11. Bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri “Harbiy kommunizm” deb yuritgan siyosati qaysi davrda amalga oshirilgan? A) 1921-1922-yillarda B) 1918-1919-yillarda
C) 1917-1919-yillarda D) 1918-1920-yillarda 12. “Butun sanoat ishlab chiqarishi davlat qo‘lida jamlanishi, qattiq markazlashtirish asosida boshqarilishi; dehqonlar o‘zi yetishtirgan mahsulotning ortiqchasini davlatga topshirishi (oziq-ovqat razvyorstkasi, ya’ni taqsimoti); davlat esa oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini taqsimlashni o‘z qo‘liga olshi; bozor yo‘qotilib pul muomalasi natura (mahsulotlar) bilan almashtirishi; mehnatga yaroqli barcha aholi majburiy mehnatga jalb qilishi (mehnat militarizatsiyasi)” bu …? A) “Harbiy kommunizm” B) “Bolshevizm davri”
C) “Sotsialistik qurilish” D) “Qayta qurish”
13. “Harbiy kommunizm” siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra ……. qarshi qaratilgan bo‘lib, sotsializm qurish usuli sifatida mutlaqo yaroqsiz edi? A) Xalqqa B) Jadidlarga
C) Musulmonlarga D) Dehqonlarga
14. Qachon RKP (b) X syezdi oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi? A) 1921-yil mart B) 1921-yil aprel
C) 1921-yil iyul D) 1923-yil aprel
15. XX asr boshlarida Sovet hokimiyati Turkistondagi barcha fabrika-zavodlarni o‘z egalari qo‘lidan tortib olib, undan avvalo nimada foydalandi? A) Mudofaaga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishda B) Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishda
C) Markaz mafaatlari uchun xizmat qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda
D) Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda
16. XX asr boshlarida Turkistonda kimlar fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi? A) Zodagonlar B) Xususiy mulk egalari C) Jadidlar D) Taraqqiyparvar milliy ziyolilar
17. Turkistonda qachon Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) joriy qilindi? A) 1921-yil mart B) 1921-yil avgust C) 1921-yil iyul D) 1923-yil aprel