Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə21/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

aylanayotganini his qildi. Ko„zini ochib tepasida o„ziga qarab turgan bir to„da 

odamni ko„rdi.

- O„zbek, yo qarzingni to„la, yo bo„lmasa tezroq dunyo bilan vidolash,-

Akbarning yuziga yaqin kelib gapirdi boyagi Oleg. 

- Qani senlarning kattang? –arang ovozi chiqib so„radi Akbar undan. 

-“Boss” seni o„zbek qabuliga chaqiryapti,-Oleg masxaromuz kulib chetlashdi.

- O„tqazinglar uni,-o„zi ham bir stul olib Akbarning qarshisiga, shundoq 

tumshug‟i ostiga o„tirdi “Boss”,-nima deysan gapir?” 
Bu tasvirda kishilar o„rtasida millat ajratish, o„zga millat vakili oldida o„zini 
ustun qo„yish, foyda undirishga harakat qilish o„z ifodasini topgan. Yozuvchi
ushbu suhbatda xalq shevalarining alohida guruhlariga tegishli so„zdan, 
iboralardan foydalanib, ularning suhbat jarayonidagi obrazliligini to„la namoyon
bo„lishiga erishgan. ”Boss” so„zining ishlatilishi o„sha mafiyaning kuchli 
ekanligini, Akbarning esa undan hayiqishi kabi tuyg‟ular ko„nglidan o„tishini
bildirgan. U badani muzlab, yovuz zo„ravonlarga ma‟qul keladigan biron taklif 
o„ylab topishga harakat qiladi.
Yozuvchining “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlarida ham 
voqelik yozuvchining badiiy g„oyasini yoritish uchun yo„naltirilganligi “obrazlar
tili” bilan namoyon etilgan. 



60


Xulosa o„rnida aytish mumkinki, Ulug„bek Hamdam asarlarida muallif
mavqei yangicha mazmun mohiyat kasb etdi. U xolis bayonchidan asardagi 
qahramonlar hayotining ichida yashayotgan hamdard, hamsuhbatga aylandi.
Hissiy to„yintirilgan nutq shakllari esa ba‟zan ertaklar bayonini yodga soladi. 
Personajlar nutqining yangi qirralari namoyon bo„ldi.


2-fasl. Badiiy asar tilidagi o„ziga xoslik 
Asarning xalqchilligini ta‟minlovchi mezonlardan biri asar tilining xalqona 
yaratilganligidir. Badiiy asar tili yozuvchining g„oyaviy-badiiy niyatini ro„yobga
chiqaruvchi vosita, oynadir. Badiiy til informatsiya yetkazish barobarida, katta 
emotsional-ekspressiv, estetik ta‟sir kuchiga ham ega. Muallif har bir lingvistik
birlik zamiriga katta mazmun-mohiyatni singdira olsagina, asar poetikasi 
mukammal bo„ladi.
Ulug„bek Hamdam o„z asarlari obrazlar ruhiyatini asliyatini ochib berishda
ritorik so„roq,
so„roq,

his-hayajon


gaplarga 
murojaat
qiladi.

Muallif
qahramonlariga xos umumiy xususiyat olamni anglash, hayot mohiyatini anglash 


yo„lidan borishlikda ko„rinadi. Bu qahramon doimiy izlanish, kuzatish va mavjud
voqelikning muhokamasi jarayonida tubsiz savollar qiynog„ida mohiyatni 
anglashga intiladi.
Ulug„bek Hamdam asarlari tiliga xos yana bir xususiyat badiiy matnni 
she‟rlar, rivoyat va afsonalar bilan to„yintirilishida ko„rinadi. “Muvozanat”
romanidagi she‟rlar, “Isyon va itoat” romanidagi rivoyatlar, “Na‟matak” mini 
romanidagi hikmatlar ana shular jumlasidandir.
Adib asarlari tiliga xos xususiyatlardan biri hissiy-emotsional talqinlarning 
poetik takrorlar asosiga qurilganida ko„rinadi. Bu ta‟kidni kuchaytirish barobarida
qahramonning qiyofasini (ma‟nan va jisman) aniq-ravshan ko„rsatib berishga 
xizmat qilgan.
Badiiy tasvir vositalari jonlantirish, o„xshatish, metafora, metonimiya
majoz kabilarning yorqin namunalarini uchratish mumkin. “Muvozanat”




61


romanida varvarizm ham davr qahramonlarini tasvirlashda muhim omillardan
biriga aylangan: 
“Alimqulning olovli nigohlaridan talay vaqtgacha g„ashi kelib yurgan Zahro,
nihoyat bir kuni dedi: 
- Чьѐ смотриш? – ular o„zaro ruscha gaplashardi.
Alimqul yurak yutib javob qildi: 
- Потому что, вы очен соблазнителны.
- Это я знаю, и к тому же мне это тысячи раз повторяли. Так что 
отвали”.
Muallif ikki oilali insonlarning bu munosabatlarini o„zlikdan kechganlik 
holatini mana shunday usulda berishni ma‟qul ko„radi. Bu bilan qahramonlarning
ma‟naviy qiyofasini yaqqolroq ko„rsatish barobarida, o„z qilmishidan nomus 
qilgan ayolning iztiroblarini ham ifodalab beradi.
Asarda uch do„stning kechinmalari, hayoti, taqdiri yoritilgan bo„lsa-da, unda 
keng ma‟noda o„zbek millatining sho„ro davri tuzumidan bozor iqtisodiyotiga
o„tish davridagi butun murakkabliklar haqqoniy, shafqatsiz real tasvirlarda
mahorat bilan ochib beriladi. Badiiy kompozitsiya kitobxon uchun murakkablik
tug‟dirmaydi. Voqealar, qahramonlar hayoti, qismati, ruhiy holatlari, kayfiyatlari 
haqida tugal, izchil fikr, xulosa-hukm batafsil mantiqiy mulohaza uchun
“Bolalik-Kattalik” badiiy kompozitsion qurilmasi mustahkam poydevor bo„lgan. 
Asar kompozitsiyasining to„laqonli ravishda o„quvchiga yetkazib berilishi uchun
turli badiiy vositalardan foydalanilgan. Badiiy xususiyatlar asarning estetik 
jihatdan ham ta‟siri oshishiga xizmat qilgan. Peyzaj badiiy asarda ko„p o„rinlarda
keltirilgan. Uning vazifasi nafaqat tabiatni, balki u bilan birga inson tomonidan 
yaratilgan narsalarni ham tasvirlashga, voqealar kechayotgan joy va vaqt haqida
tasavvur berishga yo`naltirilgan. Asarning boshida Yusufning bolaligi va u bilan 
bog`liq voqealar bayon qilinadi. Yozuvchi asarni qish faslidan, guppillab yoqqan
oppoq qor tasviri bilan boshlaydi. Yusufning bolalarcha hayratlanishi, qordan 
zavqlanishi, uni bosishga ham ko`zi qiymay ikkilanib turishi juda chiroyli
tasvirlangan: ”Yusuf bir zum ikkilanib turdi. Momiqdek yastanib yotgan qor shu 



62



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin