Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə23/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

bo„pqoldi” iborasi Muhammadjon aka tomonidan kasalxonada yotgan paytida
aytilgan. U tez-tez kasal bo„lib, dam uyda, dam kasalxonada yotgani uchun o„z 
holatiga qarab aytadi.
Yusuf Muhammadjon akani ko„rishga uyiga kelganida uni imlab o„ziga 
tortadi. Muallif tomonidan Yusufni yaqinroq o„tirishga, quloq tutishga qo„li bilan
ishora qilgani keltirib o„tiladi. Yana shu o„rinda Muhammadjon akaning Yusufga: 
”Shoshma, jiyan, shoshma. O„zingni bos, sekinroq gapir, eshikning ham 

qulog‟i bor, axir!” deya murojaati keltiriladi.
Asarda o„zbek millatining mustaqillikka erishgani, barcha yeru-mulkiga ega 
bo„lgani haqida hikoya qilingan. Saidning mast holda Yusuf bilan suhbatlashib
o„tirganda yoshlikdagi davrlarini eslab qo„msaydi. So„nggi gapi millatning 
bugungi kuniga burilib ketadi, shunda “-Nihoyat, o„zbekning yelkasiga ham oftob 

tegdi” deb Yusufga o„zicha ma‟ruza qiladi.
Voqea rivojida tog‟da Amir duch kelgan qariya haqida ham berilgan. U tog‟da 
cho„ponlik qiladi. Tong saharda ko„k gumbazini to„ldirib kelayotgan qop-qora
bulutga ko„zi tushgach, vahima bosadi. U kechasi bilan Ulug‟tog‟ tomonlarda jala 
quyganligini taxmin qildi. Jala selga aylanib, pastga oqib qolishidan vahimaga
tushadi. Shunda “Qariyaning bo„lsa ichini it tirnardi” iborasi ishlatilib, podani 
qayoqqa haydash tepagami yoki bu o„rinsiz tashvishmi deb ikkilanadi.

U omadi kulib boqqan davrida birovga ko„ngil ochmagan odam, endi-omad 

yuz o„girganda yurak dardini to„kib solgisi kelmoqda. Bu o„rinda “omadi kulib
boqqan”, “birovga ko„ngil ochmagan odam”, “omad yuz o„girgan”, “yurak dardini 
to„kib solgisi kelmoq” iboralari bir insonga – Saidga, uning o„z mansab
pog‟onasidan tushib dardlashgani odam topolmay, Yusufning oldiga borgandagi 
holatiga nisbatan qo„llangan. U omadi kulib boqqanda Yusufni xayoliga ham
keltirmasdi. Bu paytda birovga ko„ngil ochishi uchun sabab ham yo„q edi. Omad 
undan yuz o„girganda esa Yusufni yodiga oladi.
Asarda Amir tomonidan ichki monolog ham kiritilgan bo„lib, u qahramon
his-tuyg‟ulari, unga bog‟liq voqelarning qaysidir tomonlari haqida o„quvchiga
qo„shimcha ma‟lumot berish uchun kiritiladi. Bu borada uning kasalxonadagi o„z-



67


o„zini taftish qilgandagi holati ahamiyatga molik: ”-Yo„q, yo„q. Yusuf haq 

bo„lolmaydi, axir, bir menmi ichidagini ro„yobga chiqarolmay kun kechirayotgan? 

Demak, boshqalar ham men singari kasal. Ruhiy kasal!.. Demak, mening 

muammom birgina shaxs muammosi emas, balki ko„pchilikning muammosi, 

ko„pchilikning dardi. Shundaymi? U holda mening omadsizligimning ildizi 

jamiyatning bag‟riga borib taqaladi-ku! Demak, mening fojiam jamiyatning 

fojiasidir. Shoshma-shoshma, qaysi jamiyatning? Axir, men sho„ro davrida dardga 

chalinib, hozirgi vaqtda uning zaqqumini ichmayapmanmi? Bundan chiqadiki, 

mening muammom avvalo shaxsiy, oilaviydir. Har qanday jamiyatda: xoh u 

rivojlangan bo„lsin, xoh qoloq, xoh demokratik, xoh diktatorlik, qat‟i nazar, 

odamzodning bular daxl qila olmaydigan baxtu-baxtsizligi mavjudligi bilan 

izohlanmaydimi mening taqdir yozig‟im? Ha-ha, xuddi shunday, mening fojiam 

va eski va na yangi tuzumning mahsuli, uni faqat insonning tug‟ilishi va o„limi 

o„rtasidagi oq-qora yo„li orqaligina tushuntirish mumkin bo„lar balki… Lekin 

Yusufga bir narsada haq beraman: inson haqiqatan ham o„z orzu-havaslarini 

imkon qadar amalga oshirib yashashga intilishi zarur ekan, aks holda bo„g‟ilgan 

yoki tiyilgan ehtiyoji alal oqibat uning o„zini mahv etadiganga o„xshaydi. 

Bordan yo„q, yo„qdan bor bo„lmaydi, deydi fizika. Demak, tortilgan zahmat 

qaydadir mening ichimda fasod bog‟lagani va bilimsiz ravishda o„y-fikrlarim, 

xatti-harakatlarimga ta‟sir o„tkazayotgani aniq. Yo‟qsa, nega men bunaqa 

g‟ayritabiiy qiliqlar qilayapman, nega bu yerda- jinnixonada yotibman?..Tavba, 

men go„yo hammasini tushunib turgandekman, biroq nima uchun o„zimni qo„lga 

olib, hayotimni boshqatdan boshlay olmayman? Nega buncha abgorman? Nega 

hech bir ishga, hatto istamakka ko„nglim chopmaydi? Axir, uyda xotinim, o„g‟lim 

va ikkita qizim bor, o„zimning-ku poyezdim ketib bo„ldi, endi hech bo„lmasa 

farzandlarimning kelajagini o„ylab, irodamni to„plasam, foydali ish bilan 

shug‟ullansam bo„lmaydimi? Nega shug‟ullanmayman?.. Nega, nega, nega?.. “
Amir bu fikrlarini kasalxonada o„ylab, o„zining o„tmishi-yu bugunini 
mushohada qiladi. Endigi maqsadini belgilaydi. Ichki monolog bir tomondan
qahramonning ruhiy olamida kechayotgan o„y-xayollari, niyatlarini tahlil qilsa



68


ikkinchi tomondan asar kompozitsiyasiga ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatadi.
Qahramon haqida boshqa ma‟lumotlarni kiritib u haqda to„liq tasavvur qilishga 
yordam beradi.
“Hamma Yusufga dahshat bilan qaradi. Yusuf xuddi yaralanib o„rmonni 



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin