Tuzuvchilar: A. A. Usmanxodjaeva O. N. Vыsogorseva


Fizioterapiya moduli bo‘yicha kurs ishi rejada ko‘zda tutilmagan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə8/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#132590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fizioterapiya moduli bo‘yicha kurs ishi rejada ko‘zda tutilmagan.
Modul bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash


mezonlari

Fizioterapiya moduli bo‘yicha nazorat turlari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.


Talabalarning modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:





  • joriy nazorat (JN);

10


  • oraliq nazorat (ON)




  • sinov (YAN).

Modulga ajratilgan 3,0 kreditni talaba JN davomida yig‘adi.


JORIY NAZORAT (JN)

Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Fizioterapiya moduli bo‘yicha JN og‘zaki, o‘rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, mulyaj va fantomlarda ishlash ma’lumotlarini o‘rganish, bemorlar bilan ishlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.


Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.


Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o‘tish bali 55 ball.


Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism (50:50).


Joriy nazorat uchun ajratilgan 3,0 kredit semestrlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:




5-semestr – 3,0 kredit

Joriy nazorat – 3,0 kredit;


Oraliq nazorat – 0 (o‘tilishi majburiy)


Sinov (YAN) – 0 (o‘tilishi majburiy)


Talaba semestrda belgilangan kreditlarni to‘plagandan keyin semestr yakunida sinovli vazifani topshiradi va o‘tish (saralash) balidan o‘tsagina keyingi semestrga o‘tadi. Talaba belgilangan kreditlarni to‘plagandan keyin semestr yakunida sinov (YAN)ga kiritiladi.


Joriy nazoratda saralash (o‘tish) ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun sinov (YAN) gacha bo‘lgan muddat beriladi.


11
Modul bo‘yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:






Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin