3.2.4. Modul davomida o‘quv klinik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Talabalarning o‘quv klinik amaliyoti bo‘limlarda o‘tkaziladi. Amaliy
mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va 3 bosqichni o‘z ichiga oladi:
Kirish qismi – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalari aniqlanadi, o‘rganilayotgan ko‘nikmadan foydalanishning motivatsion asosi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Agar mulyajlarni qo‘llash talab etilsa, unda ularning meridian yo‘llari aniq aks etilishi kerak.
UK- umumiy kompetensiya
UKK – umumiy kasbiy kompetensiya
8
2 Ko‘nikmani to‘liq o‘zlashtirgan xolda namoyish qilib berish va ko‘p marta ko‘zdan kechirgan xolda yod olish – bunda ko‘nikmani qismlarga to‘g‘ri taqsimlashga alohida e’tibor qaratiladi. Teskari aloqani olgunga qadar, ya’ni o‘rganayotgan shaxs mustaqil, biroq pedagog nazorati ostida to‘g‘ri ajrata olganda, ko‘nikmani barcha qismlarini umumlashtirish, o‘zaro ko‘p marta takrorlab chiqish va faqat ko‘nikmaga ega bo‘lgandan so‘ng har bir qism namoyish qilinadi.
Xulosa – o‘rganayotgan shaxs bilan ushbu ko‘nikmaning ahamiyatini muhokama qilish va uni turli vaziyatlarda qo‘llash. So‘rov asosida birlamchi bo‘g‘inning maqsadi va vazifalariga erishilganligiga ishonch hosil qilish. O‘qitish jarayonida yuzaga kelgan muammmolarni aniqlash va hal qilish.
Bajarilayotgan amallar algoritmi mavjud bo‘lishi va talabalarga oldindan etkazilishi lozim. O‘qituvchi nazorat qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘rilaydi. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va so‘ngra muolajani takrorlaydi. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishga va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashga tayyor bo‘lishlari lozim.
Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganlik darajasini baholaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |