Tursunpoʻlatov Joʻrabek ymaq-7 Amaliy ish mashg`ulot savollari


To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasida



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə5/8
tarix02.08.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8
Tursunpoʻlatov Joʻrabek

To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtaning holati o‘zaro perpendekulyar ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. O‘zaro perpendekulyar ikki chiziqqa koordinata o‘qlari, ularning kesishgan nuqtasiga O-koordinata boshi deyiladi. Matematikada bu koordinata sistemasiga Dekart koordinata sistemasi deyiladi. Vertikal chiziq – ordinata (Y), gorizontal chiziq- absissa (X) o‘qi deyiladi. Geodeziyada vertikal chiziq - absissa (X), gorizontal chiziq – ordinata (Y) deb ataladi. Chunki geodeziyada asosiy yo‘nalish deb meridian chizig‘i olingan, u to‘g‘ri burchakli koordinataning vertikal chizig‘iga to‘g‘ri keladi.
Bu koordinata sistemasi yer sferik ekanligi inobatga olinmasdan, yassi deb olinganda qo‘llaniladi. Koordinata o‘qlari tekislikni to‘rtta chorakka bo‘ladi, choraklar soat strelkasi yo‘nalishida shimoldan sharq, janub, g‘arbga tomon hisoblanadi va o‘z navbatida nomlanadi 1-jadvalga qarang.
1– jadval
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata choraklarining ishoralari va nomlanishi

Koordinata choraklari

Nomlanishi

Koordinata o‘qlari

Absissa
x

Ordinata
y

I

SHSHQ

+

+

II

JSHQ

-

+

III

JG‘

-

-

IV

SHG‘

+

-

To‘g‘ri burchakli koordinata sistemasida ixtiyoriy bir nuqta koordinata boshi qilib olinsa, bunday koordinata mahalliy koordinata sistemasi deyiladi. Bunday kordinata sistemasi katta hududda bajariladigan geodezik ishlarda juda ham noqulay, sababi qo’shni uchastkadagi geodezik ishlarni yagona holga keltirish qiyinlashadi.


Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin