Sakkizinchi- qisqara boshlash bosqichlari. Bu bosqichda embrion anchagina qisqarib, yo’g’on tortib qoladi. Ko’krak oyoqlari anchagina bilinib qoladi, juft mo’ylovchalari paydo bo’ladi.
Toqqizinchi-qisqarish bosqichi. Bu bosqichda embrion yana xam qisqaradi va yo’g’on bo’lib ketadi. 10,11,12,va13- matamerlarda yolg’on oyoqlar paydo bula boshlaydi. Oldingi bosqichlarning xammasida embrionning tanasi ingichka uzunchoq plastinka shaklida bo’lsa, to’qqizinchi bosqichda tanasi yo’g’onlashib, bir oz yumaloklanadi, keyingi bosqichlarda esa silindrsimon shaklga kiradi.
Embrionning bundan keyingi rivojlanishida uning bosh qismi va undan keyingi uchta metamerdan ipak qurtining boshi shakllanadi, bnshinchi- yettinchi matamerlardan ko’krak qismining uchta bo’g’imi, sakkizinchi-o’n beshinchi metamerlardan sakkizta qorin bo’g’imi, qolgan (oxirgi) uchta metamerdan esa qorin qismining to’qqizinchi bo’g’imi xosil bo’ladi.
O’ninchi- batamom qisqarib bo’lish bosqichi. Embrion juda qisqa va yo’g’on bo’lib xoladi. Embrionning tanasi silindr shakliga kiradi, ipak qurtining boshi paydo bo’ladi. qurtning boshini xosil qiluvchi dastlabki to’rtta metomer juda qisqaradi. Qorin qismidagi besh juft soxta oyoqchalar- o’sib chiqadigan boshlaetich o’simtalar aniq bilinib turadi. Sakkizinchi, to’qqizinchi, un to’rtinchi va un beshinchi metamerlardagi o’simtalar yuqoladi, ulardagi qurtning tegishlicha birinchi, ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi bo’g’imlari xosil bo’ladi, bu bo’g’imlarda qorin oyoqchalari bo’lmaydi.
O’n birinchi- blastokinez bosqichi. Embrion tuxumning o’rta qismiga (markaziga) qorin tomon bilan ugirilib oladi. Ko’krak va qorin oyoqlari yaxshigina ko’rinib qoladi, xitin qoplami va bo’g’imlar paydo bo’ladi. Embrion o’z xolatini o’zgartirishi natijasida tuxum o’z o’rnidan qo’zg’alib (goxo sakrab) ketadi. Mutaxassislar tili bilan bu jarayon urug’ining «chirsillashi» deb ataladi. Tuxumda embrion blastokinez xolatini utmasa, undan qurt chiqmaydi.