Tursunpoʻlatov Joʻrabek ymaq-7 Amaliy ish mashg`ulot savollari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə7/8
tarix02.08.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8
Tursunpoʻlatov Joʻrabek

Relef Rasmllari. Yer sirtining har xil notekisliklaridan relefning asosiy oltita Rasmllarini ajratish mumkin. Bularga: Tog‘ (tepa), tizma tog‘, egarsimon joy (bel), yonbag‘ir, chuqurlik va soylarni kiritish mumkin.
1.Tog‘ (tepa) — yer sirtidagi ko‘tarilgan gumbazsimon joy bo‘lib, uning eng baland nuqtasi cho‘qqi, yon tomonlari qiyalik (yon bag‘ir, nishab), atrof bilan tutashgan chizig‘i — tog‘ etagi deyiladi.
2. Tizma tog‘ — bir yo‘nalishda cho‘zilib ko‘tarilgan yoki pasaygan joy bo‘lib, ikki yon tomoni tikroq pasayadi. Tizma tog‘ning eng baland nuqtalaridan (joylaridan) o‘tgan chiziqqa suv ayrig‘ich chiziq deyiladi.
3. Egarsimon joy (bel) — ikki tog‘ yoki tepaning yonma-yon qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Egarsimon joyning ikki tomonidan qarama-qarshi yo‘nalishda soy boshlanadi. Ko‘pincha bir soydan ikkinchisiga o‘tgan so‘qmoq yo‘l egarsimon joy orqali orqa tomondagi soy yo‘liga tutashadi, egarsimon joydagi bu yo‘l dovon deyiladi.
4. Yonbag‘r – tizma tog‘ yoki tepalik yonbag‘ri bo‘ylab qiyalab ketgan tekislik ko‘rinishidagi joy.
5. Chuqurlik (qozonsoy) – tog‘ning aksi bo‘lib, har tomondan o‘ralgan pastlik joy; eng chuqur joyiga – tub deb, yon tomonlari qiyalik, qiyaliklarning atrof bilan uchrashgan chizig‘i – chuqurlik chekkasi deyiladi.
6. Soy – bir yo‘nalishda ko‘tarilgan tizma tog‘ning aksi bo‘lib, bir nuqtadan uchi tomon ko‘tariladi yoki bir uchi ochiq yo‘nalish bo‘yicha asta pasayadi, keyin ikki yoni tikroq ko‘tariladi.
Soyning eng past joylaridan o‘tgan chiziq suv yig‘uvchi chiziq deyiladi, bu chiziq bo‘yicha yog‘in suvlari oqadi. Agar soy keng bo‘lsa va uzoqqa cho‘zilsa, vodiy deyiladi.
Daryolar vodiyning suv yig‘uvchi chizig‘i bo‘yicha oqadi, agar soyda suv yig‘uvchi chiziq nishabligi katta va tuproq yumshoq bo‘lsa, sel oqimlari orqali yuvilib, o‘piriladi, keyin bu yerda jarlik hosil bo‘ladi.
Relefni aniq tasvirlash faqat gorizontallar usulida ta’minlanadi va u eng asosiy hisoblanadi. Gorizontallarni xaritadagi tasviri joy relefini– tavsiflaydi. Gorizontallar bilan tasvirlangan joy relefi eng aniq bo‘lib, bunday xaritalardan har xil loyihalash va injenerlik masalalarini yechishda foydalaniladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin