Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


II BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə18/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

II BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
II bob so‟ngida quyidagi xulosalarga keldik: 
Ulug„bek Hamdam “Muvozanat” romani bilan XX asr o„zbek adabiyotida
an‟anaviylik bilan ham yangi badiiy-estetik tafakkurni ifodalash mumkinligini
to„la isbotladi. Ayniqsa, asardagi Amir obrazi o„zbek adabiyotiga butunlay yangi
timsol bo„lib kirib keldi. Uning vositasida insonni kashf etishda adabiyotning 
ochilmagan qirralari, muammolari borligi ayon bo„ldi.
Ulug„bek Hamdam yaratgan obrazlar bugungi kunning kishilari bo„lib, 
ulardagi ko„ngil tovlanishlari, xarakterlardagi nozik qirralarini berilganligi
diqqatga sazovordir. 
Ulug„bek Hamdamning romanlari alohida mavqeda turishi, ulardagi mavzu va
g„oya uyg„unligi, o„ziga xos uslub va mahorati, obrazlarning yangicha talqinda 
berilishi, xarakterlarning hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Adibning romanlarida muvozanat tushunchasi keng va ta‟sirli ifodalanadi. 
Jumladan, har narsada me‟yor bo„lganidek, botiniy va zohiriy muvozanat, moddiy
va ma‟naviy muvozanat kabi muallif olamda muvozanat bilan muvozanatsizlik 
o‟zaro almashinib turishi qonuniyat maqomidagi hodisa, shunga qaramay, inson
dunyoning mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirishga intilib yashashi zarur, bu 
insonlik vazifa, inson hayotining mazmuni ekanligini aks ettirgan. Asardan
shunday xulosaga kelish mumkinki, butun olam muvozanat qonuni asosida turgan 
bo‟lsa, jamiyat ham, uning asosini tashkil qilgan insonlar ham ayni muvozanat
tufayli barqarordir. Muvozanat buzilgan zahoti hayotda, demak, uning a‟zolari 
orasida har xil kutilmagan o‟zgarishlar, hatto izdan chiqishlar boshlanadi.
Yozuvchining “Isyon va itoat” romani novatorona izlanishlar samarasidir. 
Unda modernizmga xos bayon uslublarini ham, asar syujetining xos qurilishini
ham, asar tilidagi ayrichalikni ham kuzatish mumkin. Eng asosiysi, insonni anglash 
yo„lidan, o„zlikni anglash sari boriladigan talqinlar adabiyot uchun yangi
topilmadir. Shuningdek, adibning “Sabo va Samandar” romanida ham bunday 
yangicha yondashuvlar salmoqli o„rin tutadi.



52



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin