Birinchi - tinim bosqichi. Bunda embrionning uchi birmuncha kengrok, oq rangli kaltagini plastinka shaklida bo’ladi. Kundalang chiziqlari (metamerlari) deyarli bilinmaydi. Embrion butun diapauza davrida ana shunday holatda bo’ladi.
Ikkinchi- o’sa boshlash bosqichi. Bu bosqichda urug’ embrionida jonlanish va rivojlanish davri boshlanadi. Embrionning bir muncha chuzilgan bosh va dum qismlari anchagina bilinib qoladi, kundalang chiziqlari ko’rina boshlaydi.
Uchinchi- metamerlar paydo bo’lish bosqichi. Bu bosqichda embrionning tanasi cho’zila boradi. Kundalang chiziqlar yaxshi ko’rinib qoladi. Bosh qismida o’yiqli bosh burmasi ajralib turadi, uning o’rtasida oqish dog’ paydo bo’ladi.
To’rtinchidan- cho’zila boshlash bosqichi. Bunda embrion ingichka va uzun bo’lib qoladi. 18 dona metomera yaxshigina ko’rinib turadi. Bosh burmasi ich tomonga qayrilib kiradi.
Beshinchi- batamom cho’zilib bo’lish bosqichi. Bu bosqichda embrion yana xam cho’ziladi va ingichkalashib xoladi. Dastlabki uchta metomerida bo’ylama egatcha paydo bo’ladi. Bosh qisminng chetlari qalinlasha boshlaydi.
Oltinchi- o’rta chiziq paydo bo’lish bosqichi. Bu bosqichda embrion bir muncha qisqaradi va yo’g’on tortadi. Tanasining o’rta chizig’ida buylama egatcha paydo bo’ladi. Bosh qismining u yer bu yeri bo’rtib chiqadi, undagi o’yiq esa chuqurlasha boradi.
Yettinchi-ko’krak oyoqlarining boshlang’ichlari paydo bo’lish bosqichi. Bu bosqichda og’iz o’simtalari va ko’krak oyoqlarining boshlang’ichlari paydo bo’ladi. Bosh qismida chuqur o’yiq xosil bo’ladi. Boshqa qismi burchaksimon va o’rtasida chuqurchasi bo’ladi.