Orienterlash – chiziqlarni meridianlarga nisbatan yo‘nalishini (o‘rnini) belgilash bo‘lib, azimut, direksion va rumb burchaklar yordamida topiladi.
Azimut burchak (A)– soat millari bo‘ylab shimolga yo‘nalgan meredian tekisligidan vertikal tekislikdagi berilgan nuqtadagi chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan gorizontal burchakdir. Azimut qiymati 00 dan 3600 gacha o‘zgaradi. Geografik meridianga nisbatan o‘lchangan azimut – geografik Agva magnit meridianidan o‘lchangan azimut – magnit Am azimutlari hisoblanadi. Geodezik amaliyotda magnit azimutidan foydalaniladi. Uning miqdori magnit yo‘nalishi bo‘yicha kompas yoki bussolda o‘lchanadi.
Geografik azimut bilan magnit azimuti o‘zaro quyidagi ifoda bilan bog‘langan
Ag=Am+δ bu yerda, δ – magnit og‘ish burchagi.
Direksion burchak α – topografik xaritada shimolga yo‘nalgan o‘q meridiandan yoki unga paralell bo‘lgan chiziqdan soat millari bo‘ylab berilgan chiziqqacha o‘lchangan gorizontal burchakka direksion burchak deyiladi. Direksion burchak 00 dan 3600 gacha o‘zgaradi. Direksion burchak to‘g‘ri va teskari bo‘lishi mumkin va ular o‘zoro quyidagi munosabatga ega:
αto‘g‘=αtes+180
1-rasm. 1:10000 masshtabli xarita varag‘i
Xaritada shimol va janubdagi bir xil miqdordagi uzunlikni (misol 180 021) birlashtirsak geografik meridian xosil etamiz (rasmda o‘rtadagi qalin qora chiziq) va unda AV chizig‘ining azimuti Aab miqdorni ko‘rsatadi (4.8-rasm).
Rumb burchagi r– o‘tkir burchak bo‘lib eng yaqin shimoliy yoki janubiy qutbdagi meridiandan o‘lchanadigan o‘tkir burchak qiymatidir. Rumb 900 oshmaydi. Rumblarni belgilashda gradus miqdorining oldiga unga mos bo‘lgan chorak ham ko‘rsatiladi (4.9-rasm). Misol uchun r1=ShShq 420 371, r4=ShG‘a 370 481 va h.