Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Mustaqillik biz uchun buyuk in’om, muqaddas ne’matdir.
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so`rmay, ko`rmay bo`lurmi?
Ko`z ko`rgani yoshu qarining –
Ona bag`rin sevmay bo`lurmi?
Abdulla Oripov
O`qituvchi: Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona-yurtimiz – O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu go`zal yurt, bu go`zal zamin faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug` tuyg`i har birimizning dilimizga jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim.
O’zbekiston-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.
O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko`p emas. O`zbekiston o`z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi- bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Zar unadi tuproqlarida,
Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog`larida,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!
Dillarida duolari bor,
Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!
Нa, shoir aytganidek, ona – yurtimiz O`zbekistonimiz Olloh nazari tushgan jannatmakon yurtdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, yurtboshimiz tomonidan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri Vatan ravnaqi edi. Vatan ravnaqi yo`lida misli ko`rilmagan darajada yurtboshimiz me`morchiligi asosida ishlar qilindiki, ularni sanab adog`iga yetolmaymiz, bu ishlar, rivojlanishlar hammasi yurt uchun va insonlar manfaati uchun qilinayotgan o`zgarishlardir. Respublikamiz poytaxtidan tortib, chekka qishloqlarida ham bugungi taraqqiyot o`zgarish, yuksalish, obodonlashtirishni ko`ramiz.
Topshiriq: Bayram munosabati bo`lganligi uchun ko`tarinki, kayfiyat ila o`quvchilardan ona-yurtimiz O`zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo`shiqlardan bahramand bo`linadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Dostları ilə paylaş: |