O’n ikkinchi- oq rangli qurtning shakllanish bosqichi. Embrion yanada cho’ziladi. Uning rivojlanishi deyarli tugallanadi, ammo embrionning rangi oq bo’ladi.
O’n uchinchi- ipak qurti boshining qorayish bosqichi. Embrion batamom shakllangan qurtga aylanadi. Uning boshi qora rangga kiradi va tuxum po’chog’idan qora nuqta shaklida ko’rinib turadi. Urug’ oqaradi, chunki bu vaqtga kelib tuxumda srotlik zapasi tamom bo’lib qoladi va tuxumning bo’shab qolgan bo’shlig’iga tuxum po’chog’ining xavo naychalari orqali havo kiradi.
O’n to’rtinchi- qora rangli ipak qurtining tiklanish bosqichi. qurtning xitin qoplamida pigment hosil bo’ladi, natijada ipak qurti to’q jigar rangga kiradi. Nihoyat ipak qurti tuxum po’chog’ini kemirib tuxumdan chiqadi.
Muhokama uchun savollar:
Embriologiya fani nimani o’rganadi?
Ipak qurtida embrion qanday rivojlanadi?
Ipak qurti urug’lanish xususiyatlarini ayting.
Ipak qurti embrionining nechta rivojlanish bosqichi bor?
11-MAVZU: Ipak qurti urug’ini jonlantirish va tarqatish - 2 soat.
Reja:
Inkubatsiya to’g’risida tushuncha.
Inkubatoriyani tanlash va tashkil etish.
Urug’ni inkubatsiyaga qo’yish muddatini aniqlash.
Ipak qurti urug’ini jonlantirish va tarqatish.
Tayanch iboralar: Inkubatsiya, inkubatoriya, bino, moslama, jonlantirish, harorat, muhit, tarqatish.
Inkubatsiya – so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, inkubs- jonlantirmosyoki ochirmos degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ipak qurti urug’ini inkubatsiya qilish deganda sun’iy sharoitda ma’lum xarorat, namlik, xavo, urug’lik ta’sirida urug’dan (tuxumdan) qurt ochirish tushuniladi.
Tut ipak qurti maxsus jixozlangan binolarda sun’iy sharoitda ochiladi. Bunday binolar inkubatoriyalar deyiladi. Tajriba yoki ilmiy ishlar uchun ishlatiladigan oz miqdorda urug’ni termostat yoki shkafda jonlantirish mumkin, ular inkubatorlar deb ataladi.
Ipak qurti urug’ini rivojlanishi va undan qurt ochib chiqishida tashqi muxit sharoitining (issiqlik, namlik, xavo, yorug’lik) ta’siri katta axamiyatga ega. Shulardan eng muximi issiqlikdir. Issiqlik manbai tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy issiqlik quyosh nuri ta’sirida, suniy issiqlik esa maxsus isitgichlar (pechka, termostat, batareya, elektor energiyasi va xakazolar) yordamida xosil qilinadi.
Urug’ni tabiiy va sun’iy ta’sirida jonlantirish mumkin. Urug’ tabiiy sharoitda jonlantirilsa-tabiiy inkubatsiya, sun’iy sharoitda jonlantirilsa esa sun’iy inkubatsiya deb ataladi.
Urug’ ochirish maxsus binolar (inkubatoriyalar), odamlar yashaydigan uylar va xo’jalikning umumiy binolaridan foydalaniladi.
Inkubatoriya barcha agrotexnika va zoogigiena qoidalariga javob beradigan va xo’jalik o’rtaisda, ya’ni qurt bokuvchi zvenolarning qurt olishiga qulay va yaqin joyda bo’lishi kerak. Inkubatoriya xizmat qiladigan joy doirasining radiusi 4-5 km dan oshmasligi, ya’ni inkubatoriya bilan qurtxona orasidagi masofa uchun 1soatdan ortiq vaqt sarflamasligi kerak.
Inkubatoriya uchun pechkasi bo’lgan quruq, yorug’, g’isht yoki paxsadan qilingan, issiqlikni yaxshi saqlaydigan binolar ajratiladi. Bunday kapital binolarda xarorat va xavoning nisbiy namligi bir me’yorda, ya’ni urug’ni jonlantirish uchun kerakli darajada saqlab turish mumkin bo’ladi.
Urug’ jonlantirilayotgan xonaga begona odamlar kirishi man qilinadi, chunki ularning poyafzallari va kiyim-boshida chang bilan ipak qurti kasalliklarini qo’zg’atuvchi va yuqtiruvchi turli zaxarli mikroblar bo’lishi xam mumkin. Bundan tashqari, inkubatroiya ichqarisiga kiradigan etik tashqarisiga 4-5% li formalin eritmasi bilan qo’llangan latta taxlab qo’yilishi lozim.
Tut ipak qurti kassaliklarini davolash usullari deyarli bo’lmaganligi uchun ularga qarshi kurashish choralari asosan profilaktika va sanitariya tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Ko’klamda urug’ni jonlantirish davrida o’tkaziladigan profilaktika tadbirlariga inkubatoriya uchun ajratilgan binoni va inkubatsiya uchun ajratilgan binoni va inkubatsiya uchun zarur bo’lgan asbob-uskuna va jixozlar, inventar, materiallarni dezinfeksiya qilish ishlari kiradi. Bu tadbir urug’lardan sog’lom qurtlar chiqishini ta’minlaydi. Dezinfeksiya ishlari aloxida axmiyatga ega bo’lib, sanitariya - profilaktika tadbirlarining asosi xisoblanadi.
Ma’lumki, dezinfeksiya turli kasalliklarni yo’qotishga yoki ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kompleksidan iborat. Shunga yarasha dezinfeksiya ikki xil bo’ladi.
Kasallik o’chog’i (manbai)ni dezinfeksiya qilish.
Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida dezinfeksiya qilish.
Dezinfeksiya sifati uning o’tkazilish muddati va usullariga, shuningdek, ishlatilgan kimyoviy moddalarning ta’sirchanligiga bog’liq. Inkubatoriyalarni dezinfeksiya qilish uchun «Avtomaks» purkagichi yoki dexkonchiligida ishlatiladigan ODN tipidagi purkagichlardan foydalaniladi. Inkubatoriyani dezinfeksiya qilish uchun 4% li formalin; 2% li monoxloramin va gipoxlorid kal’siydan foydalaniladi.
Ipak qurti boqish mavsumini muvaffakiyatli o’tkazish va uning maxsuldorligining yuqori bo’lishi ko’p jixatdan urug’ni jonlantirish muddatini to’g’ri aniqlashga bog’liq. Qurtning xar bir yoshi uchun tut daraxtining barglari ma’lum darajada yetilgan bo’lishi kerak. Shundagina qurtlar yaxshi rivojlanib, tez o’sadi va sermaxsul bo’ladi, sifatli pilla o’raydi.
Urug’ni inkubatsiyaga quyish muddati 4 usulda aniqlanadi.
O’tgan yillari qurt urug’i ochirishga qo’yilgan va ular eng yaxshi jonlanishga ega bo’lgan yillardagi ma’lumotlarga qarab.
Tut daraxtidan ilgari barg chiqaradigan ba’zi bir daraxt yoki o’simliklarning rivojlanishi yoki gullashiga qarab.
Foydali xaroratlar yig’indisiga qarab.
Tut daraxti novdasiga kurtaklarning usshi va rivojlanishini kuzatib borish yo’li bilan.
Ipakchilik sanoat asosiga kuchirilgan joylarda monovoltin (bir yilda nasl beradigan) zotlar va ulardan xosil bo’lgan duragaylarning urug’lar ikki usulda jonlantiriladi: H a r o r a t n i a s t a-s ye k i n o sh i r i b b o r i sh yo’li bilan urug’ni jonlantirish; x a r o r a t n i u z g a r t i r m a s d a n, ya’ni d o i m i y (muayyan) darajada saqlash yo’li bilan urug’ni jonlantirish.
Qurt urug’ini jonlantirishning ikkinchi usuli qo’llanilganda inkubatsiya muddati birinchi usuldagiga nisbatan 3-5 kunga qisqaradi.
Haroratni asta - sekin oshirib borish usuli baxor sovuq kelgan yillarda, ob-xavo bir xil bo’lmagan va baxorgi qattiq sovuqlar bo’lishi yoki ertalablari sovuq bo’lishi kutilgan xollarda qo’llaniladi.
X a r o r a t n i u z g a r t i r m a s d a n, ya ‘ n i d o i m i y d a r a j a d a s a k l a sh y u l i bilan jonlantirish quyidagi xollarda qo’llaniladi.
a) urugni inkubatsiya qilish davrini qisqartirish zarur bo’lgan da, ya’ni qurt boqishni tezroq boshlash zarur bo’lib qolgan taqdirda. Misol uchun urug’ni inkubatsiyaga quyish muddati kechiqqan bo’lsa, shunday usuldan foydalaniladi;
b) urug’ zavodlarining nasl olinadigan nixoyalarida bitta zotning urug’i bir inkubatoriyaga bir necha muddatda qo’yilishi kerak bo’lib kogan xollarda;
v) urug’ inkubatsiyaga qo’yilishidan oldin xavo xarorati 14S dan yuqori xaroratli joyda saqlanganligi ma’lum bo’lgan xollarda xam foydalanilai.
Ipak qurtining mazkur zoti yoki duranayning urug’lik davridagi xayotchanligiga qarab unga baxo beriladi. Urug’larning jonlanuvchanligi ayrim vaqtda qurtning urug’idagi xayotchanligi deb ataladi. Urug’larning jonlanuvchanligi quyidagi uch usuldan foydalanib aniqlanadi:
1-usul - jonlangan urug’lar soniga qarab. Bunda jonlanish foizi inkubatsiyaga qo’yilgan urug’larning jonlanganlik soniga qarab xisoblanadi. Shu maqsadda urug’dan uchta namuna (xar birida yuz donadan urug’) olinib, ochirish uchun inkubatoriyaga qo’yiladi. Urug’lardan chiqqan qurtlar terib olingandan keyin jonlanmay qolgan urug’lar sanaladi. Urug’larning jonlanish foizi jonlangan urug’lar sonining dastlabki urug’lar soniga nisbati bo’yicha xisoblanadi.
2-usul - jonlangan urug’lar massasiga qarab. Bu usul asosan jamoa xo’jaliklarining inkubatoriyalarida qo’llaniladi. Bunda jonlanish foizi inkubatsiyaga qo’yilgan urug’larning qancha miqdorda (g xisobida) jonlanganligiga, ya’ni chiqqan qurtlar massasiga qarab aniqlanadi. Bu usul birinchisiga qaraganda unchalik aniq emas.
3-usul - jonlanmasdan kogan urug’lar massasiga qarab aniqlash. Buning uchun jonlanmasdan qolgan urug’larni yelpib jonlangan urug’larning kobiklaridan tozalanadi va
bu usul xam birinchisiga nisbatan unchalik aniq emas, shuning uchun ikkinchi va uchinchi usullarldan inkubatoriya ishini taxminiy baholash ya’ni chamalash maqsadida foydalaniladi.
Muhokama uchun savollar:
Ipak qurti inkubatoriyalari qanday tuzilgan?
Ipak qurtini tarqatish qoidalari nimalardan iborat?
12-mavzu: Ipak qurti boqish agrotexnikasi - 2 soat. Reja:
Qurtxonalarni qurt boqishga tayyorlash.
Kichik va katta yoshdagi qurtlarni parvarishlash.
Takroriy qurt boqish.
Tayanchiboralar. Qurt boqish, qurtxona, dezinfeksiya, kichik yoshdagi qurtlar, katta yoshdagi qurtlar, po’st tashlash, uyquga ketish, oziqlantirish, g’analash, takroriy qurt boqish.
Jamoa xo’jaliklarida qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
-qurt boqish kalendar rejasini tuzish;
-qurtxonalar uchun yaroqli binolarni tanlash va ularni ta’mirlash;
-kerakli asbob-anjomlarni taxt qilib quyish;
-qurt brkuvchilar zvenolarini tashkil qilish;
-qurt bokuvchilar bilan shartnomalar tuzish;
-qurt boqiladigan xonalarni va asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilish (zararsizlantirish);
-tutzorlar va yakka qatorlab ekilgan tutlarni parvarish qilish.
Dezinfeksiya uchun kalsiy gipoxloritning 2 % li eritmasi ishlatiladi. Bunday eritmani tayyorlash uchun kalsiy gipoxloritning 200 g kukuni 10 litr suvda eritiladi. So’ngra 100 gramm ammiakli selitra qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Eritmadan xlor xidi kelib turadi.
Ipak qurtlari o’zining 23-25 kundan iborat qurtlik davrida pilla uragunga qadar 4 marotaba po’st tashlab 5 yoshdan iborat davrni o’tadi. Shundan 1-2-3 yoshini ipak qurtining k i ch i k yo sh l a r i, 4-5 yoshini esa k a t t a yo sh l a r i deb ataladi. Ipak qurtlari kichik yoshda juda noziq bo’lib, avaylab parvarish qilishni talab etadi.
Birinchi yoshda qurtlarning tishlari kichik va noziq bo’lgan ligi uchun ularga sersuv va mayin tut barglari 5-6 mm kenglikda qirqib to’g’rab beriladi. Birinchi yoshda qurtlar g’analanmaydi■ Ipak qurtlar juda tez o’sadi va tanasi yiriklashib boradi. Shuning uchun ularning xar bir barg berilganda siyraklashtirib oziqlanish maydoni kengaytirib boriladi. Birinchi yoshining birinchi kunida bir quti qurt 0,5 m2 joyda turgan bo’lsa, yosh oxiriga kelib u 2 m2 joyni egallashi kerak.
Ikkinchi yoshdagi qurtlarga barg tayyorlash birinchi yoshdagiga o’xshash bo’lib, tut daraxtidan terib olingan barglar salkin xonada saqlanadi. Ikkinchi yoshning birinchi kunida barg yirikroq qilib to’g’rab beriladi. Ikkinchi va uchinchi kunlari esa butun barg yaproqchasi bilan soalinadi. Qurtlarning bu yoshi xam uch kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 8-9 marotaba (shundan ikki marotabasi kechkurun) barg beriladi.
Uchinchi yoshga o’tgan qurtlar xarakatchan bo’lib, tanasi to’liq oqaradi va o’zining xaqiqiy rangini egallaydi. Bu yoshda qurtlar bir marotaba g’analanadi. Ipak qurtining uchinchi yoshi 3-4 kun davom etib 60-70 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 7-8 marotaba (shundan kechasi ikki marta) barg beriladi. Uchinchi yoshda qurtxonadagi xarorat 260S xavoning nisbiy namligi 65-70% bo’ladi. Uchinchi yoshdagi qurtlar bir sutka davomida uxlab turgach. To’rtinchi yoshga o’tadi.
Uchinchi uyqudan turgan qurtlar katta yosh xisoblanadi. To’rtinchi yoshdagi qurtlar tez xarakatlanadigan, tut barglarining yumshoq joylarini to’liq yeydigan va tanasi bir muncha yiriklashgan bo’ladi. Qurtlarning yoshi kattalashgan sari ularning xaroratga va nisbiy namlikka bo’lgan talabi (kichik yoshlardagiga nisbatan) birmuncha pasayib boradi. Agarda qurtning kichik yoshlarida qurtxonadagi xarorat 26-270S, xavoning nisbiy namligi 6570% bo’lgan bo’lsa, to’rtinchi yoshida xar orat 26-250S va nisbiy namlik 6070%, beshinchi yoshida esa xarorat 24-250S va nisbiy namlik 60-65% bo’lishi lozim.
Yoshning oxiriga kelib bir quti qurt 25-30m2 joyni egallaydi. Qurtlarning to’rtinchi yoshi 4-5 kun davom etib, jami 170 kg barg beriladi. Bir kunda 6-7 marotaba (shundan 1-2 kechasi) barg beriladi. Qurtning yoshi kattalashib, tanasi yiriklashgan sari u nafas olish uchun shunchalik ko’p kislorod talab qiladi va karbonad angidrid chiqaradi. Shuning uchun bu yoshda qurtxonani xar 2-3,5 soatda 20-25 minut deraza yoki eshikni ochib shamollatiladi.
Qurtlarning to’rtinchi uyqusi 1,5-2 kun davom etadi. Uyqudan uyg’ongan qurtlar 5 yosh xisoblanadi. Qurtlarning beshinchi yoshi 7-8 kun davom etib, bir quti qurt uchun jami 750-800 kg barg sarflanadi. Bir kunda 5-6 marotaba barg beriladi. Shundan 1-2 martasi kechasi beriladi. Beshinchi yoshdagi qurtlar tanasi juda yirik xajmi kattalashgan va serxarakat bo’ladi. Bir quti qurt bir kunda o’zidan 60 litr suvni bug’laydi. Natijada qurtxonadagi namlik ortib boradi. Shuning uchun qurtxonani xar 2-2,5 soatda 30-40 minut davomida eshik yoki derazani ochib shamollatiladi. Beshinchi yoshida qurtxona xaroratini me’yordan ortiq bo’lishiga yo’l kuymaslik kerak. Bu yoshda xonadagi xarorat 24-250S, xavo namligi esa 6065% bo’lishi kerak.
Qurt boqish davrida belgilangan bargning yeyilmagan qismi, novdasi, Qurt axlati to’planib qoladi. Bu chiqindilar Fana deb, ularni olib tashlash Fanalash deb ataladi. Birinchi yoshida qurtlar Fanalanmaydi. Ikkinchi yoshning ikkinchi kunida qurtlar birinchi marta Fanalanadi. Uchinchi yoshda bir marta, to’rtinchi yoshda 1-2 marta Fanalanadi. Beshinchi yoshda barg berish keskin ko’payishi natijasida Fana tuz to’planadi. Shuning uchun bu yoshda 2-3 marta va pilla urashdan oldidan Fanalanadi.
Takroriy ipak qurti boqish. Yaponiya, Xitoy, Hindiston va boshqa Osiyo mamlakatlarida yoz va kuz mavsumlarida takroriy qurt boqilib, 3-4 marta xosil oladilar.
Respublikamizda takroriy qurt boqish birinchi marotaba 1928 yilda sinab kurilgan.
Takroriy qurt boqilganda qo’shimcha pilla xosili olinadi, qurtxona va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlardan to’liq foydalaniladi xamda qurt bokuvchi brigda xamda zvenolar yil davomida ish bilan ta’minlanadi. Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o’ziga xos xususiyatga ega. Jumladan yozning issiq kunlarida mo’tadil xarorat va namlikni ta’minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Qurtxonalarni unchalik baland bo’lmagan 1-2 qavatli (birinchi qavati pol satxidan 40-50 sm) suri va sukchaklar bilan ta’minlash, baxorgi qurt boqishda foydalangan bino va asbob anjomlarni 4% li formalin eritmasi va monoxloramin bilan zararsizlantirish (dezinfeksiyalash) xamda asosan tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo’ladi. Chunki kuzda tut bargi dag’allashib sifati pasayadi. Yuqori xarorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo’lgan talabini oshiradi va organizmdagi namlikni ko’p yo’qotadi. Qurt boqish davrida qurtxonadagi xavo namliknit ko’p yo’qotadi. Qurt boqish davrida qurtxonadagi xavo namligini me’yorida saqlashga e’tibor berish zarur.
Muxokama uchun savollar:
Qurtxonalar qachon va qanday tayyorlanadi?
Kichik yoshdagi qurtlarni parvarishlash xususiyatlarini ayting.
Katta yoshdagi qurtlarni boqish va parvarishlash qanday bo’ladi.
Pilla terish qachon boshlanadi ?
13-mavzu: Pillalarni tayyorlash va ularga dastlabkiishlov berish - 2 soat. Reja:
Tirik pillalarni qabul qilish va ularga ishlov berish.
Tirik pillalarni davlat standartiga muvofiq navlarga ajratish.
Pillalarning g’umbagini uldirish va quritish.
Quruq pillalarni saqlash va topshirish.
Tayanch iboralar:Tayyor pilla, terish, standart talablari, navlarga ajratish, topshirish, g’umbakni o’ldirish, quritish, saqlash.
Har bir tayyorlov punkti bir mavsumda 35 tonnagacha tirik pilla qabul qila oladi. Pilla qabul qilish bazalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Qurt bokuvchilardan pillalarni qabul qilib olish.
Pillalarning vazni va sifatini aniqlash.
Pilla topshiruvchilar bilan topshirgan pillalari uchun hak tulash kakidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi.
Topshirilgan pillalarning G’umbaklarini uldirish va kuritish.
Sanoat qorxonalariga topshirilgunga qadar pillalarni saqlash.
Quruq pillalarni fabrika vakillariga topshirish.
Bundan tashqari baza vakillari ipak qurti bokuvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, urug’larni ochirish va xo’jaliklar hamda ayrim qurt bokuvchilarga ipak qurti tarqatish; pillachilik ozuka bazasini tashkil etish va kengaytirish; qurt boqishga tayyorgarlik qurish va qurt boqish vaqtida xo’jaliklar va ayrim qurt bokuvchilarga tashkiliy va agrotexnik jihatdan yordam ko’rsatish, pillachilik xujayralarini zarur materiallar, asbob- uskunalar bilan ta’minlash; shu jumladan pillachilarga avans berilishini tashkil etish ishlari, pilla tayyorlash kompleks ishlarini joriy etish bilan shuFullanadilar.
Pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularni qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan tut ipak qurtining oq pillali zot va duragaylardan iborat tirik pillalariga quyidagi standart joriy etilagn («O’zbekistan Respublikasi standarti. Tut ipak qurtinng tirik pillalari texnikaviy shartlari. O’z RST 631 - 95»).
Ushbu standartga muvofiq tut ipak qurtining tirik pillalari qavatining sifatiga qarab 1-2 navga nostandart navsiz va qora pachok pillalariga ajratiladi. 1- navga shikastlanmagan toza pillalar kiradi. Shuningdek qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy diametri 5 mm dan katta bo’lmagan dasta izining uzunligi 10mm dan katta bo’lmagan silliq yaltiroq joyning uzunligi 10mm dan katta bo’lmagan pillalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 2- navga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan oshmagan dasta izining uzunligi 15mm dan katta bo’lmagan silliq yaltiroq joyining uzunligi 15mm dan katta bo’lmagan bir kutbi o’tkir uchli ezilgan yupqa kobikli buzuk shaklli va ichi ko’rinmaydigan yupqa kutbli pillalar kiradi.
Qobik sirtining tavsifi bo’yicha navli pillalar talabiga to’g’ri kelgan xar (pilla ichida g’umbagi ulib pilla kobotiga yopishib qolgan silkitganda ovoz bermaydigan) pillalar nostandart ushbu talablarga to’g’ri kelmagani esa navsiz pillalarga ajratiladi.
Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larining umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismdan ortiq bo’lmagan, dasta izining uzunligi 15 mm dan katta silliq yaltiroq joyning uzunligi 15 mm dan katta bo’lgan , uzunligi bo’yicha qavati uta ezilgan va pachoqlanib yopishgan, ichki dog’lari qobig’ining sirtiga chiqqan, kigizsimon, paxtasimon, qo’shaloq G’umbakli, teshik, mog’orlagan, qotib qolgan, chala o’ralgan, xom, yupqa qutbli, juda buzuq shaklli va ikkala qutbi o’tkir uchli pillalar kiradi.
Pilla ichidagi tirik G’umbakni turli yo’lar bilan o’ldirish mumkin. Jumladan to’g’ridan-to’g’ri tushayotgan quyosh nuri, issiq xavo (kamida 60S) issiq suv bug’i bilan turli zaxarlovchi moddalarning bug’lari bilan, radioaktiv nurlar, xar xil kuchlanishdagi va xar xil ko’rinishdagi elektr toki ta’sirida va boshqa kimyoviy xamda fizik ta’sir ko’rsatish yullari bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishda pillalarning g’umbagi dastlabki ishlov berish punktlarida faqat ikki usulda: pillani issiq bug’da bug’lab keyin xavoda kuritish va pillaga issiq xavo ta’sir ettirish yo’li bilan uldiriladi.
Pilla g’umbagini bug’lash yo’li bilan o’ldirish va uni soyada quritish. Bu usul ayrim bosh pillaxonalarning dastlabki ishlov berish bazalarida qo’llanilmoqda. Maxsus kamerada 60S dan yuqori xaroratda pillaga tuyingan issiq xavo ta’sir ettirib, G’umbak uldiriladi.
Kameraga pillalar kiritilgandan keyin, kameradagi xarorat dastlab 52-60S va jarayon oxirida 68-70S ga ko’tariladi. Olinadigan surilma yashikchalarga pillalar 5-10sm qalinlikda 6-8 kg dan solinadi. Pillalar bir tekis qurishi, mog’orlamasligi xamda chirishining oldini olish maqsadida birinchi 10kun davomida xar kuni bir marta, keyin 2-3 kunda bir marta pillalar ag’darib turiladi.
Gumbaklarni issiq xavo bilan uldirish va pillalrni kuritish. Hozirgi vaqtda pilla ichidagi G’umbakka issiq xavo bilan ta’sir etish keng qo’llanilmoqda. Respublikamizda amalda qo’llanilayotgan “Kimpleks” KSK- 4,5; SK-150; K-1 kamerali agregat va boshqa apparatlar, shuningdek yapon pilla kuritish apparatlarida xam G’umbaklarni uldirishda issiq xavo qo’llaniladi.
«Simpleks» apparati xavo bilan pillalar qarama-qarshi yo’nalishda xarakat qilishi asosida ishlaydi. Pillalarga dastlab past xaroratli, lekin yuqori namlikka ega bo’lgan xavo ta’sir etadi. Pillalar apparatda yuqoridan pastga tomon, ya’ni past xaroratli joydan asta-sekin xarorati yuqoriroq bo’lgan , biroq past namlikka ega bo’lgan issiq xavoga duch keladi, ya’ni pilla issiq xavoga duch kelgan sari quriy boshlaydi.
«Simpleks» pilla kuritgichi uch xil vazifani bajarishi mumkin: G’umbakni uldirish; G’umbaklarni uldirish va chala kuritish; tirik pillalarning Fumbagini uldirish va to’la kuritish. Quruq pillalarni saqlash. Quruq pillalar 30 kg li qoplarda quruq, oftob tushmaydigan, yog’in- sochindan ximoya qilingan joyda saqlanadi. Pastki qator qoplar yer dan ancha ko’tarilgan taxtalar ustiga qo’yiladi. Pastki qatordagi qoplar ustiga yana 56 qator kop taxlanadi (qoplar ko’pi bilan 7 qator qilib taxlanadi). Saqlash davrida pillalarning mog’orlashiga va zararkunkndalar shikastlashiga yo’l kuymaslik kerak.
Quruq pillalrni topshirish. Sanoat qorxonalari uchun pilla tayyorlovchi tashkilotlar kelishilgan xolda zotdor qurtlar pillalrning xamma navini xamda nuksonli pillalarni pillakashlik fabrikalariga, qora pachok pillalarni esa ipak yigirish fabrikalariga topshiradilar.
Quruq pillalar «O’zbekiston respublikasi standarti. Tut ipak qurtining quruq pillalari texnikaviy shartlari o’z RST 630 - 95» GOSTi asosida qabul qilinadi.
Ushbu standartga muvofiq navli quruq pilla aralashmasi kobotining sifatiga va xom ipak chiqish miqdoriga qarab birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi.
Navga qobig’i shikastlanmagan toza pillalar, qobig’i sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy diametri 5 mm dan katta bo’lmagan, xar bir dasta izining va xar bir silliq yaltiroq joyining uzunligi katta bo’lmagan pillalar qabul qilinadi.
Navga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan oshmagan, xar bir dasta izining uzunligi va xar bir silliq yaltiroq joyning uzunligi 15 mm dan katta bo’lmagan bir qutbi o’tkir uchli, ezilgan, yupqa kobikli, buzuk shaklli va ichi ko’rinmaydigan yupqa kutbli pillalar kiradi.
Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan ortiq bo’lgan , dasta izining va silliq yaltiroq joyining uzunliklari 15mm dan katta bo’lgan , uzunligi bo’yicha koboti o’rtacha ezilgan va pachoklanib yopishgan, ichki dog’lari kobikning sirtiga chiqqan, kigizsimon, paxtasimon, qo’shaloq G’umbakli, teshik, mog’orlagan, kotib qolgan, chala o’ralgan, yupqa kutubli juda buzuk shaklli va ikkala kutubi o’tkir uchli pillalar kiradi.
Pillaning barcha navlari uchun me’yorlangan namlik 10,0%, saralanmagan navli pilla aralashmasidan begona aralashmagan terixo’rning tirik nusxalariga, qorapachokka, shuningdek 10,0% dan ortiq navsiz pillalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Muhokama uchun savollar:
Ipak qurti pillasi qachon va qanday teriladi?
Pillaga qo’yiladigan standart talablarini ayting.
Pilla Fumbagini uldirish va kuritish qachon va qaysi joylarda bajariladi?
Pillani saqlash va sanoat qorxonalariga topshirish tartibi qanday bo’ladi?
14-mavzu: Ipak qurti seleksiyasi va urug’chiligi-2 soat Reja:
Ipak qurti seleksiyasi.