«Dangasa» tvorogli chuchvarasi. Bu chuchvarani farqi tvorog xamirga о‘ralmagan holda tayyorlanishidadir. Ezilgan tvorogga xom tuxum, shakar, tuz, mо‘ljallangan unning 3/4 qismi qо‘shib aralashtiriladi, urib pishitiladi. Qolgan 1/4qismdagi un stol ustiga sepilib, tayyorlangan mahsulot 1 sm qalinlikda bir xil yoyilib, kengligi 2—2,5 sm qilib tо‘rtburchak yoki romb shaklida kesib tayyorlanadi. Agar aralashma о‘qlog‘ shaklida qilib tayyorlansa, u kо‘ndalangiga yumaloq shaklida kesiladi. Agar chuchvarani saqlash lozim bо‘lsa, un» tvorogli chuchvara saqlangan sharoitda saqlanadi. Pishirish uchun qaynab turgan tuzli suvga solinib, 4—5 daqiqa davomida past haroratda qaynatiladi. Tarqatishda suyuqlikdan suzilib, bir oz suvi silqitilib, isitilgan likobchaga solib ustidan sariyog‘ yoki alohida nordonroq qaymoq quyib beriladi. Agar chuchvara kо‘proq miqdorda tayyorlansa tvorog massasiga shaker solinmay tayyorlanadi, chunki shakar tvorog massasin» suyultirib yuboradi. Mо‘ljaldagi shakar miqdori tayyor taom ustidan sepib beriladi.
Tvorog 159, bug‘doy uni 22, tuxum 1/4 dona, shakar 11, tuz 1,5,. xom chuchvara vazni 190, margarin yoki sariyog‘ 10 yoki nordonroq qaymoq 25, shakar 20. Sof og‘irligi 210, 225, 230.
Bug‘da pishirilgan tvorog pudingi. Tvorog ezilib, saralab yuvilgan kishmish, tozalab,. maydalangan yong‘oq, xom tuxum sarig‘i, shakar, vanilin, donador manna bо‘tqasi qо‘shib aralashtiriladi. Tuxum oqi yaxshilab kо‘-pirtiriladi va tayyorlangan aralashmaga qо‘shgan zahoti yog‘langan formaga 3/4 qismda tо‘ldirib solinadi,, yuzi tekislanib, urvoq sepiladi va 20—30 daqiqa davomida bug‘da pishiriladi.
Tayyor puding tarqatishda bir oz soovitilib, formasidan bо‘shatiladi, likobchaga solib, bir chetiga yoki alohida idishga nordonroq qaymoq yoki murabbo yoki shirin meva sardagi qо‘shib beriladi. Donador manna srmasi bо‘tqasi sutda tayyorlanadi.
Qovirilgan tvorog taomlariga sirnik va tvorogli blinchik kiradi.
Tvorogli sirnik. Sirnik shirin, shakarsiz, vanilin solib tayyorlangan bо‘ladi. Sirniklarni tayyorlashda yog‘li tvorogni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Agar yog‘siz tvorog ishlatilsa, namligini kamaytirish lozim, aks holda kо‘p miqdorda un aralashtirish kerak bо‘ladi, buning natijasida sirnik sifati buziladi. (1 kg. tvorogga 120 g. gacha un, 10 g. gacha tuz , ishlatiladi.) Sirniklar manna yormasi bilan yoki quyuq manna bо‘tqasi bilan, pishirilgan kartoshka bilan, bir oz dimlab pishirilgan sabzi bilan va boshqa mahsulotlardan qо‘shib tayyorlanadi. Tvorog ezilib, tuxum, shakar, un yoki manna yormasi, tuz qо‘shib, yaxshilab aralashtiriladi va porsiyasiga 2 donadan bо‘linib, shayba shakli berib usti pichoq bilan bezalib, unga belanadi. Qovurish jarayonigacha sirniklar un sepilgan patnisga qо‘yilib muzxonada saqlanadi. Qizib turgan yog‘ga sirnik solinib ikki yoqlama och qizg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha qovuriladi va 5—7 daqiqa qovurish shkafida ushlanib, iste’molga' tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda likobchaga 2 bо‘lakdan sirnik qо‘yilib, usti-ga shakar sepib yoki yoniga murabbo, nordonroq qaymoq quyib beriladi. Yana sirnik uchun alohida shirin sut, nordonroq qaymoq sardaklarini hamda nordonroq qaymoqni ham berish mumkin. Sirniklarni tarqatishdan avval asosiy usulda qovurish maqsadga muvofiqdir. Sirniklarga un qо‘shib tayyorlanganda, uning suvda eruvchanligini oshirish uchun bir oz rangini о‘zgartirmay jazlab ishlatiladi.
Tvorog 152, burdoy uni 20, tuxum 1/8 dona, shakar 15, yarim tayyor mahsuloti 170, oshxona margarini 5, nordonroq qaymoq yoki murabbo 20 yoki sariyog‘ 5, shakar 5 yoki nordonroq qaymoq 10, sar-lak 75. Sof og‘irligi 170, 155, 180, 225.
Dostları ilə paylaş: |