Logoritmika vositalari: — turli yo’nalishlarda saf tortib yurish;
— artikulyatsiya, ovoz, nafasni rivojlantiruvchi mashqlar;
— mushak tonusini sozlovchi mashqlar;
— diqqatni rivojlantiruvchi mashqlar:
a) xarakatning almashuvi mashqlar;
b) diqqatni turgunlashtiruvchi mashqlar;
v) diqqatni taqsimlash;
g) eshitish va nutq diqqatini rivojlantiruvchi mashqlar;
— musiqa tempi va tezligini, sezgi, ish kunikmalarini rivojlantirish mashqlari (musiqa tanloviga ko’ra);
— nutqiy mashqlar (musiqa qo‘llanilmagan xolda);
— ritmik mashqlar;
— ijrochiligi;
— cholgu asboblarida mashq qilish;
— o’yin faoliyati;
— so‘z va xarakat birligini (koordinatsiya) rivojlantiruvchi
Mashqlar;
— mayda qul motorikasini rivojlantiruvchi mashqlar;
— nutriy va mimik xarakatlarni rivojlantiruvchi mashqlar;
— ijodiy tashabbus va xissiyotni rivojlantiruvchi mashqlar;
— yakuniy mashqlar, relaksatsiya..
Mashg‘ulotlar ishlanmasi rejasini tuzishda logoritmikaning barcha vositalarini qo’llash shart emas. Mashg‘ulotlarning davomiyligi 30 — 35 daqiqadan oshmasligi lozim. Ma’lumki, ta’lim samaradorligiga erishishda ta’lim jarayonini to’g‘ri tashkil etishning axamiyati katta. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ta’lim — tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablari yo’nalishlaridan biri nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik yo’nalishi bo’lib, bu yo’nalishda ishlashda tarbiyachi, logoped, musiqa raxbari, psixologlar xamkorlikda ish olib borishadi. Logoritmika mashg‘ulotlarini o’tkazishda logopedlar pedagog xodimlar bilan xamkorlikda ish olib boradilar, ayniqsa, gurux, tarbiyachisi, musiqa raxbari va psixolog logoritmika mashgulotlarini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan davlat talablari asosida ta’lim berish, nuqsonlarni o’z vaqtida korreksiyalash, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish imkonini beradi.
Bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan etib tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarga ta’lim —tarbiya berish orqali Ona —Vatanga bo’lgan muxabbat tuygulari shakllantirilib, ma’naviy dunyosi kengaytirib boriladi. Maktabgacha yoshdagi farzandlarimizning zamon talabi asosida xar tomonlama yetuk inson sifatida kamol topishida xamda jamiyat xayotida faol ishtirok etishida ularni xar tomonlama rivojlantirish katta axamiyatga ega. Shuning uchun xam maktabgacha ta’lim muassasalari ish faoliyatiga yuksak mas’uliyat yuklatiladi.