Yopilgan taomlar. Yopilgan tvorogli taom-darga zapekanka va pudinglar kiradi. Pudinglarni zapekankalardan farqi ularni g‘ovakliligidadir. Pudinglarni tayyorlashda tuxum oqi kо‘pirtirib solinadi. Undan tashqari kishmish, yong‘oq, vanilin, danak mag‘zi ham solinishi mumkin.
Tvorog zapekankasi. Yog’siz tvorog ezilib, bug‘doy uni yoki quyuq manna bо‘tqasi, shakar, tuxum, tuz qо‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Yog‘lanib urvoq sepilgan chuqur temir tovaga yoki porsiyali tovaga qalinligi 3—4 sm qilib tayyorlangan mahsulot solinadi, usti tekislanib tuxum yoki nordonroq qaymoq surtilib, qovurish shkafida 250°S darajada qizg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha saqlanadi. Chuqur temir tovada yopilgan zapekanka bir oz sovitilib, kvadrat yoki tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklda porsiyalarga bо‘linadi. Tarqatishda likobchaga zapekanka qо‘yilib, alohida idishda nordonroq qaymoq yoki sut sardagi beriladi.
Tvorog 141, manna yormasi 10, yoki bug‘doy uni 12, shakar 10, tuxum 1/10 dona, oshxona margarini 5, urvoq 5, nordonroq qaymoq 5. Tayyor zapekanka vazni 150, sardak 75 yoki nordonroq qaymoq 25 g. Sof og‘irligi 225, 175.
Yopilgan tvorog pudingi. Tvorog eziladi, tuxum sarig‘i oqidan ajratiladi va oqi kо‘pirtiriladi, manna yormasi donador bо‘tqa holida pishiriladi. Tayyorlangan tvorog tuxum sarig‘i, manna yormasi bо‘tqasi, shakar, kishmish, yumshatilgan sariyog‘, tuz, vanilin, yong‘oq mag‘zi yaxshilab aralashtiriladi. Yog‘lanib urvoq sepilgan tova yoki chuqur temir tovaga solishdan avval kо‘pirtirilgan tuxum oqi aralashtiriladi.

Tayyor tvorog massasi qolipli idish yoki chuqur temir tovaga solinib, usti tekislanadi, tuxum, nordonroq qaymoq yoki lyezon (tuxum, shakar, nordonroq qaymoq, sut aralashmasi) surtib, qovurish shkafida 25—35-daqiqa davomida yuzida qizg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha ushlanadi. Chuqur tovadan puding 5—10 daqiqa sovitilib, kvadrat yoki tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklida kesib, porsiyalanib likobchaga solib yoki porsiyali tovaning о‘zida tarqatiladi. Tarqatishda puding ustiga eri-tilgan sariyog‘ yoki sut sardagi yoki nordonroq qaymoq quyib beriladi.
Tvorog 152, manna yormasi 15, shakar 15, tuxum 1/4 dona, kishmish 20,4, oshxona margarini yoki sariyog‘ 5, vanilin 0,02, urvoq 5,. nordonroq qaymoq 25 yoki sardak 75. Sof og‘irligi 220, 275.
Dostları ilə paylaş: |