Tushuntirish xati


Topshiriq: “Ustoz otangdek, ulug`” yoki “Ustoz otangdan ulug`” maqolini sharhlash



Yüklə 6,15 Mb.
səhifə9/42
tarix10.09.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#142482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
7-sinf Sinf soati

Topshiriq: “Ustoz otangdek, ulug`” yoki “Ustoz otangdan ulug`” maqolini sharhlash. (Bahs-munozarali)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
5-mavzu: Maktab mulki muqaddas, uni ko`z qorachig`iday asra
Kun shiori: “Har kunim maktab bilan”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, maktabga, maktab mulkiga bo`lgan mehrlarini va e’tiborini yanada rivojlantirish va uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Maktabimiz- faxru-uftixorimiz”
O`qituvchi:
Maktab uyi-dorulamon
Maktab hayoti jovidon (abadiy),
Maktab safoyi qalb-u jon,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
Maktab erur doruladab,
Maktab erur ehsoni Rab,
Maktab erur gulzor ajab,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g`amni vayron qilur,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
Maktab o`quvni ko`rsotur,
Maktab yozuvni o`rgotur,
Maktab uyqudin uyg`otur,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
K adrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta`limi, ayniqsa, umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo`lmish 2004—2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi.
Bugun maktablarimizda jahon talablariga javob beradigan har bir fanga oid turli xil ko`rgazmali qurollar, fan xonalarida kerakli jihozlar bilan ta’mirlanmoqda. Bu hammasi davlatimiz tomonidan ajratilgan mablag`lar. Har bir o`quvchi yuqorida ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, maktab ulug` dargoh deb, bilmog`imiz lozim. Maktabning har bir mulkini o`z mulkimiz ekanligini his etib ko`z-qorachig`iday asrashimiz kerak.
Hech bir inson o`zi ta’lim-tarbiya olayotgan, ertangi kuniga zamin bo`lgan, o`zidan oldin shu maktabda ota-onasi, jigarlari ham o`qib ketganligini, bundan keyin farzandlari ham ilm oladigan muqaddas dargohni hech qachon yomon ahvolga olib kelmaydi. Aksincha, maktabini, sinfini o`z uyida ozoda va pok tutishga harakat qiladi. Bu esa, Vatanga bo`lgan haqiqiy farzandlik burchi.
Topshiriq: “Mening obod maktabim” mavzusida rasmlar va matnlar tanlovi.
I-guruh: Rasmlari orqali;
II-guruh: Matnlari orqali.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin