2-rasm. Rumb va azimut. Raqamlar bilan chiziq yo‘nalishlari va oralig‘ida bog‘lanish burchaklari
Azimutlar rumblar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir – biriga o‘tishda tenglamalardan foydalaniladi.
Yer yuzasidagi nuqtada geografik meridian bilan magnit millari yo‘nalishlari orasidagi gorizontal burchak δ – magnit og‘ish burchagi deyiladi. Agar magnit burchagi sharqiy bo‘lsa, ishorasi musbat va g‘arbiyda manfiy bo‘ladi. Yer yuzasining turli yerlarida uning miqdori turli qiymatga ega.
Meridianlar yaqinlashish burchagi γ – nuqtadan o‘tgan meridian va chiziqlar orasidagi, absissa yoki o‘q meridianiga parallel bo‘lgan burchakka aytiladi. Ekvatorda meridianlar yaqinlashish burchagi 0 ga teng bo‘lib, qutblarga qarab oshib boradi.
Geodezik hisoblash ishlarida orienterlash burchaklarini o‘zaro bog‘lanishlarini bilish talab etiladi. Bu bog‘lanishlar meridianlarning bir biriga nisbatan joylanishi va magnit og‘ish miqdori hamda meridianlar yaqinlashuviga bog‘liq va tenglamalari quyidagi ko‘rinishga ega:
A=α–γ; α=Am+δ+γ; Am=A–δ; α=A+γ 5 Biror nuqta boshlang‘ich deb qabulqilingan nuqtaga nisbatan joylashgan o‘rnini ifodalovchi miqdorlarga shu nuqtaning koordinatalari deyiladi.
Geodezik koordinata sistemasi. Bu koordinata sistemasida nuqta koordinatasi yer ellipsoidining ekvator tekisligi bilan boshlang‘ich deb qabulqilingan Grinvich meridian tekisligiga nisbatan aniqlanadi. Ekvator tekisligi deb ellipsoid markazi O dan uning aylanish o‘qi ga perpendekulyar o‘tgan tekislikka aytiladi. Koordinatasi aniqlanayotgan nuqtadan o‘tgan normal chiziqda yotuvchi va ellipsiod kichik o‘qi b ga parallel o‘tgan tekislikka shu nuqtaning geodezikmeridian tekisligi deyiladi. London shahri yaqinida joylashgan Grinvich abservatoriyasi markazidan o‘tuvchi meridian tekisligi boshlang‘ich meridian tekisligi deb qabulqilingan. Meridian tekisligi ellipsoid sathini kesishi natijasida hosil bo‘lgan chiziqqa meridian chizig‘i deyiladi. Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning kichik o‘qiga perpendikular o‘tkazilgan tekislikka parallel tekisligi deyiladi. Bu tekislikni ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziqparallel deb ataladi. Ekvator tekisligini ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziqqa ekvator chizig‘i deyiladi.
Yer yuzasida berilgan M nuqtaning geodezik koordinatalari ellipsoid sathiga nisbatan uchta kattalik bilan beriladi: B – geodezik kenglik, L –geodezik uzoqlik, H – geodezik balandlik.
Koordinatasi aniqlanayotgan M nuqtadan ellipsoid sathiga tushirilgan Mm normal bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo‘lgan V burchakka nuqtaning geodezik kengligi deyiladi. Kenglik ekvator tekisligidan shimol va janub tomonga 00 dan 900 gacha o‘lchanadi. Nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa shimoliy kenglik, janub tomonda bo‘lsa janubiy kenglik deb ataladi. Shimoliy kenglik musbat (+) janubiy kenglik (-) bo‘ladi. Kengligi aniqlanayotgan nuqta ekvator tekisligiga nisbatan joylanishiga qarab kenglik qiymatiga shimoliy yoki janubiy deb aytiladi.
Koordinatasi aniqlanayotgan M nuqtadan o‘tgan meridian tekisligi bilan boshlang‘ich meridian tekisliklari orasidagi ikki yohli burchakka nuqtaning geodezik uzoqligi deyiladi. Geodezik uzoqlik boshlang‘ich meridian tekisligidan boshlab, g‘arbga va sharqha tomon 00 dan 1800 gacha o‘lchanadi. Nuqta Grinvich meridianidan g‘arbda joylashgan bo‘lsa, uning uzoqligi g‘arbiy (+) musbat, sharqda bo‘lsa sharqiy (-) manfiy bo‘ladi. Uzoqligi aniqlanayotgan nuqta Grinvich meridian tekisligiga nisbatan joylanishiga qarab uzoqlik sharqiy yoki g‘arbiy deb aytiladi.
MDH davlatlari ekvatordan shimolda va Grinvich meridianidan sharqda joylashgan bo‘lganligi uchun bu hududdagi nuqtaning geodezik kengligi oldiga musbat (+) ishora va geodezik uzoqlik oldiga manfiy (-) ishora qo‘yilmaydi.
Yerning fizik sathida berilgan nuqtadan o‘tgan normal chiziq bo‘yicha nuqtadan uni ellipsoid sathidagi proyeksiyasigacha bo‘lgan masofaga nuqtaning H- geodezik balandligi deyiladi. Bu koordinata sistemasining afzalligi shundan iboratki, butun Yer yuzasi uchun yagona sistemada geodezik o‘lchovlarga ishlov berish imkoniyatini beradi.
Astronomik koordinata sistemasida nuqtaning holati geoid sathiga nisbatan aniqlanadi. Barcha geodezik koordinata tariflarida normal chiziq shovun chizig‘i bilan almashtiriladi. Astronomik kenglik - astronomik uzoqlik bilanbelgilanadi.
Astronomik va geodezik koordinata sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bu koordinata sistemalari orasidagi farqni oliy geodeziya fanida alohida o‘rganiladi.