. Kichik biznes va tadbirkorlik hozirda 70 % mehnatda
bandlikni ta’minlamoqda. So‘nggi yillarda 0 ‘zbekistonda bog‘lar
yaratish, meva va sabzavotlami qayta ishlash, mahsulotlami xorijga
chiqarishga katta e ’tibor qaratilmoqda.
Tog‘larda qishloqlar nisbatan yirik bo‘lmasa-da, ularda ham bir
necha ming aholi istiqomat qiladi. Tog‘li qishloqlarda yer yetishmas-
ligi ayniqsa seziladi. Bizning kunlarimizda tog‘li vohalarda bo‘sh
yeming o‘zi qolmaganidan aholi vohalarga ko‘chib tushishga majbur
bo‘lmoqda. Tog‘liklar shaharlarga ham kelmoqdalar.
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonning cho‘l-dasht zonalarida ilgari doi-
miy turar joylar bo‘lmagan. Lekin har yili bir yo‘ldan o‘tilishi ushbu
yo‘nalishlar bo‘yicha asta-sekinunchalik katta bo‘lmagan qo‘rg‘onlar
paydo bo‘lgan. Ulaming dastlabkilari XX asming 50-yillarida vujud
ga kelgan. Qishlovlar quduqlar tevaragida paydo bo‘lgan. Sovet ho-
kimiyati davrida chorvachilik rayonlaridan chiqqan migrantlar aksari
shaharlarda j oy lashgan.
0 ‘rta Osiyoda uy-joylaming ikki turi: o‘troq
dehqonlarda loy-
dan uy-joylar, ko‘chma chorvadorlarda - kigiz yopiladigan yig‘ma
o‘tovlar tarqalgan.
Qishloqlarda uylar xom g‘isht, guvala va paxsadan tiklangan.
Tog‘li tumanlarda uy laming devorini qurish uchun toshdan ham
125
foydalanilgan. Ayrim viloyatlarda, xususan, Farg‘ona vodiysida
yog'ochlardan
sinchli uylar qurilib, bu xildagi turar joylar zilzilaga
chidamli bo‘ladi.
Uy-joylarning tarhi (rejasi) so‘nggi bir asrda katta o‘zgarishlarga
uchradi. Agar XX asming boshlarida ham uylar bir xona, oshxona va
ayvondan iborat bo4 Isa, bundan 60-70 yillar avval uylaming hajmi,
xonalari ko'payib bordi. Deyarli barcha uylarda alohida mehmonx-
ona qurila boshlandi. Ilgari mehmonxonalar shaharliklarda,
qishloq
boylarida boigan, xolos. Bizning kunlarimizda o‘lkadagi qishloq uy
lari 3-4 xonali qilib: yotoqxona, mehmonxona, qishki oshxona, ay
rim oilalarda bolalar xonasi qurilmoqda. Uyning oldida ayvon quri
lib, oynavand bu xonada oila yozning iliq kunlarini o‘tkazadi. Uy yu-
mushlarini ko'pincha ayvonda bajarishadi. Shahar uylari qishloqniki-
dan, hajmining kattaligi va ichki-tashqi dekor (bezaklari)ning boyligi
bilan farqlanadi. Xususan, Tojikiston shimolida uylar naqshlar, ganch
o'ymakorligi elementlari bilan bezatiladi. Boy oilalarda uy ichkari va
tashqariga boiinadi. Uy-joylar shahar va vohadagi qishloqlarda ba
land de,\ or bilan o‘rab olingan. XXI asming boshlaridan Toshkentda
hovlilar qurilishidagi transformatsion
jarayonlar kuchayib hovliga
kirish yevropacha, hovli atrofi baland devorlarsiz, cho‘yandan yasal-
gan panjaralar bilan o‘ralmoqda.
Hozirda faqat cho‘ponlar qo'llaydigan o‘tovlar mo‘g‘ul va turk-
cha ko‘chma uylardan iborat. Bu borada turkmanlar o'tovlari gilam-
lar (unin% ko‘rinishi yumaloq) va bezaklarining boyligi bilan ajralib
turadi.
Dostları ilə paylaş: