Gо‘sht mahsulotlari bilan sarig‘i qotirilmay qovurilgan tuxum. Pishirilgan kolbasa, sosiska yoki dudlangan chо‘chqa gо‘shti tilim-tilim yoki parrak-parrak shaklda tо‘g‘ralib, porsiyali tovada qizib turgan yog‘ga solib 2—3 daqiqa qovurilib, ustidan tuxum chaqib solinadi va yana 2—3 daqiqa oqi quyuqlashguncha qovurib, tuz sepiladi va iste’molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda о‘zi qovurilgan porsiyali tovada beriladi.
Tuxum 2 dona, oshxona margarini 13 gr, sosiska yoki pishi-
299rilgan kolbasa yoki dudlangan chо‘chqa gо‘shti 34 gr. Sof og‘irligi 105 gr.,
Quymoqlar. Quymoqlarny; qovurilgan tuxumlardan farqi shundaki, ularga sut, suv yoki qaymoq qо‘shib tayerlanadi. Quymoqlar sof holda, aralash holda va qiyma tiqib tayerlanadi.
Quymoqlar uchun tovuq tuxumi, melanj,' quritilgan tuxum uni ishlatiladi. Ishlovdan о‘tib tayyorlangang tuxum sut, tuz bilan kо‘pirarli darajada aralashti-riyaadi. Quymoq mahsulotiga bir oz eritilgan sariyog‘ qо‘shish ham mumkin. 1 dona tuxum uchun 15 g. sut berilishi mumkin.
Sof quymoq. Osti qalin chо‘yan tovaga yog‘ surtilib, tayyorlangan quymoq mahsuloti quyiladi. Sо‘ng pichoq bilan aralashtirilgan holda quyuqlashguncha qovuriladi va chetlari bukilib gо‘mma kо‘rinishi berilib, likobchaga chokini pastga qilib qо‘yiladi. Tarqatishda tayyorlangan quymoq ustiga sariyog‘ quyib yoki kо‘kat sepib beriladi.
Aralash quymoq n i xuddi sof quymoqqa о‘xshash qovuriladi. Aralashtirib tayyorlangan quymoq mahsulotiga mayda tо‘g‘ralgan sabzavot yoki qо‘ziqorin, gо‘sht mahsuloti yoki qirilgan pishloq solib aralashtiriladi va qovuriladi.
Pishloqli quymoq. Qirilgan pishloq qо‘shib tayyorlangan aralash quymoq mahsuloti xuddi sof quymoqqa о‘xshash usulda qovuriladi.
Tuxum 2 dona yoki melanj 80 gr. sut 30 gr, pishloq 16,5 gr, oshxona margarini 5 gr, sariyog‘ 5 gr. Sof og‘irligi 120 gr.
Qiyma tiqilgan quymoq. Bunday quymoqlar gо‘sht, sabzavot garnirlari yoki shirin garnir bilan tayerlanadi. Quymoq mahsuloti qizib turgan yog‘li tovaga solinib, quyuqlashguncha qovurilib, о‘rtasiga tayyorlangan qiyma solinib, chetlari buklanib gо‘mma shakli beriladi va chokini pastga qilib qо‘yiladi. Tarqatishda likobchaga solinib, ustidan sariyog‘ quyib beriladi.
Tо‘sht mahsulotlaridan qiyma tayyorlash uchun chо‘chqa gо‘shti (dudlangan), pishirilgan kolbasa, sosiskalar, pishirilgan buyrak, jigar va gо‘sht mayda kubik yoki somoncha shaklida tо‘g‘ralib, qovuriladi, qizil, tomatli oq yoki nordonroq qaymoq sardagida bir qaynatib olinadi. Sabzavotlar mayda kubik shaklida tо‘g‘raladi. Kо‘k loviya, gulkaram pishiriladi, konservalangan kо‘k nо‘xat о‘z suyuqligida isitiladi, sabzi va ismaloq dimlab pishiriladi, qovoqcha, qо‘ziqorin qovuriladi. Tayyorlangan mahsulotni sut yoki nshrdonroq qaymoq sardagi bilan yoki nordonroq qaymoq bilan aralashtiriladi. Qiyma uchun ishlatiladigan garnir mahsuloti bir yoki; bir necha xil mahsulotdan tashkil topishy mumkin.
Shirin quymoq tayyorlashda limon mevasi maydalanib, shakar bilan ezilib, quymoq mahsulotiga (tuxum, sut, tuz) qо‘shib: aralashtiriladi va sof quymoqqa о‘xshash usulda, qovurilib о‘rtasiga meva murabbosi, djemi yoki povidlosi gо‘mma. 1 shaklida buklanib, likobchaga solinib ustidan shakar sepib beriladi.
Yepilgan tuxum taomlariga sof quymoq, aralash quymoq, sut sardagida yopilgan tuxum va boshqa taomlar kiradi. Ular 160—180°S haroratli qovurish shkaflarida yopib tayyorlanadi.
Yopilgan sof quymoq. Quymoq mahsulotlari kо‘pirarli darajada aralashtirilib, yog‘langan chuqur temir tovaga quyiladi ra qovurish shkafiga quyib quyuqlashib yuzida qobiq hosil bо‘lguncha ushlanadi. Bunday usulda miqdori kо‘proq quymoq tayerlanadi. Aslida quymoq bir porsiya hisobida tayyorlanadigan bо‘lsa porsiyali tovada tayerlanadi.
Iste’molga tayyor quymoq bir oz sovitilib tо‘rtburchak, uchburchak shaklida kesiladi va likobchaga solib chuqur temir tovada qovuriladi va ustidan quymoq-larni yopiq buterbrod tayyorlashda va tiniq qaynatmalar uchun ishlatiladi.
Aralash yopilgan quymoq tayyorlashda qovurilgan kartoshka, dimlab pishirilgan sabzi yoki karam, donador guruch bо‘tqasi, gо‘sht,' gо‘sht mahsulotlaridan iborat turli xil garnirlar ishlatiladi.
Qovurilgan kartoshkali yopilgade quymoq. Ishlovdan о‘tgan kartoshka kubik yoki tilim-tilim shaklida tо‘g‘ralib chuqur temir tovada qovuriladi va ustidan quymoq mahsuloti quyilib iste’molga tayyor bо‘lguncha qovurish shkafida yopiladi. Bir oz sovitilib, tо‘rtburchak, uchburchak shaklida porsiyasiga 1 dona hisobida kesib likobchaga qо‘yib ustidan sariyog‘ quyib beriladi.
Tuxum 3 dona, sut 45 gr, kartoshka 100 gr, oshxona margarini 10 gr, sariyog‘ 5 gr. Sof og‘irligi 205 gr.
Drachena. Quymoqdan farqi shundaki, tayyorlanishda un va nordonroq qaymoq qо‘shib tayerlanadi., Ishlovdan о‘tgan tuxum idishga chaqilib tuz, sut bilan aralashtirilib, ustidan elangan un (jazlangan undan foydalanish ham mumkin) qо‘shib chilchо‘p yordamida kо‘pirarli darajada aralashtiriladi va elakdan о‘tkaziladi. Tayyorlangan mahsulotga sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq ham qо‘shish mumkin. Chuqur temir tova yoki chо‘yan tovaga yog‘ surib 1 sm. gacha qalinlikda tayyorlangan mahsulotdan quyib, qovurish shkafiga qо‘yib, yuzaki qizg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha yopiladi va shu zahoti iste’molge tarqatiladi. Buning uchun porsiyaga taqsimlab likobchaga solib ustidan sariyog‘ quyib beriladi. Agar yopilgan drachena uzoqroq saqlansa tashqi kо‘rinishi va mazasi yomonlashadi.