Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


-fasl. “Isyon va itoat” romani - novatorona yondashuv mahsuli



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə13/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

2-fasl. “Isyon va itoat” romani - novatorona yondashuv mahsuli 
“Isyon va itoat” romanida tanlangan mavzu markazida yana inson va uning 
ichki dunyosi masalasi turadi. Insonni ham eng go„zal yaratiq, ham qismat oldida
eng ojiz ekanligi tasvirlanadi. 
Asar noana‟anaviy usulda yaratilgan. Unda inson ruhiyati keng ko„lamli
tasvirlanadi. Modernistik bayonchilik asosiga qurilgan asarda realistik tasvir bilan 
mifologik qarashlar uyg„unlashib ketadi.
Muallif bu romanda tanlangan mavzu orqali inson azaldan adashishga, gunoh 
qilishga moyil va oqibat yana ichki bir his tufayli Yaratgan, balki o„z vijdoni
oldida kechirim so„rashini aytmoqchi bo„ladi. Odam bolasida xato, yomonlik 
qilish, gunohga botishi aynan yoshlik davrida yuz beradi. Jo„shqin umrning ming
bir yo„llaridan o„tib, keksaygani sayin hayot haqida o„z xulosasini beradigan va 
o„zini-o„zi tahlil qiladigan bo„ladi. Natijada qalbidagi isyonkorlik ruhiyati o„rniga




38


itoatkorlik, hayotga teran ko‟z bilan boqish holati vujudga keladi. Bu haqida
tanqidchi Sanjar Sodiq quyidagicha fikr bildiradi: “Inson erkinlikka, baxt-
saodatga erishmog„i uchun, birinchi navbatda, Yaratganga itoat qilishi zarur, degan
qarash, asar voqealarining o„zagini tashkil etadi. Bu g„oyani muallif romandagi 
asosiy qahramonlardan biri bo„lmish tabib tilidan mana bunday bayon etadi:

Men nihoyat isyon azobidan forig„ bo„lib, ozodlikka chiqqandim. 



Ozodlikning ismi esa itoat edi... Shunda qarshimda hayotning mazmuni, tug„ilish 

va o„lishning ma‟nosi yarq etib namoyon bo„lganday edi: u itoatda, insonlik 

qismatiga ko„nikishda edi. Yo„q, bu shunchaki ko„r-ko„rona ko„nikma emasdi, 

balki anglash va tushunishdan keladigan buyuk itoat – Yaratganga tobelik edi”.

35

“Isyon va itoat” romanida voqealar muallif tomonidan hikoya qilinadi. Asar 


markazida esa Akbar obrazi turadi. Tadqiqotchi L.Rahimova asardagi Akbar
obraziga quyidagicha ta‟rif beradi: “Akbar o„z olamidagi ziddiyatlar bilan 
kurashar ekan, hayotga teranroq nazar tashlashga urinadi, hayotning o„tkinchi
ekanligiga, inson umri azizroq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi”.
36

Akbar o„zi istaganidek, yashashni xohlagan, bag‟rini o„rtagan yoshlik 


gulxanida qovurilib, qancha ko„chalarga bosh suqmadi. Axiyri, keksalik unga


izlagan “ma‟ni” sini topib berdi. 
Adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov qayd qilganidek: “Real borliqdagi,
inson ruhiyatidagi turli-tuman o„zgarishlar va kechinmalarni ijodkor o„z ongi, 
dunyoqarashi, estetik ideal, g„oyaviy maqsadi orqali sintez qilish oqibatida badiiy
obraz shakllanadi. Shu sababli ijodkor yaratgan har bir yangi obraz yangi bir 
xilqat, yangi bir kashfiyotdir”. Yozuvchining “Isyon va itoat” romanidagi obrazlar
ham bu borada alohida e‟tiborga molik.
Tursunboy Jontalash, Larisa xola, Diana kabilar ana shunday obrazlardir. 

Tursunboy Jontalash obrazi romanda mehnatkash, har qanday vaziyatda ham


mehnatni birinchi o„ringa qo„yadigan inson sifatida gavdalanadi. U “mehnat qilgan 
odam xor bo„lmaydi” degan naqlga ishonib kun kechiradi.
35
Sodiq S. Isyonning hududi bormi... itoatning-chi?// O„zbekiston adabiyoti va san‟ati, 2004-yil, 12- noyabr 

36
Rahimova L. Badiiy konflikt talqini// Yoshlik, 2014, 1-son. 34-bet. 





39


Demak, muallif shunday obrazlarni yaratish barobarida insoniylikka xos
jihatlarni bir muncha tadqiq qiladi. 
Diana egri yo„ldan qaytib, butunlay o„zgaradi. Unda vijdon tuyg‟usi o„z
ahamiyatini ko„rsatadi. Tabib bir umr bemorlarni davolab keladi. Zamonaviy 
tibbiyotning yutuqlari, ayniqsa, ba‟zi olimlarning Yaratganni mensimay, undan
o„zib ketmoqchi bo„lganlariga chidolmaydi, ularning shakkokliklari tabibni bu 
dunyoga sig‟dirmaydi. Yozuvchi bunday xarakterlarni jamlay olgan. Jamiyatdagi
turli qatlamlarni birlashtira olgan. 
Asar kompozitsiyasi ham o„ziga xos. Unda epigrafdan samarali foydalanilgan.
Asar uch qismdan iborat bo„lib, har bir qism o„z ichida bir necha bo„limlardan 
iborat. Asarga “Xudo bo„lmaganingdan keyin ko„rgan kuning nimayam bo„lardi”
jumlasi epigraf qilib olingan. Ushbu talqin ham Mashrabning qarashlarini yodga 
soladi. Ana shu jumlaning o„zida insonning o„rni, itoat o„z tajassumini topgan.
Ma‟lumki, “Epigraf o„zining aforistik mazmuni bilan asar mohiyatini ochib 
beradi. Ba‟zan ekspozitsiya vazifasini o„tashi, o„quvchini asar voqeligiga olib
kirib, unga ilk ma‟lumotlarni berishi mumkin”
37

Asarning kompozitsiyasida Olloh tomonidan dunyoning yetti kunda


yaratilishi va insoniyatning ajdodlari bo„lgan Odam Ato va Momo Havo haqidagi 
rivoyat alohida o„rin tutadi. Yozuvchi undan shunday ustalik bilan foydalanadiki,
asar davomidagi voqealar o„sha maxsus usul atrofida uyg„unlashib, asosiy 
voqelikka parallel rivojlanib boradi. Yozuvchi o„sha voqealarga go„yo o„quvchini
tayyorlab boradi, voqeaning davomini o„zicha tahlil qiladi. Rivoyat ushbu romanda 
chuqur hayotiylik kasb etgan, tasvirni samimiyligi bilan boyitgan. U roman sujeti
va kompozitsion qurilishida muvofiq va mutanosib joylashib, voqealar maromini 
saqlashda muhim rol o„ynagan, unga lirik ohang bag‟ishlagan. Ayni shu jihatiga
ko„ra ham adabiyotshunos Dilmurod Quronov “ko„hna muammoning yangi 
talqini”
38
deya e‟tirof etadi. 

37
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 366-bet 


38
Қуронов Д. Кўҳна муаммо. Янги талқин.// Хамдам Улуғбек. Ватан ҳақида қўшиқ. –Т., Академнашр, 2014. 


Б 280




40


“Ma‟lumki, qadimiy rivoyatlar, mif va afsonalarga murojaat qilish hozirgi
adabiyotning muhim tamoyillaridan biri bo„lib qoldi. Biroq bunga oddiy xalq 
og‟zaki ijodidan o„zlashtirish deb qarash yetarli emas. Ko„hna mif va afsonalarga
murojaat qilar ekan, hozirgi zamon san‟atkori davrning muammolarini tahlil qilish, 
kechayotgan jarayonlar mag‟zini chaqish uchun xalqning ming yillik tafakkuri va
tajribasini yordamga chaqiradi.”
39
Momo Havoning man etilgan mevadan yeyishi

vositasida Akbarning o„z hayotidan ma‟ni izlab “yangi muhabbat”ga duch kelishini


oldindan bashorat qilinadi:

Iblis qasoskor bo„ldi.




Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin