2.2. Ulug„bek Hamdam hikoyalaridagi novatorona yondashuv masalasi
Ulug„bek Hamdam ijodi yangilikka, yangilanishlarga boy. Bu haqda
adabiyotshunos olimlar, tanqidchilar ham alohida e‟tirof etadilar. Jumladan, adabiy
tanqidchi U.Normatov shunday yozadi: “Yolg„izlik” nomi ostida chop etilgan
to„plamidan o„rin olgan qissa va hikoyalarini o„qib ko„ring-a, ularning barchasida
Ulug„bek va unga tengdosh, zamondosh, maslakdosh o„tish davri yangi adabiy
avlod qalbidan kechayotgan yangilanish, evrilishlar jamiki qirralari, tovlanishlari
bilan namoyon bo„lganiga ishonch hosil qilasiz. Yetmish yillik mafkuraviy
tazyiqlar, qolip tusini olgan mustabid tafakkur asoratlaridan ozod erkin
17
mushohada, o„z qalbida atrofida yuz berayotgan jarayonlarni o„zgacha, yangicha
idrok etib, o„zgacha yo„llarda talqin etish hollari Sizni hayratga soladi”
12
.
Darhaqiqat, bugungi kun o„zbek adabiyoti vakillari orasida Ulug„bek
Hamdam o„zining chuqur sermazmun roman va hikoyalari bilan xalq og‟ziga
tushgan yozuvchilardan biridir. Uning “Muvozanat”,”Isyon va Itoat”, “Sabo va
Samandar” kabi romanlari, “Uzoqdagi Dilnura” qissa va hikoyalar to„plami XX
asr o„zbek adabiyotida o„z o„rniga ega. Shuningdek, “Tangriga eltuvchi isyon”,
“Atirgul” va “Seni kutdim” she‟riy to„plamlari, “Badiiy tafakkur tadriji”,
“Yangilanish ehtiyoji”, “Yangi o„zbek sheriyati” nomli monografiyalari ham nashr
etilgan.
Ulug„bek Hamdam zamonaviy o„zbek adiblari orasida asarlari boshqa tillarga
ko„p o„girilayotgan va O„zbekistondan tashqarida e‟tirof etilayotgan oz sonli
ijodkorlardan biridir. Uning “Isyon va itoat” romani, “Yolg„izlik” qissasi, o„nga
yaqin hikoyasi va she‟rlari ruschaga tarjima qilindi. Ijodkorning “Tosh” degan
hikoyasi va bir qancha she‟rlari ingliz tiliga o„girildi. “Muvozanat” romani va
“Tosh” hikoyasi Amerikada e‟tirof etildi. Ulug„bek Hamdam Mavlono Rumiyning
“Ichindagi ichindadir” (2001) va professor U.Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi
tarixi” nomli asarlarini turk tilidan o„girdi.
Ulug‟bek Hamdam asarlari bugungi kunda allaqachon o„z o„quvchilarini
topgan. Uning asarlari o„quvchini tanlaydigan asarlardir. Ijodidan bahramand
bo„lmoqchi bo„lgan o„quvchida ma‟lum intellektual tayyorgarlik bo„lishi kerak.
Chunki “Ulug‟bek Hamdam asarlaridagi murakkab ramzlar uncha-muncha
o„quvchiga og‟ir tuyulishi hech gap emas. Eng muhimi shuki, Ulug‟bek Hamdam
o„quvchini faqat o„zigagina xos bo„lgan ruhiy olami bilan tanishtiradi. Ulug‟bek
mavzu va uslub tanlashda, bayon va asar tuzilishida hech kimga taqlid qilmaydi.
Hatto unda kimdandir ijodiy ta‟sirlanish degan taqlidning nozik shaklini ham
payqamaysiz”.
13
Ulug‟bek Hamdam asarlarini mutolaa qilgan o„quvchi o„zbek
adabiyotida shakl va ma‟nodagi yangilanishlardan yaxshi xabardor bo„ladi. Chunki
12
Норматов У. Кичик жанрнинг катта имкониятлари// Хамдам У. Ватан ҳақида қўшиқ. –T.: Академнашр,
2014. Б.425.
13
Rahmat R. “Vatan haqida qo`shiq” ni tinglab…// Kitob dunyosi gazetasi N 16 (187) 2014-yil 2-avgust 7-bet
18
uning asarlarida hozirgi nasrimizda kechayotgan tub o„zgarishlarning barcha
qirralari o„z aksini topgan. “Ulug‟bek Hamdam asar shakli va ma‟nosini o„z
ichidan izlab topadi. Uning yozganlarini o„qiyotganda jahonga mashhur qaysidir
yozuvchining qandaydir asari yodingizga tushmaydi. Asar yaratish uslubi,
ramzlari, iztirob va ruhiy izlanishlari o„zinikidir”.
14
Yozuvchining bir qator hikoyalari ixcham janr - hikoyaning noyob qirralari,
imkoniyatlarini kashf eta oldi. Ulardagi ham dunyoviy realistik, ham xayoliy-
romantik, ham so„fiyona ilohiy talqinlar sintezi - garmoniyasi asarlar poetikasiga
ayricha qiyofa baxsh etadi. Jumladan, “Bir piyola suv”, “Musulmon”, “Tosh”
hikoyalarida ana shu sintezning o„ziga xos talqinini kuzatish mumkin. Ularda
betinim fikrlovchi shaxs hikoyalarning qahramoni tarzida namoyon bo„ladi.
Ulug„bek Hamdam hikoyalarining yana bir xos xususiyati ko„p holllarda
asarlaridagi roviy bilan qahramonni ajratib bo„lmay qoladi. Bir qator hikoyalarning
monolog tarzida bitilganligi ham bejiz emas. Ayniqsa, muallifning tush-hikoyalari
monolog tarzida bitilgan. Jumladan, adibning “Vatan haqida qo„shiq” to„plamiga
kiritilgan 12 ta hikoyadan 6 ta tush-hikoya bo„lib, ulardan 4 tasi monolog tarzida
bitilgan. Mazkur hikoyalarda tizginsiz o„y-tafakkur talqini, inson ruhiyatining
taftishi aks ettirishda ritorik so„roq, emotsional-ekspressivlik bilan to„yintirilgan
nutq ifodasi yetakchilik qiladi.
“Lop etib hammasi yodimga tushdi. Axir... mening vazifam bormasmidi,
juda muhim topshiriq bilan yo„lga tushmaganmidim?! Keyin... keyin to„satdan
qosh qorayganini payqab, dahshatdan kesakday qotdim: hammasi sob bo„ldimi?!
O„z zimmamga yuklatilgan muqaddas vazifani uddalayolmay dog„da qoldim deya
baqirmoqchi bo„ldim... lekin ovozim chiqmadi, chiqmadi-yu, hayqiriq naq
miyamda portlaganini aniq his qildim...”
Bir piyola suv ichaman deb butun umrini uning to„loviga sarflagan
insonning qismati tasvirlangan “Bir piyola suv” hikoyasi ramziy-majoziy,
mifologik tasvirlar asosiga qurilganligi, kutilmagan yechim bilan kitobxonni
hayratda qoldirishi kabi sifatlari bilan ayricha xususiyat kasb etadi. Maxsus
14
Rahmat R. “Vatan haqida qo`shiq” ni tinglab…// Kitob dunyosi gazetasi N 16 (187) 2014-yil 27-avgust 7-bet
19
topshiriq bilan yo„lga chiqqan yo„lovchi nafsning yo„liga kirib yoshligini, butun
imkoniyatini, hayotini boy berdi. Eng achinarlisi, izlagani o„zida, o„zligida edi.
Yo„lovchining qaytib kelganida aravasidan tomchib turgan suv uning aql ko„zini
ochadi. Afsuski, vaqt o„tib bo„lgan, g„isht qolipdan ko„chgan edi.
Ruhiy-psixologik talqinlar bilan boy tasvirlar qahramonning holatini aniq
berish barobarida kitobxonga ham ushbu ruhiyat tasvirini “yuqtiradi”. Asarni
o„qish mobaynida ayni holat kitobxonda ham kechayotgandek tasavvur uyg„otadi.
Savollar va murojaat shakllari esa kitobxonni oddiy retsidientlikdan asardagi
voqelikning ishtirokchisiga aylantiradi. Ulug„bek Hamdamning asarlarini, xususan,
hikoyalarini ham shunchaki o„qib bo„lmaydi. Ularda inson tafakkuri, ruhiyatidagi
o„zgarishlar ayni o„zgarishlarga mos usulda beriladi. Umuman olganda, adabiy
tanqidchi U.Normatov ta‟kidlaganidek, “Ulug„bek Hamdam hikoyalariga nazar
tashlasangiz, muallif badiiy tafakkurida to„xtovsiz o„zgarish, yangilanish jarayoni
kechayotganligiga, miqyos-ko„lamning tobora kengayib borayotganligiga amin
bo„lasiz”
15
.
Bu yangilanishlar, tafakkurdagi o„zgarishlar butunlay yangicha shaklda ham
taqdim etiladi. Ya‟ni muallifning tush hikoyalari an‟anaviy hikoyachilikning
novatorlik asosida ro„yobga chiqarilgan mahorat samarasidir. Bu haqda
U.Normatov shunday yozadi: “Avvalgidek, yangi yozilgan hikoyalarida ham
xayolot bilan reallik, tush va o„ngda kechgan hodisalar yondosh holda keladi,
hodisalarni xilma-xil rakurslarda turib yoritish an‟anasi davom etadi. Ammo yangi
hikoyalardagi hodisalar talqini, falsafiy-badiiy mushohadalar ko„lami hiyla keng,
teran. “Ko„nglimdagi daryo”, Unutilgan nay navosi”, “Ko„zini ochib yumgan
odam”, “Pillapoya”, “Bir piyola suv”, “Musulmon” hikoyalarining har birida
romanga arzigulik teran poetik ma‟no mujassam. Janrning kichik jussa, yelkasiga
romanga xos salobatli yuk ortilgan. Eng muhimi, ularda so„nggi yillar
adabiyotimizda, qolaversa, jahon adabiyotida ham tansiq bo„lib turgan o„ziga
yuksak ideallarni tashuvchi, idealga intiluvchi qahramonlar birin-ketin bo„y
ko„rsatayotir”.
15
Норматов У. Кичик жанрнинг катта имкониятлари// “Ватан ҳақида қўшиқ. –T.: Академнашр. Б.425.
20
“Musulmon” hikoyasida egizak aka-uka Hasan bilan Husan orasidagi diniy
e‟tiqod va real hayot, bu yorug„ dunyo gultoji atalmish inson oldidagi burch
muammosiga yondashuv xususida so„z boradi. Butun asar davomida reallik va
qisman sirli-sehrli g„aroyibot orasida kechgan voqea-hodisalar, bahs-munozaralar
ifodasi, talqini oxir-oqibat inson himmatining ustuvorligi bilan yakunlanadi. Bu
asarga epigraf qilib olingan hazrat Navoiyning
“Kimki bir ko„ngli buzug„ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka‟ba vayron bo„lsa, obod aylagay”
degan shoh bayti tasdig„i bilan yakunlanadi.
Asarda bir ota-ona farzandlari bo„lgan, hatto bir fursatda tug„ilgan, bir
muhitda yashagan ikki farzand, ikki insonning ikki olami talqini kontrast usulda
chuqur ko„rsatib berilgan. Bir muammoga ikki xil qarash, ularning har birini
o„ziga xos asosi bor. Biroq bu asoslar ezgulik oldida, insoniylik oldida qanday
qimmat kasb etadi. Bu asar davomida ochib boriladi. Hikoyaning tag zaminida
Naqshbandiyning “Dil ba yoru, dast ba kor” falsafasi sezilib turadi.
Hikoya qahramonlaridan Hasan solim e‟tiqodni sidqidildan qilingan
ibodatda ko„radi. E‟tiqodga soya soluvchi har qanday voqea-hodisadan hadiksirab
yashaydi. Ibodat paytida biror narsaga chalg‟ishni istamaydi: “Avval ibodat,
keyin madad”, - bu uning kundalik shioriga aylanib ketgan. Husan esa ezgu
amalni birlamchi deb hisoblaydi. Qo„lidan kelganicha boshqalarga ezgulikni ravo
ko„radi. Egizaklarning har bir xatti-harakati, muloqot va bahslari bir g‟aroyib qush
hamrohligida tasvirlab boriladi. Dastlab bu qush oddiy parranda sifatida hikoyaga
kirib keladi: “Ko„klam keldiyu, hovlidan bir qushcha ketmas bo„ldi... “
Otalari betobligidan xabar topishib, egizaklar yo„lga otlanishganda qushlar
ham juftlashib, ularga hamroh bo„ladi. Bekatlardan birida ovqatlanib bo„lgach,
“daraxt poyida ibodat qilishar ekan, tuyqusdan tepalarida vijir-vijir boshlanib
qoldi. Husanning diqqati bo„linib, pichirlab aytayotgan oyatlar tiliga kelmay
tutildi.” Hikoya davomida qahramonlarga hamrohlik qilayotgan qushlar ramziy
obraz sifatida kiritilganiga guvoh bo„lamiz: “Hammasiga o„xshasayam baribir
boshqa qush bular!”
21
Hasan-Husan xasta otalarini ziyorat qilayotganlarida qushlar yana hozir-nozir
bo„ladilar. Qaytayotganlarida dovonda to„xtab, “so„raganlar ko„p”ligi uchun non
xarid qiladilar. O„shanda ham “qushchalar teparoqda charx urib o„z tilida
nimalarnidir so„ylashgancha aylanishardi”.
Egizaklar ustida tinimsiz charx uradigan sirli qushlar bir marta, o„shanda ham
Hasan-Husanlar o„g‟li tengi yigitchalar tepkilayotgan bir kimsani qutqarish uchun
borganlarida o„zlarini g‟alati tutadilar. Bu kimsaning shayton suviga qaram
bo„lganini bilgan ”Husan nima qilishini bilmay serrayib turib qolgandi, ko„k
yuzida paydo bo„lgan qushchalarning vijir-vijiridan sergak tortdi. Qarasa, Hasan
masjid tomon odimlab, qushlar ham o„sha yoqqa uchib boryapti ekan...” Voqealar
so„ngida kutilmagan hodisa ro„y beradi. Masjid shiftidan ko„chib tushgan ganch
parchasi bir qariyaning uvishib qolganidan uzatib o„tirgan oyog‟i ustiga tushadi.
Og‟ir ahvolda qolgan, oyog‟i singan mo„ysafidni tashqariga olib chiqadilar.
Qariyani og‟ir ahvolda tashlab ketishga ko„ngli bo„lmayotgan Husan mashina
to„xtatib, uni kasalxonaga olib jo„naydi. Qushlardan biri mashinaga ergashib
parvoz qiladi. Hasan esa ibodatga chorlayotgan azon tovushini eshitib, masjidga
shoshadi. Unga ergashib uchib borayotgan qushcha esa, bezovtalanib, charx uradi,
keyin esa osmonga ko„tarilib, ko„zdan g‟oyib bo„ladi. Gap shundaki, qushchalar
ko„zdan g‟oyib bo„lishi bilan qiyg‟os gullagan o„rik ham oppoq gullarini duvva
to„ka boshlaydi. Hikoya quyidagi umidvor jumla bilan nihoyasiga yetadi: “Daraxt
gullashdan charchamasa, qushcha ham qaytib qolar axir...”.
Asarda qo„shaloq qushlar e‟tiqod va ezgu amal timsoli. Sof va samimiy
e‟tiqod gul bo„lsa, ezgu amallar uning mevasidir. Shuning uchun ham Ulug‟bek
Hamdam qadimiy ramzlar orqali zamondoshlarga o„z da‟vatini, falsafiy
mushohadalarini yetkazmoqchi bo„lgan.
Ulug„bek Hamdam asarlarida, xususan, hikoyalarida ham o„zni anglash,
kelish-ketishning mohiyatni teran anglash bosh mavzudir. Hikoyalardagi nafaqat
inson, hatto jonzotlar, tabiat hodisalari jumladan, oy ham ana shu anglash,
anglanish yo„lida.
22
“...va u yerga ko„milgan xazinani ko„rish umidida ko„zini katta ochib qaradi:
yo qudratingdan, tushmi bu yo o„ng? To„lin oy qarshisida o„ziga quyib qo„ygandek
yana bitta oy turardi! Jilmaysa, jilmayar, xo„mraysa, xo„mrayardi. To„lin oy
o„zini tanidi! ...to„lin oy botiniga quloq berib, boshqa hech kim va hech nimani
istamayotganini tuyib qoldi...” Chunki u o„zini, o„z botinini, oy bo„lib yaralganlik
qismatini anglab bo„lgan edi. Adib yaratgan har bir obraz hayotdagi o„rnini
anglashga, kelish-ketishning ma‟nisini oydinlashtirishga intiladi.
“So„z” hikoyasida ham novatorona yondashuv guvohi bo„lamiz. Unda
“O„tgan kunlar” romanidagi Yusufbek hoji kabi ayolining barcha chaladumbul
holatlariga chidab kelayotgan er obrazining an‟anaviylikdan chekingan yangicha
talqinini ko„ramiz. Bir og„iz so„z bilan umrining besamar ketganligini anglagan
erning ruhiy qiynoqlari, birgina so„zning inson umriga ulkan ta‟siri o„zgacha bayon
uslubida bayon qilinadi. Butun umrni bema‟ni qilgan, xotirani zahalagan so„zdan
er “asabiylashar, siqilar, ezilar, erning ichi kundan-kun sho„rlab borar”, “erkakning
ichiga tushgan tuz zahri ortib borardi”. Bu kabi talqinlar bilan yozuvchi bir
tomondan ko„ngilning qanchalar nozik ekanligini tasvirlasa, ikkinchi tomondan
so„zning qudratiga ishora qiladi. Shuning uchun ham adib hikoyaning avvalgi
nashrdagi sarlavhasi - “Bir og„iz so„z”ni keyingi nashrida “So„z” nomiga
almashtiradi.
“Tamomila o„zgacha - rivoyat usuli, uslubida bitilgan, poetik tuzilishi, inson
qismati, ma‟no ko„lami ifodasi jihatidan “Na‟matak” ka yaqin turadigan “Safar”,
“Vatan haqida qo„shiq”- na an‟anaviy, na modern, na postmodern qolipiga
tushmaydigan hikoyalar muallif ijodida yangi bir tamoyil boshlanayotganidan
dalolat bo„lsa ajab emas”
16
-deya ta‟kidlaydi U.Normatov.
“Ulug„bekning aynan shu “qalamning qayrog„i” deb nom olgan kichik
janrda salkam chorak asrdan beri qalam tebratib, betinim izlanib, uning yangi-
yangi imkoniyatlarini kashf etishga urinayotgani, o„rtacha hikoya hajmida “mini
roman” namunalarini yaratishga urinayotgani har jihatdan tahsinga sazovor”
17
.
16
Норматов У. Кичик жанрнинг катта имкониятлари// “Ватан ҳақида қўшиқ. –T.: Академнашр. Б.425.
17
Ўша асар…
23
Har qanday san‟at asarining saviyasi uning badiiyligi, tasvir usullarining
rang – barangligi, voqealarning ketma - ketligi va xarakterning ishonarligi bilan
o„lchanadi. Hozirgi hikoyachilikning namunasi sifatida Ulug„bek Hamdam
hikoyalarida ham lirizm bilan hajviy ohang, reallik bilan g‟ayritabiylik, ertaknamo
usullar bilan fantastik elementlar o„zaro chatishib ketganki, bu o„ziga xos tasvir
usulini yuzaga keltirgan.
Hozirgi adabiy jarayonda hikoya janrining faolligi, sermahsulligi,
serqirraligi rang-barangligi adabiyotshunoslik fani oldiga ham muhim
vazifalarni qo„ymoqda. So„nggi paytlarda adabiy tanqidda hikoyachilikda yuz
berayotgan yangiliklar, ijobiy o„zgarishlar, yutuq va nuqsonlarni tez ilg‟ab, tahlil
etishga asdoydil kirishildi. Janrga xos turli muammolar bag‟ishlangan alohida yirik
tadqiqotlardan tashqari birgina hikoyani chuqur tahlil etish orqali janrning yangi
imkoniyatlari va asosiy xususiyatlarini ochib beruvchi o„nlab maxsus maqolalar
ham paydo bo„ldiki, bu adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning munosib ham
yutug„idir. Ayni tadqiqotlarning ko`pi Ulug`bek Hamdam atrofida kechayotganligi
bejiz emas.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, yozuvchi Ulug„bek Hamdam ijodida
mavzular ko„lami u qadar keng bo„lmasa-da, yangi, dolzarb muammolarning
ko„tarib chiqilishi va chuqur falsafiy mushohada asosida talqin etilishi bilan
alohida ahamiyat kasb etadi.
Ulug„bek Hamdam o„zbek hikoyanavisligi an‟analarini davom ettirgani
holda, shakl masalasining kengligi, obrazlar tanlovi, modernistik talqinlarga
murojaat jihatidan yanglanishlar kashf etdi. Ayniqsa, yozuvchining tush-hikoyalari
bayon uslubi, kutilmagan yechim bilan yakun topishi, katarsis hodisasining millat
va yosh jihatidan qat‟iy nazar chuqur anglanishi kabilar bilan yangilik kasb etadi.
Mazkur hikoyalarda mifologik, diniy, falsafiy qarashlar uyg„unlashib ketgan.
|