MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 3-MAVZU: Tarixiy obidalarga sayohat. Kun shiori: «O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q
Mashg’ulotning maqsadi; Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:kun tartibiga rioya qilish; kattalarni hurmat qilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar,
I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.
II.Asosiy qism; Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz tarixini o'rganishga alo-hida e'tibor qaratildi. Istiqlol sharofati bilan ko'plab tarixiy obidalar, yodgorliklar tiklandi, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirildi.
Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband insonlarni ezgu-likka, halol mehnat qilishga va go'zal axloqli bo'lishga un-dagan. 1993-yilda yurtinnizda alloma tavalludi keng nishonlandi. Hozir bu zotning milliy uslubda qayta tiklangan maqbarasi ziyoratchilar bilan gavjum.
1998-yil Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludi tantana qilindi. Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Shu yili jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ajdodimiz Ahmad al-Farg'oniy tavalludi ham keng nishonlan-di. Farg'ona shahrida Ahmad al-Farg'oniy nomidagi istirohat bog'i ochilib, Quva shahrida uning haykali o'rnatildi.
Shuningdek, istiqlol yillarida jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludi, «Alpomish» dostonining hishonlandi. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi, Termizda esa Alpomish haykallari ochildi. 2000-yilda islom huquqshunosi Imom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludi nishonlandi. Marg'ilonda yodgorlik majmui bunyod etilib, allomaning ramziy maqbarasi o'rnatildi.
Urganchda «Avesto» kitobi ba-g'ishlangan tantanalar bo'lib o'tdi. Yubiley munosabati bilan u yerda «Avesto» nomidagi yodgorlik majmui qad rostladi.Tiklangan yodgorliklar, tarixiy obidalar ota-bobolarimiz ruhiga hurmat-ehtirom ramzidir. Milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.Buni yodda tuting!
«Avesto» - Sharq xalqlarining eng qadimgi yozma yod-gorligi, zardushtiylarning muqaddas kitobi.
«Alpomish» - turkiy xalqlarning yirik va qadimiy dostoni. Unda mardlik, qahramonlik, insoniylik, ezgulik ulug'langan.Yubiley - buyuk shaxslar tavalludining yoxud qut-lug' sanalarning keng miqyosda nishonlanishi. Maqbara - arabcha so'z bo'lib, «qabr» degan ma'noni bildiradi. Imorat ko'rinishidagi bino. Qadim-da mashhur insonlarning qabrlari ustiga qurilgan.