Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə16/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

yerda bekordan-bekor o„tib ketyapti, axir. Faqat umrmi? Sog‟liq-chi? Kuch-

quvvat to„la yoshligim-chi?.. Bir oydan so„ng o„ttizga chiqaman. Yetti uxlab 

tushimga kirmagandi o„ttizinchi bahorni qamoqda qarshilash. Hayot qiziq ekan… 

Yo„q… Shafqatsiz ekan… Mening ham yuragim toshga aylanib qolayotganga 

o„xshaydi”.
Asarda personajlar o„zlariga savol ohangida murojaat qilib, o„ylaydilar.
Akbarning nutqidagi ko„p nuqtaning ishlatilishi uning chuqur o„yga tolganligi,
fikrlarining to„xtalib-to„xtalib bayon qilinishi, ortda qolgan o„tmishi va buguni 
to„g„risida xayolga berilishi natijasida qo„llanilgan.
Asarda bola tilidan ham nutq keltirilgan bo„lib, yozuvchi bunga alohida 
ahamiyat bergan. Bola nutqining keltirilishi asar badiiyligini oshirgan, bola orqali




44


ham turmush haqida axborot berishga erishgan. Bu holatni Akbarning o„g„li
misolida ko„rish mumkin. 
Hayotda har bir odamning tili, so„zlash tarzi uning qanday turmush
kechirganligi, madaniyati, ongi, ruhiyati haqida ma‟lum tasavvur beradi. Shunga 
ko„ra badiiy asarlardagi qahramonlarning nutqlari, so„zlash tarzlari ham turli-
tuman, o„ziga xos bo„lib, ular xarakterining mohiyatini anglashda muayyan 
vazifani o„taydi. ” Yozuvchilar qahramonning so„zlash tarzini, o„ziga xos ohangini
qisqa va lo„nda jumlalardan tashkil topgan suhbatlar, dialoglar, monologlar orqali 
tasvirlashga, qahramon xarakteridagi belgilarning shakllanishi, uning nutqi orqali
aks ettirishga alohida e‟tibor beradilar.”
41
Odatda, shaxslar nutqi, ularni 

qurshagan sharoit bilan bog‟liq holda beriladi. Sharoit ko„pincha personajlar


so„zining ahamiyatini oshiradi, mazmunini chuqurlashtiradi, muayyan vaziyatda 
personajning gapirishi shart ekani psixologik jihatdan asoslanadi. Yozuvchilar
personajlar nutqi orqali ularning o„ziga xos xususiyatlarini, ruhiy dunyolarini, 
yashash tarzlarini, xarakterlarining mohiyatini, muayyan sharoit uchun mushtarak
tomonlarini ochib beradilar. Shunga ko„ra personajlar nutqi xarakterlarini 
alohidalashtirish vositasi hisoblanadi. Personajlar nutqi adabiy asarlarda ularning
o„zaro so„zlashuvlari, ya‟ni dialoglar yoki boshqalarga qaratilgan so„zlari, ichki 
suhbatlari, ya‟ni monologlar shaklida beriladi.
Tursunboy jontalash asarda mehnatkash inson qiyofasida gavdalanadi. U bir 
o„zi uydagi mehnatni ham, daladagini ham churq etmay, nolimay bajaraveradi. U
mehnatdan zavq oladi, orom oladi. Shunchalik xokisor tasvirlanganki, unga qarab 
turib, nahotki unda dard bo„lmasa degan o`y keladi. Shuncha tirishganiga yarasha
turmushi ham gullab ketgani yo„q. Yeyish-ichishida ham maza yo„q. Asar oxirida 
esa uning bu xarakteri o„zining boshiga yetadi. U ortiqcha mehr va fidoiylikning
qurboniga aylandi. O„z qadrini bilmasligi, o„zini yaxshi ko„rmasligi oqibatida, 
hatto, farzandlari uning fidoiyligiga yarasha g‟amxo„rlik qilishmaydi.
Tursunboy jontalash xarakterida juda sodda, boriga insof qiladigan 
o„zbekning haqiqiy kishisini ko„rish mumkin. Quyidagi dialogda Tursunboy
41
Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: ”O‟qituvchi”. 1995. 100-bet. 



45


jontalash va uning ayoli bilan bo„lib o„tgan suhbat deyarli har kuni takrorlanadigan
odat aks etadi: “Kun yoyilganda xotini uni nonushtaga chaqirdi. Tursunboy 


jontalash ishning mo„ljaldagi qismini bajara olmaganidan o„ziga-o„zi g‟udrana-

g‟udrana qo„lini yuvdi, etigini yechmaslik uchun borib har galgidek poygakka 

cho„kdi, suvi qochgan nonni sindirib yedi. 


Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin