Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə15/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

botini g‟alayonga to„ldi… O„zini tashqariga otdi… Xotini erining orqasidan 

chopdi, o„zini zinalardan otdi… 




42


-Nima qilayapsan , to„xta!..Men senga hammasini tushuntiraman. Oldingda 

aybdorman, bilaman, inkor qilmayman, lekin sen o„ylaganchalik emas. To„xta, 

to„xtasangchi…

Tabib o„shanda to„xtagandi…nafrat to„la nigohi bilan xotinining yurak-

bag‟rini o„yib tashlagandi. 

-Nega, nega endi sen ham… - u gapini tugata olmay yutingandi. 

-Besh yil yosh ayolga uzoq muddat ekan, meni kechir… - yolvorgandi xotini. 

-Men-chi,men?!.. 

-Sening o„rningda men kechirardim. Sen ham kechirishing kerak. 

-Men erkakman axir!.. 

-Erkak odam emasmi?.. 

-Bas qil, bas!.. Qizni … qizimni xor qilma.”
Personajlarning o„zaro nutqida ko„chma ma‟nodagi so„zlar alohida o„rin 
tutgan.
Muallif qahramonlarga shaxsiy o„y-xayollarini tasvirlashni hamda o„zlariga 
baho berishni topshiradi. Bunday holatlar muallifdan xolislikni talab qiladi. Ana
shunday jarayonlarni bosib o„tgan muallifning oldiga ong oqimini tasvirlashda bir 
qator talablar qo„yiladi. Dianani tubanlikka yetaklagan muhitni batafsil tasvirlagan
holda, bevosita Akbar ta‟siridangina to„g‟ri va halol yo„lga tushib olganligini 
uqturmoqchidek tuyuladi. Shu ma‟noda adabiyotshunos B.Sarimsoqovning
quyidagi xulosalari o„rinlidir: ”Inson tafakkurining qudrati cheksiz, uning ko„lami 
va imkoniyatlari chegara bilmaydi. Fikr va xayolning samarador bo„lishi uchun
ijodkordan muayyan ijodiy niyat, izchil konsepsiya bo„lishi kerak. Ijodiy niyat esa 
u yoki bu darajadagi o„zgarishlarga uchragan maqsaddan iboratdir”.
40
Yozuvchi 

qahramon ichki nutqidan xarakterlarni chuqur tahlil qilish bilan birga, o„z


g‟oyaviy maqsadlari, orzu-istaklarini bayon qilish uchun ham foydalanadi. Misol 
uchun quyida Akbar tomonidan o„zining tahlil qilinishi buni isbotlaydi:

Mundoq o„ylab qarasam, men tanamning huzur qilib yashash yo„lidagi 



istagiga bo„sunib, o„zimni turfa qiynoqlarga giriftor qilib o„tiribman ekan. Bor-
40
Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. –T.: 2004. 86-bet. 



43


yo„g‟i-shu: jismning – erta-indin o„lib-chirib tuproqqa qo„shilib ketguvchi 

vujudning xarxashalari uchun shuncha zahmatmi? Agar zahmatning ortida 

nimadir-arzigulik qandaydir narsa, voqea-hodisa seni kutib turganda boshqa gap 

edi. Axir-natija hech-da yoki deyarli hech! Bunga qandoq chidash mumkin!?..-

Akbar o„girilib yerga yuztuban yotib oldi”. 
Yozuvchi qahramonlarning o„z ruhiy olamini ifodalashlarida o„z-o„ziga 
savollar berishi, taftish qilishi bilan ularda paydo bo„lgan ichki g‟alayonlarning
o„z olamlarida aylanishini ichki monologlarda berib o„tgan. Ular so„roq ohangi 
bilan aytilib, qahramonlar o„zlarining savollariga o„zlari bosib o„tgan butun umri
davomidan javob axtaradilar: 

Nega tug‟ildim, nega bu yaramas dunyoga keldim o„zi?!..” 

Nima bo„ldi menga, buncha ichim g‟ash bo„lmasa? … O„ttiz uch… o„ttiz 

uch yildan beri qosh qoraymasdan biron marta traktorni dalada qoldirib, uyiga 

ketgan odam emasdim, nimalar bo„lyapti o„zi menga, nega, nega o„zimni bu 

yerlarga qaytib kelmaydigandek, traktorimni boshqa ko„rmaydigandek his 

qilayapman?!...”
yoki

Avf, avf… Bilmadim ravo ko„risharmikin… Qaniydi ko„rishsa… Umr bu 




Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin