tumbochkaga qo„shilib ag„anadi. Yerga urilganda tumbochkaning tortmasi
yarmigacha ochilib, dorilar to„kildi. Yusufning ko„z i ularga tushib tanidi – o„zi
olib kelgan dorilar, engashib barmog„i bilan titib qaradi – kecha olib kelgan besh-
olti doridan birontasi ochilmagan ham. Axir bularni vrach: “Juda zarur, olib
kelgan zahotingiz beramiz, najot shulardan” - demaganmidi?”
Fojeaviy voqelik tasvirida roviy goh xolis bayonchi, goh voqelikni
subyektiv tarzda – qahramonga hamdard bo„lib, barcha voqelikdan xabardor
sifatida tasvirlaydiki, bu polifoniklik va rangin tasvirni yuzaga keltiradi.
Zamonaviy epik asarlarda rivoyaning turli ko„rinishlari mavjud va ular
bugungi adabiyotdagi badiiy asarlarda sintezlashgan holda voqe bo„lmoqda. Ayni
xususiyat Ulug„bek Hamdam ijodining xarakterli jihatidir.
54
Roviy (arabcha, hikoyachi, qissa aytuvchi, xabar, ma‟lumot beruvchi) –
asarda voqelik, zamon, makon, personajlar haqida ma‟lumot yetkazib, tasvir
predmetiga u yoki bu darajada munosabat bildirayotgan shaxs
47
bo‟lib, roviy
deganda, ko„pincha, muallif, ya‟ni konkretlashtirilmagan “uchinchi shaxs”
tushuniladi. Asosan roviyning ayni turi keng namoyon bo„ladi. Odil Yoqubov,
O„tkir Hoshimov ijodi misolida personaj tilidan bayonning samarali tomonlari
namoyon etilgan bo„lsa-da, bugungi nasrda monologik tarzdagi bayonning yangi
qirralari kashf etib borilmoqda. Ulug„bek Hamdam ijodida monologik tasvir keng
o„rin tutadi.
“Axir u kishining kattaroq ishga qo„l urmagi uchun shuncha imkon beradigan
sharoiti – moddiy va ma‟naviy asosi bo„lishi shartligini biladi-ku! Nega bilib turib
aks ishlarni qiladi? Axir VATAN MANFAATI yo„q yerdan bino qilinmaydi, balki,
har bir fuqaro manfaatidan, ha-ha, aynan HAR BIR VATANDOSH
MANFAATIDAN O„SIB CHIQADI! Ya‟ni yakka shaxs manfaatiga Vatan, Vatan
manfaatiga yakka shaxs manfaatini qarshi qo„ymaslik kerak. Ular go„yo bir-birini
taqozo qilib yashovchi ikki qutb – biri ikkinchichisiz chinakamiga qad rostlay
olmaydi...”
Mazkur parchadagi qahramon ichki monologini badiiy-g„oyaviy jihatdan
monolog-muhokama turiga kiritish mumkin. Ulug„bek Hamdamning qahramonlar
ruhiy olami tasvirida monolog-mulohaza, monolog-muhokama, monolog-xayol,
monolog-xotira, monolog-orzu turlarini ham uchratish mumkin. “Muvozanat” va
“Isyon va itoat” romanlarida, ayniqsa, monolog-muhokama, monolog-mulohaza
turlari salmoqli o„rin tutadi. Monolog-mulohaza turida isyon mazmuni yetakchilik
qiladi. Bu kabi nutq turlarining namoyon bo„lishidan o„ziga yozuvining uslubiy
mahorati xoslanib boradi.
Nutq tiplarining ichida eng asosiysi baribir muallif nutqidir. “Chunki badiiy
asar syujeti va kompozitsiyasini tashkil etish, voqelikni bayon qilish usullarining
rang-barangligi, xarakter yaratish va u mansub bo„lgan sharoitni tasvirlash,
qahramonlarning ichki olamini ishonarli ochish, har bir voqea-hodisaga o„zining
47
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 12-bet
55
aniq munosabatini anglatish bevosita muallif zimmasiga tushadi”
48
. Buni
Ulug„bek Hamdamning “Na‟matak” mini romani tahlili misolida ham ko„rib o„tish
mumkin.
