TURSUNOV JAVOHIRBEK
TOVUSH VA FONEMA
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi.
Bu farqlanish fan uchun
juda muhim bo‘lgan
xususiylik va
umumiylik munosabatini aks ettiradi. Biz bevosita kuzatishda
xususiyliklarni sezgi a’zolarimiz bilan his etamiz. Bir xususiylikni boshqa xususiylikka solishtiramiz.
Solishtirilayotgan xususiyliklar o‘rtasida qanday o‘xshash va farqli tomonlar mavjud ekanligini aniqlaymiz.
O‘xshash jihatlari asosida har qaysi xususiylikni ma’lum umumiylikka — sinfga birlashtiramiz.
Masalan, sumkani olaylik. Sinfingizda nechta o‘quvchi bo‘lsa, o‘shancha sumka bor.
Bu sumkalar rangi,
hajmi yoki materiali, yoxud shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Sinfingizda nechta sumkani ko‘rsangiz,
shuncha xususiyliklarni ko‘rgan bo‘lasiz. Lekin shu xususiyliklarning hammasida takrorlanadigan umumiy
belgi bor. Bu belgi sumkalik belgisidir. Ya’ni o‘quv qurollari solish uchun mo‘ljallangan, ko‘tarib yuriladigan,
charm va boshqa har xil materiallardan tikilgan anjom. Ana shu belgilar xilma-xil sumkalarni bir sinfga,
bir umumiylikka birlashtirishga asos bo‘ladi.Xuddi
shuningdek, biz nutqiy jarayonda bevosita tovushlarni
eshitamiz. Masalan,
i tovushini olaylik. U, avvalo, har bir shaxsning o‘ziga xos talaffuzini o‘zida
namoyon qiladi.
Shu bilan birga, so‘zlarning tarkibida yondosh tovushlar ta’siriga beriladi.
Masalan,
tushib so‘zining ikkinchi bo‘g‘inidagi
i birinchi bo‘gindagi
u ning ta’sirida
u tovushiga yaqin
talaffuz qilinadi.
Bilan, tilim, sira so‘zlari tarkibida bilinar-bilinmas aytiladi.
Qiliq, qiziq kabi so‘zlar
tarkibida til orqa tovush ta’sirida
u ga yaqin talaffuz etiladi.
Bundan tashqari, unga so‘zlovchining qaysi
shevaga mansublik belgisi qo‘shiladi. Xullas, nutq jarayonida xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar bor. U ham bo‘lsa,
Dostları ilə paylaş: