Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Tut uzunmo’ylov qo’ng’izi Trichoferus Campestris Fald



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə26/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tut uzunmo’ylov qo’ng’izi
Trichoferus Campestris Fald.

Zarari. Bu qo’ng’iz tut daraxtining jiddiy, zararkunandasidir. Ba’zi xududlarda, masalan Buxoro viloyatining Shog’irkon va Jondor tumanlarida tut daraxtlari xatto yalpisiga nobud bo’lgan (Maxnovskiy). Tut uzunmo’ylov qo’ng’izining lichinkalari tut daraxtidan tashqari olma daraxtiga xam zarar yetkazgani ma’lum.
Tarsalishi. Zararkunanda Markaziy Osiyo, Qozog’iston va Sharqiy Osiyoda tarqalgan; bu qo’ng’izning tarqalgan areali bir-biridan, ajralgan bir necha manbani o’z ichiga oladi. MDXda bu xasharotlar O’zbekistan, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqda ma’lum.
Ta’rifi. Voyaga yetgan qo’ng’izlarning uzunligi 11 mm dan 20 mm gacha boradi, shu bilan birga urg’ochilari erkaklariga qaraganda ancha yirikroq bo’ladi. Boshining o’rtasida uzunasiga ketgan egatlar bor. Erkaklarining mo’ylovlari qanotustliklarining uchiga salgina yetmaydi, urg’ochilarining mo’ylovlari qanotustliklarining o’rtasidan sal narigacha yoki uchdan ikki qismgacha davom etadi. Erkagi oldining orqa qismi kundalang, bir oz bo’rtgan, yonlarining o’rtasi kabariq bo’lib, oldingi tomoni orqa tomoniga nisbatan ko’proq toraygan. Urg’ochisi oldining orqa qismi torrok, bo’yi eniga qaraganda bir oz kalta va xatto baravar, yonlari bir oz kengaygan bo’ladi. Erkaklarining soni urg’ochisinikiga qaraganda yo’g’onroqdir.
Qo’ng’izlarning qanot ustliklari cho’ziq, parallel bo’lib, uchi kengayib yumaloqlangan, chok burchagi odatda tishchaga o’xshab to’rtib chiqib turadi. Qanot ustliklari nuqtalar bilan tekis qoplanmagan bo’lib, chuqurroq nuqtalari, bor, shu bilan birga nuqtalar orasidagi masofa nuqtalarning o’zidan kattaroq.
Qo’ng’izlarning rangi qo’ng’ir yoki to’q qo’ng’ir, oyoqlari va mo’ylovlari qizg’ish-qo’ng’ir, tanasining rangidan ochroq bo’ladi. Tanasining ust tomoni bir xil uzunlikka va bir xil qalinlikka ega bo’lmagan kulrang, och qo’ng’ir yoki sarg’ish siyrak tuklar bilan qoplangan. Uzun tuklar qoramtirroq bo’lib, ancha tekis joylashgan, kaltaroq tuklar esa ochroq bo’lib, kichkina kundalang dog’chalar shaklida to’planib turadi. Tuklar tana tuzilishini yashirib qo’ymaydi. Tanasining pastki tomoni tilla rang qo’ng’ir yoki sarg’ish tusli siyrak to’q bilan qoplangan. Erkak qo’ng’iz mo’ylovining dastlabki 5-6 bo’g’imidagi va urg’ochi qo’ng’izining 3-4 bo’g’imidagi tuklar qolgan bo’g’imlardagi tuklarga qaraganda qalinroq.
Qo’ng’izlar rivojlanishining boshqa fazalari ta’riflanmagan. Tut uzunmo’ylov qo’ng’izi lichinkalarining umumiy belgilari Namangan uzunmo’ylov qo’ng’izining ta’rifida berilgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin