4
KIRISH
Tadqiqot mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Milliy istiqlolimiz tufayli
barcha sohalarda bo„lgani kabi adabiyotimizda ham qator yangilanishlar ro„y
bermoqda. Yozuvchilarning ijodida shakliy va mazmuniy yangilanishlar bilan bir
qatorda so„z san‟ati, ijod sohasidagi qarashlarida ham o„zi xos yangicha qarashlar
namoyon bo„lmoqda.
“Adabiyot – so„z san‟ati, azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat
jarchisi
bo„lib
keladi.
Xususan,
mustaqillik
yillarida
yurtimizda
ma‟naviyatimizning g„oyat muhim va uzviy qismi bo„lgan
adabiyotni
rivojlantirish, shoir va yozuvchilarmizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib
rag„batlantirish bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlar o„z
hosilini berayotgani,
badiiy adabiyotimiz mavzular ko„lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham
rang-barang bo„lib borayotgani, adabiyot maydonida
yangi-yangi nomlar paydo
bo„layotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi.
Bularning barchasi milliy
tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar
ochib berganini yana bir bor ko„rsatadi,”
1
– deb ta‟kidlaydi
Prezidentimiz
I.A.Karimov.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach,
adabiyotga, ijod ahliga bo„lgan e‟tibor
yanada ortdi. Jamiyatning in‟ikosi bo„lgan adabiyot davr bilan hamnafas
yangilanib,
ham ham janriy, ham mazmuniy takomillashib bormoqda. Shu
ma‟noda bugungi o„zbek nasrining ko„zga ko„ringan ijodkorlaridan biri Ulug„bek
Hamdam ijodi shakliy va mazmuniy yangilanishlarga boyligi,
davrning dolzarb
muammolarini o„ziga xos tarzda yoritib berganligi, ramziylikning ustuvorligi bilan
xarakterlidir. Yozuvchi asarlarini o„rganish, uning o„ziga xos uslubi, obraz hamda
xarakter yaratish usullaridagi an‟anaviylik va novatorlikni tadqiq etishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
1
Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma‟naviyat. 2008-yil. 137-bet.
5
Ulug„bek Hamdam ijodida an‟ana va novatorlik masalasi adabiyotimizda u
yoki bu jihatlari bilan yoritilgan bo„lsa ham, yaxlit holda tadqiqga tortilmagan.
Mazkur ishning dolzarbligi ana shu bilan belgilanadi.