Istiqlol yillarida yaratilgan o„zbek romanlarida izlanish, yangilanish ruhi
kuchli. Bu hol adiblarimiz mumtoz adabiyot va jahon adabiyotidagi eng yaxshi
an‟analar va tamoyillarga hamohang ijod etayotgani tufayli yuz bermoqda.
Yozuvchi Ulug‟bek Hamdamning “Na‟matak” mini romani noan‟anaviy –
o„ta ixcham shaklda yozilgan. Uning badiiy o„ziga xosligini ta‟minlagan muhim
omillardan biri – asar hozirgi jahon badiiy adabiyoti bilan ko„p asrlik
madaniyatimiz, bebaho milliy qadriyatlarimizga xos an‟analarni qo„shib olib
borish natijasidir.
Yozuvchi o„z ijodida Sharq va G‟arb badiiy adabiyot namunalarini
umumlashtirish, sintezlashtirish an‟anasini davom ettirmoqda. Uning sakkiz
sahifadangina iborat mini-romanida uch avlod taqdiri qalamga olinadi.
Jahon adabiyotida uch avlod talqiniga bag‟ishlangan Tomas Manning
“Buddenbroklar”, Maksim Gorkiyning “Kim Sanginning hayoti” romani mavjud.
Bu avlodlar qismati orqali davrdagi o„zgarishlar ma‟lum ma‟noda taraqqiyot
timsoli deb qaralgan. Bu talqin bilan mualliflar jahon sivilizatsiyasining tarixiy
taraqqiyotini ko„rsatishga intilgan edilar. O„zbek adabiyoti vakili Tog‟ay Murod
talqinida esa uch avlod vakillari qismatinigina emas, balki bobo, ota va o„g‟ilni
bog‟lab turgan milliy xususiyatlar: yerga bo„lgan muhabbat, dehqonchilikka va
halol mehnatga intilish tuyg‟ulari ko„zga tashlanadi. Uch avlod vakillarining yana
bir o„xshash jihati o„z ayoliga va farzandiga nisbatan mehr ma‟lum mezonda,
me‟yorda saqlanadi.
“Na‟matak” mini-romanida esa uch avlodning na‟matak o„simligiga uch xil
qarashi aks ettiriladi. Na‟matak ramziy obraz bo„lib, birinchi avlod vakillari
bo„lgan qo„shnilar butani e‟zozlab, avaylab munosabatda bo„ladilar. Bu o„rinda
butun boshli avlod o„zbek millatiga, umuman olganda, bashariyatga, na‟matak
obrazi esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ishora deyish mumkin.
48
Солижонов Й. Қаҳрамон портрети ва муаллиф нутқи// Ўзбек тили ва адабиѐти. 2013.№4 Б.31.
56
Qadriyatlar e‟zoz topgan sayyorada, yurtda “na‟matak atrofidagi xushbo„y
voqealar”, to„yu tantana bo„lishligi, insonlarining “dillariga yorug‟lik inishi”
tasvirlanadi.
Ikkinchi avlod esa na‟matakka moddiy manfaat yo„lida egalik qilishga
intiladilar. Oxir-oqibat qalb ko„zlari na‟matakning go„zalligu tarovatini
ko„rmaydigan qarindoshlar butaning qurishiga va o„zlarining umr bog‟i so„lib
bitishiga sabab bo„ladilar. Milliy qadriyatlar toptalgan, eskilik sarqiti deya
qaralgan davrda qatag‟onlar ham avj olgani fikrimizga dalil bo„la oladi.
Uchinchi avlod davriga kelib buta qayta bosh ko„taradi, ammo alamzada
avlod vakilasi nomini ham bilmaydigan o„simlikka ikkilanish bilan boqadi. Ammo
azaliy va o„lmas qadriyatlar yoshlar qalbini egallaydi. Romandagi chuqur
obrazlilik va ramziylik yozuvchining novatorona urinishlari natijasidir.
Ulug‟bek Hamdam ijodidagi singari ramziylik va polifoniya Isajon
Sultonning “O„rmondagi kulba” va “Qismat” hikoyalarida ham yetakchilik qiladi.
“O„rmondagi kulba” hikoyasida inson qalbi va o„zligi ramzi bo„lmish kulbaga Ota,
Ona va Yigit obrazlari orqali nazar tashlansa,”Qismat” hikoyasida baliqqa bo„lgan
uch xil qarash ramziy aks ettiriladi.
Romanning
so„zboshida
quyidagi fikrlar beriladi: “Xuddi xalq
qo„shiqlaridek bir hikmat naqarot bo„lib, uch qismni birlashtirib – bog‟lab turibdi.
Yozuvchi hikmatga badiiy maqsadni ochuvchi kalit vazifasini yuklagan.
Hikmatlarni ifoda shaklida voqelik tasviri va mazmuniga uyg‟un, tadrijiy ko„rinish
olganligi bejiz emas. “Degan ekan donishlar…” ifodasi qisqarib, uchinchi bo„lim
avvalida “Degan…” shaklida kelib, asar so„ngida to„liq hukm hududiga o„tadi”
49
.
Mazkur fikrlardan anglash mumkinki, asar muallifi xalq og‟zaki ijodi
an‟analaridan o„rinli foydalangan. Shuningdek, asardagi uch avlod obrazi,
kompozitsion jihatdan asarning uch qismga va uchinchi kunning o„zi ham uch
kunga bo„linishi ertaklarda keng qo„llaniluvchi sirli uch raqami bilan bog‟liq
keskinlik, o„ziga xoslikni yodga soladi.
49
У. Ватан ҳақида қўшиқ. –T.: “Akademnashr”, 2014. B – 414.
57
Asarning ixcham shakliga zid o„laroq yirik epik janr sifatida deb e‟lon
qilinishiga esa adabiyotshunos Tal‟at Solihovning fikrlari bilan javob berish
mumkin: “Borgan sari asar hajmi qisqaryapti, lekin mazmun kengayyapti.
Shakl qaytarilmagandan keyin, demak mazmun ham boshqacha bo„ladi”
50
.
Asarning bayon uslubi ham o„ziga xos. Undagi hikoyachi-muallif ertaklar
bayonidagi kabi mavqe kasb etadi. Voqelik bayonida muallifning barcha ikir-
chikirlardan xabardorlik holati sezilib turadi. Epik rivoyada lirizmning
uyg„unlashib ketganligi asar tilining jozibador, ta‟sirli, ekspressiv to„yintirilgan
shaklda chiqishiga olib kelgan.
“Na‟matak ikkala hovlining qoq o„rtasidagi ajriqzorga aylangan qattiq
yerdan o„sib chiqqandi. Butani hech kim atayin ekkan emas, u o„z-o„zidan, yo„g„-
e, juda-a bunday desak bo„lmas-ov, xuddi sirli taqdir yanglig„ qo„shnilarning umr
yo„llarida paydo bo„lgandi... Balki, odamlar uning yo„llarida uchrab qolgandir, kim
biladi deysiz...”
Muallif nutqining xuddi personajlarning dialoglari singari fonetik va
stilistik xoslangan shakllari, she‟riy nutqqa xos bo„yoqdorlik, hissiy
to„yintirilganligi, murojaat shakllarining ustuvorligi yoqimli sintezlashgan nutq
ko„rinishini hosil qilgan. Natijada muallif ma‟lum masofadan kuzatayotganlik
mavqeidan kitobxonning do„sti, yuzma-yuz o„tirib suhbat qurayotgan yaqin
hamsuhbatiga aylanadi.
“Na‟matak atrofidagi xushbo„y voqealardan xabar topib ko„ngillarida
qudalashish istagi allaqachon kurtak yozgan onalar hammasini oqizmay-tomizmay,
balki oshirib-toshirib otalariga yetkazishgan, har ne sirtlariga chiqarmaslik payidan
bo„lmasinlar, ularning-da dillariga yorug„lik ingan edi... Bu yog„iga gapni cho„zib
nima qildik, ota rozi – Xudo rozida!..
To„y ko„klamda, na‟matak avji gulga kirgan fayzli pallada bo„lib o„tdi...”
Mazkur bayon uslubida muallifning subyektiv munosabati yaqqol sezilib
turadi. U qahramonlar hayoti bilan “birga yashaydi”, ularining quvonchu
iztiroblarini o„z qalbidan o„tkazadi. Bunday bayon usuli ertaklarni yana-da
50
http:/kh-davron.uz/kutubxona/jahon/talat-solihov-qobiqni-yorib-chiqish-saodati
58
aniqrog„i ertak-filmlarni eslatadi. Bunda muallif nafaqat bayon etadi, balki
voqelikni yaqqol gavdalantirib, kitobxonni voqeliklar jarayoniga ichiga yetaklaydi
ham.
Yuqoridagilardan ko„rinadiki, “Na‟matak” mini-romani mazmun va shakl
birligi, tasvirdagi me‟yor va haqqoniylik, muallifning tasvir etilayotgan voqelikka
estetik bahosi, obraz yaratishda betakrorlik va til badiiyati
51
mezonlariga to„la
javob beradi.
Yuksak iste‟dod, ijodiy dadillik va zamon talablarini teran his etishni,
anglashni talab qiluvchi novatorlikka qo„l urgan ijodkor Ulug‟bek Hamdam keng
ko„lamdagi sermazmun va samarali adabiy faoliyatning muhim sharti an‟ana va
novatorlik uyg‟unligiga erisha olgan.
Yozuvchi uslubi g‟oya, mavzu, til, kompozitsiya, obraz va janr
elementlaridan tashkil topadi, yozuvchi o„zining ijodiy faoliyatida ulardan o„ziga
xos uslubda foydalanadi. Buning uchun yozuvchidan katta mahorat talab qilinadi.
Bu borada yozuvchi Shukur Xolmirzayev shunday deydi: “Mahorat – har bir
yozuvchining o„ziga bog‟liq, uning ta‟bi va qobiliyatiga bog‟liq chuqur izlanishlar
oqibati hamdirki, bu izlanishlarning boshida ijobiy tajribalar – eksperimentlar
turadi”
52
. Bundan eksperiment – tajribalar personajlar nutqining tashkillanishida,
ularning badiiy-stilistik, estetik funksiyalari qirralarini yoritishda samarali usul
hisoblanadi.
Ma‟lumki, personaj nutqi o„z ichida bir necha turlarga bo„linadi. Bular
quyidagilar:
a) ichki nutq;
b) tashqi nutq;
d) dialogik nutq;
e) parallel nutq;
f) personajning yozma nutqi.
51
Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. –T. 2004. B. 86.
52
Normatov U. Ijodkorning daxlsiz dunyosi. –T.,”Mumtoz so‟z “. 2008. 116-bet.
59
Har bir nutqning o„ziga xos xususiyatlari bo„lib, yozuvchi Ulug„bek Hamdam
o„z asarida personajlarning xatti-harakatlari, bir-birlari bilan o„zaro muloqotlari,
ichki olamida kechayotgan tuyg‟ulari, o„y-xayollarida mujassamlashgan nutqlarini
alohida yo„sinda joylagan.
Badiiy asarda yozuvchi personaj nutqining xarakteriga ham ahamiyat beradi.
Personaj nutqining o„ziga xos xususiyati uning talaffuzida, so„z birikmalarida
namoyon bo„ladi: nutqining qurilishi personaj xarakterini, uning ijtimoiy-siyosiy
qarashlarini, psixologiyasini bildiradi. Akbar savdo qilish uchun Chelyabinskka
boradi va u yerda mafiya qo„liga tushib, biroz ko„ngilsizlikka duch keladi. Akbar
va ular o„rtasida shunday suhbat bo„lib o„tadi: “… Akbar boshi guvillab
Dostları ilə paylaş: |