Tuzuvchilar: A. A. Usmanxodjaeva O. N. Vыsogorseva


O‘quv modulining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#132590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2.O‘quv modulining maqsadi va vazifalari


2.1. Modulning maqsadi - talabalarga shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator sharoitida turli kasalliklarida fizioterapiya usullarni qo‘llanishi, profilaktika maqsadida va chiniqish jarayonida tabiiy va su’nniy omillarini qo‘llanishi, turli kasalliklarida bemorlarni qayta tiklash va reabilitatsiya bosqichlarida fizioterapevtik usullarini to‘g‘ri tavsiya qilinishi va umumiy kompleks turida qo‘llanishini o‘rgatish. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, tibbiy nufuzini oshirish, o‘tkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini o‘rganish muammolari haqida bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.



  1. Modulning vazifalari:




  • -shifxona amaliyotida davolashni fizikaviy usullaridan moxirona foydalanishni talabalarga o‘rgatish;




  • -davolashda muayyan tabiiy va fizikaviy omillarni qo‘llash uslublarini o‘zlashtirish;




  • -kasallik jarayonini surunkali shaklga o‘tish yo‘lini oldini olish va kasallik asoratlarini fizikaviy usullar yordamida bartaraf etish;

3


  • -fizikaviy usullarni kasallikni oldini olishda va organizmni sog‘lomlashtirishda to‘g‘ri qo‘llash.

2.3. Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:


Talaba:



  • patologiya, kasallik va salomatlik;

  • odam organizmdagi biofizik reaksiyalar;

  • to‘qimalarning biopotensiallari;




  • fizioterapevtik muolajalarining odam organizmiga kompleks ta’sir mexanizmi;

  • tibbiy tiklanishning fizioterapevtik yo‘nalishlari;




  • fizioterapevtik muolajalar va dori moddalarini birgalikda qo‘llash yo‘llari;




  • bemorlarni sanatoriy va kurortlarga tanlash masalalari;




  • O‘zbekistonda joylashgan shifomaskanlari; kurortlarni turlari va davolovchi tabiiy omillari xaqida tasavvurga ega bo‘lish.




  • fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo’neliklarga rioya qilishni;




  • davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olishni, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta’sir qilish mexanizmini;




  • sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;




  • bemorni asosiy, yondosh kasalliklarini, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda, kasallikning aniq nozologik turlarida fizik muolajalarning optimal majmuasini ishlab chiqishni bilish va ulardan foydalana olish.




  • fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish;




  • fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish;




  • fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash;




  • fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasinga ega bo‘lishi.

4


  1. Asosiy qism




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin