Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija


Sut sardagida yopilgan tuxum



Yüklə 171,31 Kb.
səhifə13/22
tarix12.05.2023
ölçüsü171,31 Kb.
#112494
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Tuxum va tvorogdan taomlar

Sut sardagida yopilgan tuxum. Oq bulka non kesib qovuriladi. Buning uchun non qobig‘idan tozalanib, tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklida kesilib, о‘rtasi bir oz kesib tashlanib chuqurroq holga keltiriladi va sariyog‘da ikki yoqlama qovuriladi. Tuxum «xaltacha» usulida pishirilib, pо‘chog‘i tozalanadi. Yog‘langan porsiyali tovaga qovurilgan non qо‘yib, ustidan tuxum, uning us­tidan о‘rta quyuqlikdagi sut sardagi quyiladi, ustiga qirilgan pishloq sepilib, yog‘ purkaladi, qovurish shkafida sarg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha yopib iste’molge tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda porsiyali tovada ustidan sariyog‘ quyib beriladi.
Tuxum 2 dona, bug‘doy noni 20 gr, sariyog‘ 10 gr, sardak 100 gr, pishloq 6,5 gr. Sof og‘irligi 175 gr.
Sovuq va issiq tvorog taomlari
Tvorog taomlarining ovqatlanishda ahamiyati yuqori hisoblanadi, chunki tvorog tarkibida 16,6% oqsil, 18% gacha yog‘, kо‘p miqdorda kalsiy tuzlari (140%), A, YE va V guruhidagi darmondorilar bor.

Tvorog tarkibidagi yuqori konsentratsiyali sut oqsili va yog‘, kam uchrovchi aminokislotalar, kalsiy, fos­for tuzlari kishi tani hayot faoliyatini meyorida о‘tishida о‘z tasir kuchini kо‘rsatadi, bu bilan tvorog mahsulotining ahamiyatini yanada oshiradi.


Tvorog taomlari bolalar va parhez taomlarida ko’b ishlatilishiga sabab, tvorog tarkibidagi oqsil davolash xususiyatiga ega ekanligi bilan birga kо‘p miqdorda mineral moddalarga ham egadir. Sanoatda tvoroglar tarkibida 20% gacha yog‘i bо‘lgan yog‘li 9—10% gacha yog‘i bо‘lgan yarim yog‘li va yog‘siz holda ishlab chiqariladi. Yog’li tvoroglar asosan sof holda tarqatish uchun tvorog massasi tayyorlashda ishlatiladi. Yog‘siz tvorog­lar sirniklar, zapekankalar, vareniklar, tvorog qiymalariny tayyorlashda ishlatiladi. Tvorog taomlarini tayyorlashda sariyog‘ qо‘shish mumkin.
Tvоroglardan taom tayyorlashdan avval, kо‘zdan kechirilib, ozrog‘i elakdan о‘tkaziladi yoki ezuvchi mashinadan о‘tkazib eziladi. Bunda tvorog vaznining 2% ni yо‘qotiladi.
Agar tvorog suyuqroq holda bо‘lsa, qalinroq gazmolga solib press ostida siqib suyuqligi kamaytiriladi. Tvoroglarning xushxо‘rligini oshirish uchun qirg‘ichda qirilgan meva vanilinlar qо‘shish mumkin. Tayyorlanadigan tvorog taomlari sovuq yoki issiq taomga bо‘linadi. Tvoroglardan sovuq taom tayyorlash lozim bо‘lsa, pasterizatsiyalangan tvoroglar ishlatiladi.
Ishlatiladigan issiqlik usuliga qarab tvorog taomlar pishirilgan, qovurilgan va yopilgan taomlarga bо‘linadi.
Sut, qaymoq, nordonroq qaymoq yoki shakar bi­lan aralashtirilgan tvorog. Sof holda tarqatish uchun ezilmagan yog‘li yoki yarim yog‘li tvoroglar ishlati­ladi. Tvorog likobcha yoki salat idishiga tog‘ usulida solinib ustidan sovitilgan sut yoki qaymoq quyiladi.. Shakar yoki qand alohida idishda, shakar porsiyasiga 10—25 gramm hisobida qо‘shib beriladi. Sut va qaymoq alohida stakan yoki sut idishida beriladi. Agar tvorog nordonroq qaymoq bilan beriladigan bо‘lsa, tvorog о‘rtasi bir oz chuqurlashtarilib u yerga qaymoq quyib beriladi. Bundan tashqari, ustiga shakar sepib ham beriladi. Tvorogni qaymoq bilan qо‘shib berishdan av­val un i ezyladi. Ba’zi hollarda sof tvorog faqat shakar bilan beriladi.
Tvorog massasi elak yoki ezuvchi mashinadan о‘tkazilgan yog‘li yoki о‘rtacha yog‘li tvorog shakar yoki shakar upasi, yumshatilgan sariyog‘, kishmish, vanilin, asal, yong‘oq, nordonroq qaymoq hamda tuz, tomat, murch aralashmalaridan iborat bо‘ladi. Tvorog massalarini tayyorlash jarayonida sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozimligi tufayli, ularni umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash man etiladi. Shu sababdan sanoatda ishlab chiqarilgan tvorog massasiga (tuzli yoki shirin) qо‘shimcha mahsulotlar qо‘shib korxonalarda ishlatiladi.
Tayyor tvorog massasi likobcha yoki salat idishiga uyib solinib yoki qandolatchilik qopchig‘idan chiqarib idishga solib beriladi. Tarqatishda yangi yoki konservalangan meva murabbo yoki salat qо‘shib berila­di. Tvorog massasidan yana buterbrod tayyorlashda yoki-alohida taom sifatida ham foydalaniladi. Kishmish yoki asal bilan aralashtirilgan tvorog. Kishmish sa-ralanib, yuvilib, suvi silqitiladi. Vanilin biroz issiq suvda eritiladi. Tayyorlangan mahsulotlar, asal, ezilgan tvorog massasiga qо‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Tarqatishda likobchaga uchburchak, konus yoki pi­ramida shaklida solib (porsiyasiga 100—200 g. hiso­bida) beriladi.
Yong‘oqli tvorog massasi. Yong‘oq yoki danak chaqilyb, pо‘chog‘i tozalanib, qaynab turgan suvga botirib olinadi va po’sti artilib maydalab chopiladi. Danakni duxovkada qizarguncha qovurib olinadi.
Shirin tvorog massasi likobchaga solinib, ustidan nordonroq qaymoq quyiladi, maydalab chopilgan yong‘oq sepilib, pallacha shaklida Kesilgan apelsin yoki man­darin bilan bezatiladi.
Tvorog massasi nordonroq qaymoq bilan. Tuzli yoki shakarli tvorog massasi likobchaga uyib solinadi, о‘r­tasi bir oz chuqurlashtirilib, nordonroq qaymoq quyi­ladi. Tuzli tvorog massasiga bir oz zira qо‘shsa ham bо‘ladi.
Tvorog massasi 102, nordonroq qaymoq 25. Sof og‘irlik 125..
Pishirilgan ta o ml a r. Tvorogdan tayyorlanadigan pishirilgan taomlarga tvorog solingan chuchvara va bug‘da tayyorlangan pudinglar kiradi.

Yüklə 171,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin